Fe’lning zamon kategoriyasi



Download 19,67 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi19,67 Kb.
#470983
1   2   3
Bog'liq
Fe\'lning zamon kategoriyasi

KELASI ZAMON FE'LI.
Kelasi zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kelasi zamon fe'li ma'nosiga ko'ra ikki turli bo'ladi:

Kelasi zamon gumon fe'li.

Kelasi zamon maqsad fe'li.

1. Kelasi zamon gumon fe'li –r (-ar) qo'shimchasi qo'shib yasalgan sifatdoshni tuslash bilan ifodalanadi: o'qirman, ishlarman, kelarman kabi. masalan:

Shikoyatim, dardim, arzimni,

Qulog'ingga so'zlarman mayin.

(H. Olimjon)

Birlik. Ko'plik.

I shaxs yoz–ar–man yoz–ar–miz

ishla–r–man ishla–r–miz

II shaxs yoz–ar–san yoz–ar–siz

ishla–r–san ishla–r–siz

III shaxs yoz–ar yoz–ar (lar)

ishla–r ishla–r (lar)

Eslatma: kelasi zamon gumon fe'lining arxaik formasi ol-ur-man shaklida yasaladi. Bu shakl hozir qat'iylik ma'nosini ifodalash uchun ishlatiladi.

2. Kelasi zamon maqsad fe'li nutq so'zlangan paytdan so'ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi va u asosan, -moqchi, -digan qo'shimchalarni olgan fe'l formasini tuslash orqali yasaladi: Men yozgi ta'tilda Toshkentga bormoqchiman.

Kelasi zamon fe'li nutqda ikki xil ifodalanadi:

a) –moqchi qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan

Birlik. Ko'plik.

I shaxs o'qi–moqchi–man o'qi–moqchi–miz

II shaxs o'qi–moqchi–san o'qi–moqchi–siz

III shaxs o'qi–moqchi o'qi–moqchi (lar)

b) Hozirgi zamon ravishdoshiga –digan qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan:

Birlik. Ko'plik.

I shaxs bor–a–digan–man bor–a–digan–miz

II shaxs bor–a–digan–san bor–a–digan–siz

III shaxs bor–a–digan bor–a–digan (lar)

Birlik. Ko'plik.

I shaxs ishla–y–digan–man ishla–y–digan–miz

II shaxs ishla–y–digan–san ishla–y–digan–siz

III shaxs ishla–y–digan ishla–y–digan (lar)

Kelasi zamon maqchad fe'li –moqchi qo'shimchasi bilan yasalganda mo'ljal, istak ottenkalari kuchliroq bo'lsa –digan qo'shimchasi bilan yasalganda zarurlik, qat'iylik ottenkasi kuchli bo'ladi. Bu kabi ma'nolar harakat nomiga kerak, zarur, lozim, darkor so'zlarini biriktirish bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: olishim kerak, o'qishim zarur, borishim darkor kabi.

Kelasi zamon fe'li ba'zan –jak, -ajak qo'shimchasi bilan ham yasaladi. Ammo bu forma hozirgi adabiy til uchun harakterli emas. Masalan: kelajak, yozajakman, bo'lajak kabi.

FE'L VA UNING MODAL SHAKLLARI.

Fe'ldan anglashilgan ish-harakatning ob'yektiv borliqqa munosabatini, qay yo'sinda (kuchli, kuchsiz, davomli, takrorlanib, birdan) bajarilishi kabi modal munosabatni ifodalovchi formalar fe'lning modal formalari deyiladi.

Modal ma'nolar maxsus qo'shimchalar, mayl formalari, ko'makchi va to'liqsiz fe'llar orqali ifodalanadi.

I. Fe'lning modal forma yasovchi qo'shimchalari ikki xil ma'noga ega:

1) Fe'l negiziga qo'shilib, negizdan anglashilgan harakatning kuchli va davomli bo'lishini ifodalaydi. Bular: -kila, -gila, -qila, -la, -ala, -ka, -ga, -qa, -ra kabilar.

Masalan: tepkila, titkila, yugurgila, ezg'ila, qaytala, cho'zg'ila, quvla, savala, ishqala, qashla, quvala, surka, surga, chayqa, gangira kabilar.

2) Fe'l negiziga qo'shilib, harakatning kuchsizligini, to'la bajarilmasligini ifodalaydi. Bular: -inqira, -nqira, -msira, -imsira, -qilla kabilar. Masalan: oqarinqira, to'xtanqira, yig'lamsira, kulimsira, chopqilla kabilar.



Download 19,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish