Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
3
http://ziyonet.uz/
toshni qizdira olmaydi-ku! Oʻzini kishi koʻziga gʻamgin koʻrsatib, motami boʻlmasa ham
yoqasini yirtar ekan, bunday odamning tashi xiylakorligi orqasida malakka oʻxshaydi;
ichi esa iblis bilan birlashgan, zohiri sadoqat bilan bezangan, ichi esa fisq-fasod bilan
bulgʻangan!
Unday odam yoridan oʻz xohishining ushalishini talab qiladi: gap-soʻzidan esa
auabsizxgi bilinib turadi. Goh yonning la’l labidan jon tama’ etadi, bitta jon emas, imkoni
bor hamma narsani soʻraydi. Goh u yorning gul hidli badanini, taninigina emas,
tanasining har bir a’zosini vasf qiladi. Jimjimador xatlari xazil kitobiga oʻxshaydi: uning
mazmuni faxsh, yolgʻon va firibdan iborat. Koʻzboʻyamachining shishasidek usti sofu
lekin zimniga yuz xil makru xiyla, yolgʻon joylashgan. Shu ham oshiq hisoblanadigan
boʻlsa, uni oʻldirish, boshdan-oyoq vujudini kuydirish kerak.
Haqiqiy oshiq deb sen shuni bilki, u dard bilan yashaydi; uning tili ham, dili ham, koʻzi
ham pok boʻladi. Ishq uni oʻz «men»idan pok qilib, hatto fano oʻtiga xashak qilgan
boʻladi. Yuzini sariq qilib, dardini yashiradi; koʻzini ariq qilib yosh oqizadi.
Uning kasalmand, ozgʻin tani qilga oʻxshaydi; bu qildagi har tuguni uning boʻgʻinlaridir.
U orqasida ishqning yuz gʻamdan toʻplangan yukini orqalagan; har bir tugunda bitta
gʻamning oyogʻi boylangan. Dard yukidan uning qaddi xam boʻlgan, «dard» so zidagi
«dol» harfi qaddining xuddi oʻzi. Badani osmonning badaniga oʻxshash butun dogʻ; har
dogʻ uning qora tundagi azobidan nishonadir. Koʻksining yorigʻidan chiqib turgan oʻt
shorn balosiga sahar boʻlishidan nishon beradi. Koʻylagida parcha-parcha dogʻlarning
oʻrni; bebaxt chakmonining tevarak-atrofi yamoq. Koʻnglidan boshqa odamning xayolini
butunlay chiqarib yuborgan; koʻnglini sevgilisining xayollari bilangina toʻldirgan.
Ma’noli gaplarga oʻrgangan tili har qanday soʻzni ayta bermaydi; uning koʻnglida
jononining gʻamidan boshqa gʻam yoʻq. Yor yuzini koʻrib, koʻzida hayrat; yor qarashi
uning koʻnglini oʻrtagan. Koʻnglida yor gʻamini chekib, uning rashki tufayli har tomonga
koʻz yoshlari qon boʻlib sochiladi. U qaysi tomonga nazar solmasin, unga yorining goʻzal
jamoli jilva qiladi. Hatto oʻzini ham butunlay unutadi; qayoqqa koʻz tashlamasin, koʻziga
faqat yori koʻrinadi.
Kimki shunday ishqning qoʻlida magʻlub boʻlsa, bundan boshiga nima tushsa ham uni
yaxshi deydi. Ishq kimning koʻnglidan shunday oʻrin olgan boʻlsa, uni oʻzligidan ham
forigʻ etib, mast qiladi. Bunday kishiga xos yer zohidlar uyi emas; uning koʻngli ishq
oʻtidan xalos boimagani ma’qul. Sogʻlom fikrli kishilar unikiga yigʻilib, uni qiynab,
malomat qilishsa, jannatni va’da qilib ovutishsa, koʻnglini esa ishq oʻtidan sovutishsa,
(ishq yoʻlidan) aynib, yana u toat-ibodatga berilsa, shu toat bilan qanoat qilsa; ishq
balosidan orttirgan yaralarini tuzatsa, mashaqqat oʻqlaridan paydo boʻlgan yaralarni
bitirsa; tanasining qushiga soʻfiylik xirqasini tuzoq qilib, tasbehining donalari bilan u
qushni oʻziga rom etsa! Xilvatda oʻtirib-oʻtirib, tomogʻi qurib, biroz havo olish uchun u
dam olgani chiqsa. Koʻchalar, xiyobonlar tomon borib, u Musallo bilan Maydon tomonga
ham oʻtsa. Dasht tomonidan toʻp-toʻp otligʻlar koʻrinib, ular hammasi maydonda javlon
qilishga otlangan boʻladi. Oʻshalarning orasida nogoh husnu malohat mayidan kayf
qilgan bir goʻzal koʻrinib qoladi. May oʻtidan yuzida yuz gul ochilgan, bu gullarning
Do'stlaringiz bilan baham: |