Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
77 
http://ziyonet.uz/ 
Lekin bu sifatlari yozib oʻtilgan yor, afsuski, bu davrda yoʻq. Boʻlsa ham, uni topish oson 
emas; xususan, odamzod orasidan topish imkoni yoʻq. Malaklar toʻdasida boʻlishi 
mumkin. Lekin ularni qoʻlga kiritish uchun osmonga koʻtarilish ham qiyin-da. Parilar 
ham bu sifatdan xalosdirlar; chin inson boʻlishni parilar qayoqdan bilsin! Agar senga bu 
soʻz qorongʻi boʻlsa, ayt-chi, qaysi bir pari chehrada vafo koʻrding? Uni topish garchi 
qiyin boʻlsa ham, odamlar orasida bor boʻlishi mumkinmi? U yorning vasli kimgaki nasib 
boʻlsa, uning sha’niga «Qur’on»da «gʻalaba yaqindir» oyati yozilgan. 
Kimki oʻzining bir yori bilan koʻngli shod ekan, malaklar toʻdasi unga: «Koʻz tegmasin!» 
-deydi. Oʻz yorining vaslidan kimki bahramand ekan, kuygan jonim uning boshiga isiriq 
boʻlsin! 
Kimki vafo koʻrib, bunga javoban jafo qilmagan boʻlsa, uning oldida vafodan boshqa ish 
qilmagan boʻlsa, ey sabo, jonimni men senga topshirayin: sen ibo qilmay, uning oldiga 
olib bor. Quyun boʻl, boshidan aylanib-oʻrgil, mening jonim esa qoʻyningda xasday 
boʻlib, mendan unga arzi duo yetkazgach, jonimni uning yoʻlida fido qil! Uning 
chamanidan bir dona barg olib kel, demayman. Uning yoʻlining changidan koʻzimga olib 
kelib surt. Agar senda uning xizmatida qolishga kuch topilsa, mening ahvolim haqida arz 
qilib boʻlganingdan soʻng, avval oyogʻiga yiqilib, past boʻl, yoʻlida tuprogʻ bilan barobar 
boʻl. Tong nasimi kabi xomush boʻlma; kechki shamol kabi qichqiriq 
«Ey boshdan-oyoq pok ruh odam, butun sening jisming oʻzi ruhki, «ruhim senga fido 
boʻlsin!» Sening visolingni qancha orzu qilib, intizor boʻlay? Firoqingga yana qancha 
giriftor boʻlishim kerak? Bagʻrim balo togʻining lolasi boʻlib, koʻzimdan har tomonga 
laxta-laxta qon oqmoqda. Hajring tufayli jonim dardmand boʻlib qoldi; ajal tomirlari 
unga qayishdek chirmashgan. Seni istab shuncha koʻp qadamlar bosdimki, izlay-izlay 
oyogʻimdan ajraldim. Seni tilab, har qancha azob boʻlsa tortdim; visoling ganjini tilab, 
dardu ranjdan boshqa narsaga ega boʻlmadim. Maysani qidirdim, lekin menga tikonlar 
sanchildi; la’l dedim, lekin choʻgʻlarda kuyib oʻrtandim. Lola istab, koʻksimda dogʻlar 
koʻrdim; gul qidirib, koʻnglumdan tikonlar topdim. Kimdan men jonimni ayamagan 
boʻlsam, u menga imkoni boricha javrini ayamadi. Kimning oyogʻiga bosh qoʻygan 
boʻlsam, boshimga toshni doʻldek yogʻdirdi. Ey voh, yuzta toshning orasida qolgan 
yolgʻiz boshim! Charx mening boshimni yuzta deb oʻylabdi. Xuddi shu nafasda rahm 
etib, boshimga yetib kelsang-chi. Men oʻlib ketgandan soʻng kelishingdan nima foyda?!» 
Mening bu istagimni qabul qilib, u quyosh mendek xarob bir odam tomon yura boshlasa, 
joyingda turib qolmasdan darxol oldimga kel, men uchun bu xabarni Xizr hayoti haqidagi 
xabar bilan teng deb bil. Uni kutib olishga chiqib, yuz bor afgʻon qilay, figʻon emas, 
balki jonimni unga fido etay! U jononaga koʻzim tushar ekan, yigʻlay-siqtay; shukronasi 
uchun uning oldida jonimni beray! Shunday darmon bilan jonjmdan dardni olsin. Oxirgi 
vaqtda men armon bilan (hayotdan) ketmay. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish