Birlashtirilgan tomlar va tom qoplamalari
Birlashgan tomlarning konstruktiv sxemalari:
a,b - shamollatilmaydigan; d - shamollatiladigan; 1 - himoya qatlami; 2 - o ‘rama to ‘shama; 2 - tekislovchi qatlam (qorishmayoki yig ‘ma temirbetondan); 4 - issiq-sovuqdan izolatsiya qatlami;
5 - bug ‘dan himoya qatlami; 6 -ko‘taruvchi konstruksiya;
7 - suvoqli shift; 8 - issiq-sovuqdan izolatsiya qiluvchi ko‘taruvchi konstruksiya (yopma konstruksiyasi); 9 - havo qatlami.
Birlashgan tomlarda yopma qismi chordoq ora yopmasi konstruksiyasi bilan birlashgan bo‘lib, ularda chordoq qismi bo‘inmaydi va chordoq ora yopmasining ostki qismi yuqori qavat uchun shift vazifasini o‘taydi.
Ko‘pchilik hollarda birlashgan tomlar temirbeton elementlardan tayyorlanadi. Birlashgan tomlar chordoqli (nishabli) tomlarga nisbatan 10-15% arzonga tushadi, ekspluatatsiya narxi esa 5 baravar kam bo‘ladi.
Birlashgan tomlaming shamollatilmaydigan yoki shamollatiladigan turlari bo‘ladi.
Shamollatilmaydigan tomlarda temirbeton yopma plitasi ustidan bir yoki ikki, uch qavat ruberoid issiq bitum bilan yopishtiriladi. Bu qatlamning asosiy vazifasi issiqlikni o‘tkazmaslik va temirbeton plita orqali xona ichidan ko‘tarilayotgan bug‘dan namlanishining oldini olishdir. Plita yoki sochiluvchan material ko‘rinishiga ega bo‘lgan g‘ovak beton, fibrolit, shisha paxta, shlak, keramzit va boshqa issiqlik izolatsiyasi materiallari to‘sham qalinligi teplotexnik usulda hisoblab topiladi.
Issiqlik izolatsiyasi qatlami ustidan qalinligi 15-20 mm bo‘lgan sement qorishmasidan tekislovchi qavat yozib chiqiladi. Agar issiqlik izolatsiyasi materiali sochiluvchan bo‘Isa, tekislovchi qavat qalinligi 25-30 mm qilib olinib, kataklari 200-300 mm bo‘lgan to‘r qo‘yib yuboriladi. Tekislovchi qatlam ustidan bir necha qavat ruberoid yoki boshqa materialdan qilingan to‘shamalar maxsus yopma mastikalar yoki issiq bitumlar yordamida yelimlanib, ustidan 6-8 mm qalinlikda mayda yengil keramzit shag‘al yoki shlakdan himoya qatlami yozib chiqiladi. Ayrim hollarda issiqlik izolatsiyasi qatlamining o‘rnini bosuvchi va bir yo‘la yopmani ko‘taruvchi konstruksiya vazifasini bajaruvchi g‘ovak beton yoki yengil beton (ko‘pik beton, keramzit beton va boshqa)lardan iborat yopma konstruksiyasi ishlatiladi.
Shamollatiladigan tomlar shamollatilmaydigan tomlardan issiqlik izolatsiyasi qatlami ustida qoldirilgan ochiq joy (tirqish) hamda tekislovchi qatlam o‘miga yupqa temirbeton plita yoki panel qo‘yilishi bilan farq qiladi. Qoldirilgan ochiq joy issiqlik izolatsiyasi qatlami- dagi ortiqcha namlikni chiqarib yuborishga va uning izolatsiya xususiyatlarini yaxshilashga mo’ljallangan bo’ladi. Birlashgan tomlarni turini tanlashda mahalliy iqlim sharoiti va binoning ichki harorat- namlik rejimi holati e’tiborga olinadi: masalan, shamollatiladigan tomlami har qanday iqlim sharoitli mintaqalarda qurish mumkin. Shamollatilmaydigan tomlar esa, qishki o‘rtacha sovuqligi - 30° dan kam bo’lmagan mintaqalarda quriladi.
Quruq yoki harorat-namlik rejimi normal bo’lgan xonalar ustidan tosh shamollatilmaydigan bo’lishi mumkin. Atmosfera suvlarini oqizib yuborish uchun bunday tomlar nishabi 2°dan 8° gacha olinadi, ayrim hollarda esa tekis tomlarda ham ishlatiladi. Tomlaming nishabi asosan 3, 4 va 5 qavatli ruberoidlar bilan yopiladi. Masalan, nishabi 5- 8° bo’lgan tomlarda 3 qavat, 2-5° tomlarda - 4 qavat va 1,5-2° tomlarda 5 qavat ruberoid to‘shaladi.
FOYDALANILGAN ABIYOTLAR
1. Miralimov M.M., S.Sayfiddinov, M.B.Babajanov «Turar-joу va jamoat binolarini loyihalash asoslari». O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2010 y.
2. Sh.R.Mirzayev, М.М.Vaxitov. Me’morchilik: II qism. Fuqorolik binolari. Darslik. Toshkent: «Tafakkur», 2010
3. Х.А.Акрамов, Р.А.Кучкаров, Р.Х.Пирматов. Кўп қаватли саноат биноларини зилзилавий ҳудудларда лойиҳалаш асослари. Ўқув қўлланма Тошкент, 2002 й.
Do'stlaringiz bilan baham: |