Qurʻonda Alloh bizning eʻtiborimizni osmonning juda bir muhim xususiyatiga tortadi:
Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qoʻydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz oʻgiruvchidirlar. («Anbiyo» surasi, 32-oyat) Osmonning bu xususiyati XX asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar orqali isbotlandi: Yerni oʻrab turgan atmosfera hayotning davom etishi uchun ahamiyatli funktsiyalarni bajaradi.
U Yerga yaqinlashib kelgan koʻplab katta-kichik meteoritlarni yoʻq qilib, ularning Yerga qulab tushishini bartaraf qiladi va mavjudotlarga zarar yetkazishning oldini oladi.
Bundan tashqari, atmosfera jonzotlarga zararli boʻlgan, kosmosdan kirib keluvchi yorugʻlik nurlanishlarini filtrlaydi. Atmosferadagi bu funktsiyaning eng hayratga qoldiradigan jihati shundaki, u faqatgina xavfsiz va foydali nurlarni koʻrinadigan yorugʻlik, ultrabinafshaga yaqin boʻlgan nur va radiotoʻlqinlarni oʻtkazadi. Bu radiatsiyalarning barchasi hayot uchun zaruriydir. Atmosfera faqatgina qisman oʻtkazadigan ultrabinafshaga yaqin boʻlgan nurlar oʻsimliklarning fotosintezi hamda barcha mavjudotlarning yashashi uchun juda muhim rol oʻynaydi. Quyoshdan chiqadigan koʻpchilik xavfli ultrabinafsha nurlar atmosferaning azon qatlamida filtrlanadi. Ultrabinafsha nurlar spektrining faqat cheklangan va zaruriy qismigina Yergacha yetib keladi.
Atmosferaning himoyalovchi funktsiyasi shu bilan tugamaydi. Atmosfera, shu bilan birga, kosmosning taxminan -270°S (-454°F) boʻlgan ayovsiz sovugʻidan Yerni asraydi.
Yerni zararli taʻsirlardan yolgʻiz atmosferaning oʻzi himoya qilmaydi. Atmosferaga qoʻshimcha ravishda Van Allen belbogʻi - Yerning magnit maydonidan hosil boʻlgan qatlam ham bizning sayyoramizga tahdid soluvchi zararli radiatsiyalarga qarshi qalqon boʻlib xizmat qiladi. Quyosh va boshqa yulduzlardan muttasil chiqadigan bu radiatsiya tirik jonzotlarga halokatli taʻsir qiladi. Agarda Van Allen belbogʻi boʻlmaganda edi, Quyoshda vaqt-vaqti bilan sodir boʻladigan «Quyosh chaqnashlari» deb ataluvchi juda katta energiya portlashlari Yer yuzidagi hayotni barbod kilgan boʻlar edi. Van Allen belbogʻining ahamiyati toʻgʻrisida Doktor Xyug Ross shunday deydi:
Aslida bizning Quyosh sistemamizdagi sayyoralarning birortasvda ham Yernikidek oʻta yuqori zichlik mavjud emas. Bu ulkan nikel-temir yadro bizning ulkan magnit maydonimiz uchun masʻuldir. Bu magnit maydon Van Allen radiatsiya qalqoni (belbogʻi) ni hosil qiladiki, u Yerni radiatsiya bombardimonlaridan himoya qiladi. Agar bu qalqon boʻlmaganda edi, Yer yuzida tiriklikdan nishon boʻlmas edi. Magnit maydonga ega boʻlgan boshqa yagona qoyatoshli sayyora bu - Merkuriydir, ammo undagi magnit maydonning quvvati Yernikiga nisbatan 100 barobar kuchsizdir. Hatto bizning singil sayyoramiz boʻlgan Venera ham magnit maydonga ega emas. Van Allen radiatsiya qalqoni Yerga ato qilingan tanho konstruktsiyadir.22 Bir necha yillar oldin aniqlangan mana shunday portlashlarning faqat bittasi uzatadigan energiya Ikkinchi jahon urushi oxirida Xirosima ustiga tashlangan bombaga oʻxshash atom bombalaridan 100 milliardiga teng ekanligi hisoblab chiqilgan. Portlash sodir boʻlgach, ellik sakkiz soatdan soʻng kompaslarning magnitli millari noodatiy harakatlarni namoyon qilganligi va Yer atmosferasidan 250 km (155 milya) balandlikda temperatura toʻsatdan 2500°S (4532ʻF) ga chiqib ketganligi kuzatildi.
Qisqasi, Yerdan juda balandda mukammal bir tizim ishlab turibdi. U biz yashab turgan dunyoni oʻrab turadi va uni tashqi tahdidlardan himoya qiladi. Koʻp asrlar muqaddam bu himoyachi qalqon vazifasida xizmat qilayotgan dunyoning atmosferasi haqida Alloh bizga Qurʻonda xabar bergan edi.
Yerning magnit maydoni tufayli yuzaga keladigan magnitosfera qatlami Yerni samoviy jismlar, zararli kosmik nurlar va zarralardan himoya qiluvchi qalqon vazifasini oʻtaydi. Yuqoridagi rasmda Van Allen belbogʻi deb ham ataladigan bu magnitosfera qatlami koʻrinib turibdi. Yerdan bir necha kilometr yuqorida oʻrin olgan bu belbogʻlar Yer yuzidagi tirik jonzotlarni kosmosdan yetib kelishi muqarrar boʻlgan falokatli energiyalardan himoya qiladi.
Bu ilmiy topilmalarning barchasi dunyoning oʻzgacha usulda himoya qilinganligidan dalolat beradi. Muhimi shundaki, yaratilgan bu himoya oʻn toʻrt asr ilgari Qurʻoni Karimning «Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qoʻydik», degan oyatida maʻlum qilingan edi.
Osmonga boqayotgan aksari odamlar atmosferaning himoyalovchi jihati haqida mulohaza yuritmaydilar. Ular deyarli hech qachon agar bu struktura boʻlmaganda dunyoning qanday makon boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida oʻylabkoʻrishmaydi. Yuqoridagi fotosurat AQShning Arizona shtatiga tushgan meteorit hosil qilgan bahaybat kraterga oiddir. Agar atmosfera boʻlmaganida millionlab meteoritlar Yerga tushgan va Yer yashab boʻlmas xarobaga aylangan boʻlar edi. Biroq atmosferaning himoyalovchilik jihati tirik jonzotlarning bexatar hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. Bu, shaksiz, Allohning oʻz bandalariga bergan panohi, shuningdek, Qurʻonda tantanavor eʻlon qilingan moʻjizadir.