Mavzu: O’simliklarni sug’orishning biologik asoslari



Download 21,95 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi21,95 Kb.
#364494
Bog'liq
O’simliklarni sug’orishning biologik asoslari


Mavzu: O’simliklarni sug’orishning biologik asoslari

Rеja:


1. Ekinlarni sug’orish usullari va sug’orish haqida umumiy tushuncha.

2. Sholini sug’orish usuli haqida.

3. Asosiy sug’orish usullari haqida ma’lumot.

Hozirgi vaqtda vaqtda sug’orishning uch xil usuli- egatlab, yomg’irlatib va tuproq

ostida sug’orish usullari mavjud .Egatlab sug’orishda suv salfetkalar, naychalarsifonlar , qalqonchalar, quvurlar hamda ППА-165, ПТ-250 kabi mashinalar yordamida tarqaladi. Yomg’irlatib sug’orishda ДДА-100, DSHK-64, “Voljanka” va boshqa xil agregatlar vositasida suv yomg’irlatiladi. Yomg’ir ustidagi suv tuproqni, havoni, yer yuza qavatini namlaydi, shuningdek’ o’simliklarning yer ustki qismlarini yuvadi. Tuproq ostidan sug’orilganda 40-50 sm chuqurlikka joylashgan teshikli quvurlar orqali yerning haydov osti qatlamiga suv beriladi.

Egatlab sug’orish- paxtakor xo’jaliklarda hozirgacha eng ko’p tarqalgan usul

hisoblanadi. Tuproq ostidan sug’orish usuli sinovlaridan o’tkazilib, kamchiliklari

tugatilmoqda. Suvdan ratsional foydalanish masalasi shubhasiz, muayyan qiziqish

tug’diradi, lekin bunda suv bevosita o’simlik ildizlariga yyetkaziladi.

Har qanday usulda sug’orilganda ham suv keltirish va tarash sug’orish texnikasi

mavjud.

Sug’oriladigan uchastkaning relyefi va nishabligiga, sizot suvlar sathining

chuqurligi, tuproqning mexanik tarkibi va suv o’tkazuvchanligiga qarab sug’orish

texnikasi tanlanadi

Yerlar suv o’tkazuvchanligi bo’yicha 3 ta fuppaga bo’linadi:

1. Yuqori darajada suv o’tkazuvchanlik- qumli, qumloqtuproqlar, ostida

shag’al yoki qum qatlamli yotqiziqlari bor yerlar.;

2. O’rtacha suv o’tuproqlaekazuvchan- yengil qumoq, o’rtacha qumoq

tuproqlar;

3. Sust o’tkazuvchan- og’ir qumoq, sog’, shuningdek qavatli tuproqlar.

Sug’ori;adigan maydonlarda har tomonlama o’simliklar uchun kerakli

bo’lgan iqlim va agrotexnik sharoitlar bilan birga, o’z navbatida

tuproqning ozuqa va issiqlik va tuz rejimini, katta ta’sir qiluvchi suv

rejimini o’rganishga hisob ga olish va oldindan prognoz qilish muhim

ahamiyat kasb etadi.

Bu ko’rsatgich sug’orish rejimi va texnikasi orqali belgilangan agrotexnika

vositasida dalalarga beriladigan suv miqdorini to’g’ri boshqariladigan

sug’orish shaxobchalari orqaliamalga oshiriladi . chunki suv beriladigan

paytda qishloq xo’jalik mashinalari yuritish uchun xalaqit bermaslik,

yerlardan foydalanish koeffisiyentini pasaytirmaslik maqsadida

vaqtinchalik ariqlar qazish, yetishtiradigan paytda kerak bo’lsa, ko’mib

tashlash yoki harakatlanuvchi quvurlar yordamida (masalan, maxsus

agregatlar yordamida tomchilatib yoki tuproqlarning aktiv qismiga

quvurlar yotqizish bo’yicha) amalga oshirish mumkin.

Boshqariladigan xo’jaliklararo sug’orish shaxobchalari o’z ichiga

vaqtinchaliksug’orish ariqlari va jo’yaklarning umumiy yig’ingdisini olib,

u dalalarga suvni bir xilda taqsimlash vazifasini bajaradi. Bu o’z o’rnida

o’simliklarga kerakli bo’lgan namlikni yetkazib berish bilanbirgalikda

tuproq suv rejimini to’g’ri taskil etish, va boshqa agrotexnik tadbirlarga

tayangan holda o’simliklardan yuqori hosil olish va tuproq , unumdorligini

oshirish imkonini beradi.

Bu tadbirlarni hammasi suvdan yuqori koeffisiyentda foydalanish,

boshqariladigan sug’orish shaxobchalarini qurish, yuqori agrotexnikaga

tayangan holda dalalarda sug’orish usullarini barpo etishdan iboratdir

Sug’oriladigan maydonlarda sug’orish usuli 3 qismga bo’linadi:

Birinchi usul-sug’orish suvlarini yerning ustki qismida bo’linishi, bunda

suv tuproqning ustki qismida singadi.

Ikkinchi usul- maxsus aparaatlar va agregatlar yordamida tomchilatib

sug’orish usulida sug’rish. Bu usul bilan tuproqning yuxza qatlami bilan

o’simliklarning yerning ustki qismidagisi ham namlanadi.

Uchunchi usul- yerning ostki qismidan sug’orish. Bunda tuproqning aktiv

qismiga masus quvurlar o’tkazishyo’li bilan sug’oriladi, bu usul asosan

tuproqning so’rish kuchiga asoslanadi.

Tuproq ustidan sug’orish

Bu usul bilan sug’oriladigan dala maydonini yoppasiga suv bosadi va

suv yerga tikkasiga singadi. Jo’yak yoki egat olib sug’orilganda esa suv tuproqqa

asosan yon tomomlardan singadi. Sug’orish usullari ekinlarning turlariga qarab

tanlanadi.

Sholini sug’orishda va tuproqlarning sho’rini yuvishda asosan bostirib sug’orish

usulidan foydaniladi. Beda va donli ekinlar esa taxtlarga bo’linib sug’oriladi. Poliz

ekinlari jo’yaklar olib sug’oriladi. G’o’za , lavlagi, tok, makkajo’xorilar, va shunga

o’shash ko’pchilik ekinlar egatlar jo’yak olib sug’oriladi.

Suvdan samarali foydalanishda hamda sug’orish sistemasida normal ekspuatatsiya

qo’llashda sug’orish texnikasi katta ahamiyatga ega.

Jo’yak olib sug’orish

Relyefi noqulay, nishabi katta yerlar, asosan jo’yak olib sug’oriladi. Jo’yaklar ikki

xil: ya’ni taroq shaklida va aylanmaaylanma jo’yak olib, (ilon izi) shaklida qiloib

olinadi.

Nishabi juda katta yerlar esa, aylanma jo’yak olib, ekin ekiladi, chunki bu usulda suv yo’li uzayib, yerning nishabi sun’iy ravishda kamayadi va suv jo’yaklarda sekin oqadi va tuproqning ustki unundor qismi yuvilib ketmaydi. Jo’yaklarning uzunligini 10-30 m, chuqurligi 0,30-0,45 m va oqayotgan suvning ko’ndalang kesimi 0,60-0,12 m, pushtalarning eni esa 0.90-1.40 m bo’lmog’i kerak.

Jo’yak olib sug’orishning o’ziga xos kamchilik va afzallik tomomlari mavjud.

Kamchiliklari: dehqonchilik ishlarini mexanizatsiyalash juda ham qiyin, yoki

mexanizatsiyalashtirib bo’lmaydi, jo’yak olish uchun ko’p mehnat sarflanadi.

Afzalliklari: Qiya tomomlarda jo’yak olinsa, yer suvni yuvib ketmaydi. Suv tuproqqa yon tomondan shimilishi sababli haydalma qatlam bosilib zichlanmaydi va nihoyat, ekiladigan ekinlar jo’yak pushtalarida yetishtiriladi.

Egat olib sug’orishEgat olib sug’orish-bu oqar suv bilan sug’orishning eng mukammal progressive usulidir. Bundan tashqari, bu usul mexanizatsiyadan to’la foydalanish imkonini beradi.

Egat olib sug’orilganda tuproq strukturasi buzilmaydi, tupropq bir tekis namlanadi,

tuproq haydalma qatlami sug’orilgandan keyin zichlanmaydi va qatqaloq paydo

bo’lmaydi. Natijada o’simliklarning havo, issiqlik va oziqlanish rejimi yaxshilanadi: bundan tashqari har qanday relyefli yerlarni egat olib sug’orish mumkin, bunda suv tejab sarflanadi, natijada sug’oriladigan yerning zaxlanish va sho’rlanish xavfi bartaraf qilinadi.

Egatlarni ikki xil usulda qazish mumkin: ochiq va berk.

Ochiq egatlar nishabi 0.001-0.01yoki undan qiyaroq yerlardan olinadi, agar nishabi

0.002-0.003 bo’lsa, egat olib sug’orish yanada yaxshiroq natija beradi.

Berk egatlar nishabi 0.001-0.005 va undan ham kichik bo’lgan yerlar olinadi. Berk

egatlarga qo’yiladigan suv sarfi 1-2 l/sek bo’ladi. Shunda egatlarning bo’yi 40 m dan 100 m gacha bo’ladi.

Egatlarda suvning oqish tezligisug’oriladigan yerning relyefiga va uning

qaybdarajada tekislanganligiga bog’liq, tuproqning mexanik tarkibi yengil va

mikrorelyefli murakkab bo’lgan yerlarda egatlar qisqaroq olinadi. Yaxshi tekislangan yerlarda egat 400-600 m uzunlikda va undan uzunroq olinishi mumkin.

Sholini sug’orish rejimi Sholi sersohil donlin o’simlik hisoblanib, yer sharining yarmidan ko’p aholining eng keng iste’mol qilinadigan oziq-ovqati hisoblanadi.

Sholi asosan tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda o’stiriladi va bunday

sharoitda sholidan 2-4 marotaba hosil olinadi. Sholini butun vegetatsiya davri deyarli suvda o’shiga qaramasdan, u issiq sezuvchi o’simlik hisoblanadi. Shunga binoan yoz oylarining umumiy temperature yig’indisi 2000 gradus C dan oshsa, o’simlik yaxshi rivojlanadi. Sholini sug’orish rejimi doimiy suv ostida va tez -tez bostirib sug’orish bilan olib boriladi, shulardan eng ko’p qo’llaniladigani bostirib sug’orishdir.

Doimiy bostirib sug’orish Sho’rlangan va ifloslangan yerlarda qo’llanilib, zaharli tuzlarni miqdori 2% dan oshsa, va filtiratsiya koeffisiyenti 0.5 sm/sut da kichik bo’lsa, bu rejim yaxshi effect berishi mumkin., lekin o’simlikning unib chiqishi siyraklashadi. Shuning uchcun qisqartirilgan sug’orish rejimi qo’llansa yaxshiroq bo’ladi.

Sholini sug’orish sistemasida sug’oriladigan kartalarga uzunasiga 400 dan 1500 m ga, eni esa 150-250 m qilib olinadi va chor atrofiga marzalar qurilib, gektarga bo’linadi. Cheklarni maydoni 0.24-4 ga dan oshishi kerak emas. Bundan tashqari marzalar shunday qurilishi kerakki, u qishloq xo’jalik mashinalariga halaqit permasligi kerak hamda bir vaqtning o’zida sug’oriladigan suv bir necha cheklarga bir vaqtning o’zida beriladi, chunki bu chiqindi suvni bir vaqtda chiqishini ta’minlaydi.

Bizning sholi yetishtiriladigan rayonlarimiz yaxshilab tekislanadihamda urug’I ekilib olinadi. Sholi suv va issiqlikni ko’p talab qilinganligi uchun butun vegetatsiya davri davomida 10-15 sm bsuv qatlami ichida o’sadi.

Yog’dirib sug’orish usuli Yog’dirib sug’orish usuli- deb uskunalar yordamida o’simliklar va tuproqning ustidan sun’iy sug’orishga aytiladi.

Bu usul bilan sug’orilganda, bir vaqtning o’zida ham o’simlik bargi tanasi orqali

namlantirisa, ikkinchidan, tuproqqa kerakli bo’lgan na mlikka yetkazib berish

mumkin. Chunki keyingi vaqtda Respublikada sug’orish ishlari bir muncha orqada

qolmoqda va sug’orish tannarxi ancha qimmatga tushmoqda. Misol uchun bir gektar yerdagi g’o’zani sug’orish uchun 10 va undan ortiq mehnat kuni sarf bo’lmo qda.

Ma’lum normada sug’orish ancha qiyindir. Shuning uchun yog’dirib sug’orish usuli bir muncha afzalliklari bor.

1. Tomchilatib sug’orish natijasida tuproqning haydalma qatlamigina emas, balki

o’simlik atrofidagi tuproq qatlamida (ya’ni mikroiqlim hosil bo’ ladi).

2. Bu usul bilan sug’orilganda, yer mavsumiy sug’rish normalarida 30-40%

kamayishi bilan birga, ekindan yuqori hosil olishga imkon yaratiladi.

3. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda suvda oson eriydigan

tuzlar sizot suvi bilan birga yer yuzasiga chiqmaydi.

4. O’qariq va sug’orish sug’orish egatlari olishga hojat qolmaydi, yer tekislash

ishlarining hajmi bir muncha kamayadi va past balandli bo’lgan yerlarni ham

osongina sug’orib olish mumkin.

5. Tuproq zichlanmaydi, ya’ni cho’kmaydi.

6. Doimiy sug’orish kanallari o’rniga har xil hajmdagi trubalar ishlatish yo’li

bilan sug’orish shoxobchalarining hajmini kamaytirish mumkin.

7. Sug’orishda chuqur oqadigan kanallarning oqadigan suvlaridan osongina

foydalanish mumkin.

8. Yog’dirib sug’orish paxtadan va boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridan olinadigan

hosil bir muncha ortadi, chunki bunday yerlar usul bilan sug’orilganda,

tuproqlarda ketadigan nitrofikatsiya protsessi ortadi va o’simliklarni ozuqa

elementlari bilan ta’minlash metodi uzayadi.

9. Sug’orishda ketadigan suv taxminan 50% gacha kamayadi, sug’orish normasi

esa 200-600 m/ga boradi.

Olingan bilimlarni tеkshirish va mustahkamlash uchun savоllar.

1. Tuproq unumdorligining kategoriyalarga nimalar kiradi?

2. Sug’orish melioratsiyasining quyidagi turlari mavjud, bular qaysilar?

3. O’simlik rivojlanishida sug’orishning tashqi muhitga ta”siri qanday?

4. Sug’orish usullari haqida umumiy ma’lumot bering.



Adabiyotlar

1. S. Abdullayev, X.Nomozov “Tuproq melioratsiyasi” O’qituvchi nashrioti



2. A.Mirzaеv. «Sug‘оrish va sug’orish usullar mеliоratsiyasi» O‘qituvchi

nashriyot Tоshkеnt. 1979 y.
Download 21,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish