Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
66 
http://ziyonet.uz/ 
oʻzing uchun biron foydani koʻzlamaysan; doim safar kamarini bogʻlab, xizmatdasan. 
Oʻzingda kuchli gʻayrat shamolini bunyod etib, hirsu tama’ asbob-anjomlarini barbod 
qilganing qilgan. Sen shunday yoʻlni tanlab, eng asosiy tilaging koʻchasiga kirding. 
Lekin bu yoʻlni bosib oʻtishning talab etadigan bir sharti, bilki, tavozu’ bilan adabga ega 
boʻlishdir. Qachonki yangi chiqqan oy tavozu’ saqlab, qaddini xam qildi, u kun sayin 
kamol topa boshladi. Yoy tavozu’ sifatiga ega boʻlgani uchun qadri oshib, «Qur’on» 
ustidan joy oldi. Osmon ham tavozu’ga rioya qilib egilgani uchun butun olam uning 
amriga boʻysunadi. Yoyga oʻxshash qoshlarga ham sharaflar boʻlsinki, odamlar uning 
uchun jonlarini qurbon qildilar. Amaldan, oʻz nasabidan kishilar sharaf topmagan. Lekin 
haqiqiy sharaf hayo va adabdan keldi. Yomgʻirning ham manbai hayodir; uning bir 
qatrasi tuprogʻni kimiyo qiladi. Adabsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydilar. 
Doim baland osmon (taqdir) bunday odamlarni pastlatib yuradi. 
Adabsizlikning biri kulgidir. Kulgi adabsizlikning belgisidir. Kaklik qaxqaxa solib 
kulgani uchun bu kulgi tufayli uning boshiga balo keladi (ya’ni ovchilar ovozidan bilib, 
ovlab oladi). Gʻuncha kulib, ochilib ketgandan keyin oʻz-oʻzidan sochilib ham ketadi. 
Chaqmoqni’ oʻz kulgisi togʻning ichiga qulatadi, hatto yerga pastlatib, tuproqqa kiritib 
yuboradi. Tong ham shunaqa odatni yaxshi koʻradi. Shuning uchun quyosh oʻti uning 
durlarini isiriqqa aylantiradi. 
Kulgi oʻz me’yoridan oshib ketdimi, bundan yigʻlagan ancha yaxshiroqdir. Sham har 
kecha yigʻlagani uchun tobora ravshan yonadi; gʻunchani esa kulgani uchun shamol 
uchirib ketadi. Bulut yigiab, koʻz yoshi toʻkishi bilan dur sochuvchi boʻldi; chaqmoq esa 
kula-kula pastlashdi, yerga 
kirdi. Mast ham yigʻlab-yigʻlab, oʻzini bilmay qoldi, lekin kechirim soʻrab yigʻlagani 
gunohdan pok etdi. Adabli odam kuxsh uchun ogʻiz ochmaydi, lekin hayo buluti 
tomchisiz emas. Qaxqaxa bilan xazil bir-biriga doʻst; ikkisi ham qurbaqaning tovushi va 
yurishiga oʻxshash kulgili narsalardir. Kimki hindu (masxarabozi) boʻlib, kuldirish uchun 
xazil qilsa, avvalo oʻshaning yuziga qora surtish kerak. Koʻzboʻyamachining soʻzlagan 
soʻzlari yolgʻon boʻlgani uchun, qara, oʻz tilini oʻzi kesmoqda . Engagiga yolgʻondakam 
soqol bogʻlab, birov odamlarni kuldirar ekan, bunda soqol tufayli odamlar uning oʻzining 
ustidan kuladi. Oʻzining koʻrkini orttirib koʻrsatish uchun maymun boshiga boʻrk qoʻyib 
olar ekan, odamlar uning tepasiga kulish uchun kelarkan, ular faqat uning boshigagina 
kulmaydilar, uning oʻzidan ham kuladilar. Odamlarni kuldirib tirikchilik oʻtkazishga 
oʻrgangan masxaraboz ulardan bir pul olguncha ikki shapaloq yeydi. Boyqushning 
qiyofasi masxaraboznikiga oʻxshaydi, shuning uchun barcha qushlar uni talagani talagan. 
Loʻli xazil qilib qoʻlini yerga tirab, oyogʻini osmonga qilib turganda, u boshini yerga 
qilib, oʻzini oʻzi sharmanda qilgan boʻladi. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish