Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
67
http://ziyonet.uz/
Bu xil pastliklar biri biridan qiziq boʻlib, hayo va adab yoʻli bilan daf boʻladi. Quyosh
bayrogʻi jilva sochib, kecha qorongʻiligi yer ostiga kirgach, masxaraboz mast xolda
baqirgan, chaqirgan; aqlli odamlar esa gapni shoshmasdan gapiradi. Tulkii va it (har xil
qiliqlari bilan odamlarga) kulgi eshigini ochadi; u odamlar sherni koʻrsa, uyidan qochadi.
Bu aytganlarimizning oti tavozu’dir, tavozu’ning sifati esa adabdir. Aql uning haqida
maqtovdan boshqa soʻz aytmaydi, lekin u hammada bir xil mavjud emas. Tavozu’ni har
kishining ahvoliga loyiq koʻrsatish kerak; koʻrsatgan tavozu’ing uning ahvolining
koʻrinishiga muvofiq boʻlsin. Qulga bek ortiqcha tavozu’ koʻrsatsa, oʻziga azob-uqubat
iplarini orttirgan boʻladi. Gadoning oldida sajda qilish marhamat emas, unga bir tanga
bersang, bu unga nisbatan marhamat koʻrsatishdir. Oʻrindan turib, bolaga joy berish ham
adabdan emas; keksalar bu ishni adab hisoblashmaydi. Bunday ahvolda u mutakabbir
hisoblanib, sen yengiltaklik qilgan boʻlasan. Ayt, bu ikki ishni odamlar nega qilishi
kerak?
Garchi adablilik shartlarini saqlash juda zarur boʻlsa ham, ammo buni har bir odamning
darajasiga qarab bajarish kerak. Bir kishi sendan martabada past boʻlsa, uni sen oʻzingga
tobe’ xolda koʻrsang, garchi u oʻzi senga tobe’, bogʻliq boʻlsa ham, koʻnglung uning
qaygʻulariga sherik boʻlsin. Farz va sunnat qoidalari shunday ma’qulki, ularni hammaga
oʻrgatish majburiydir. Senga tobe’ kishilardan biri bunga xilof ish qilsa, uiarxi tekshirib
turish sen uchun farzdir. Qiyomat kuni seni chaqirganlarida, nima savol boʻlsa, sen javob
berasan. Ularga gʻamxoʻrlik qilish sening boʻyningdadir; tirikchilik yozuqlari ham sening
qoʻyningda. Barchasiga doʻstlik qilish senga vojibdir. Yaxshi-yomon ishidan xabardor
boʻlib turish ham.
Tavozu’ sifatiga ega boʻlish umidi bilan u dunyo xavfidan qoʻrqib, shul qoʻl ostingdagi
jamoatga shuncha ta’zim qilding. Agar bolalaring va xotining boʻlsa, ularga ham shu
ishni qilishing kerak. Yosh bolaga nisbatan eng zarur ish, bilki, uni kichkinaligidan
parvarish qilishdir. Qatrani sadaf tarbiya qilgani uchun odamlarning boshiga chiqib
sharaf topdi.
Tarbiyaning biri bolaga yaxshi ot qoʻyish boʻlib, uni oti bilan chaqirganlarida u
uyaladigan boʻlmasligi kerak. Ismda tafovutlar koʻp paydo boʻladi; birining ismi Husayn
boʻlsa, boshqa biriniki Yazid . Tarbiyaning yana biri unga ilmu adab oʻrgatish uchun
muallim chaqirishdir. It yetuk ta’lim olgani sababli u tishlab kelgan ov xalol hisoblanadi.
Yuvgan bilan toza boʻlmaydigan it olim boʻlgan ekan, oʻgiing bilimsizligicha qolib ketsa,
ajab kamchilik boʻladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir, lekin buning ortiqchasi
zarar. Voqe’ boʻladigan balolardan uni oʻz mehring bilan asrashing bolang oldida sendagi
tavozu’ni bildiradi.
Xotining uyda oʻltiradigan boʻlgach, shariat yoʻli bilan uni hurmat qil. Nafaqa bilan
oʻzingni undan ayama; joningni ham ortiq darajada qiynab yuborma. Kiyadigan kiyimini
ham ortiq darajada rang-barang qilib yuborma. Kiysa ham hujrada, vaqti bilan kiysun.
Do'stlaringiz bilan baham: |