Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
64
http://ziyonet.uz/
hikmatni u xatosiz tushunadi. Bu karam, xayr-ehson unga odat emas ekan, oʻsha oraliq
yerda sababdan oʻzga emas.
Ey saxovat koʻchasida tentirayotgan odam, sen oltini telba va mast odamdek
sochmoqdasan. Oltin-kumushni endi guldek sovurma, gʻunchadek uni oʻrab, tugib ham
qoʻyma. Bu sahifalarda qanday odatlar haqida gapirilgan boʻlsa, barchasi saxovat
ahllariga tushunarlidir. Pul solingan xaltachani gʻuncha kabi tugib qoʻyma; nimani bugun
tukkan boʻlsang, ertaga ertalab baribir sochasan-ku! Baxillik qilib sadaf durni yutgan
boʻlgani uchun, durni olishda uning koʻksini teshishadi. Quyosh oltinini berkitgani uchun
jahon osmonning yuzini kechasi qora qildi. Quyosh goʻzali yulduz kumushlarini
yashirgani uchun qara, osmon uni, boshi bilan yerga koʻmdi. Kuz kelib, qoʻli bilan oltin
varaqlarini sochgani uchun, qara, har bir yaprogʻ quyosh rangida.
Ey yashirin xazina ustida ajdaho boʻlib yotgan odam, tushunginki, bu boyliging qoning
bahosidadir. Seni oʻldirish uchun falak Bahromi nogahon tigʻ tortib, bu mahfiy boylikni
oladi. U seni qiynab, zulm bilan qoningni oqizib, u boylikning ichiga harakat qiluvchi la’l
- qoningni quyadi. Sening qonli dushmaning qotil falakning oʻzi boʻladi; shu boylik
ustida vayron boʻlasan.
Demak, oʻz qoning bilan qoʻlingni yuvmoqchimisan? Nima, oʻz joningga oʻzing qasd
qilmoqchimisan? Boshqa konlardagi boyliklarm’ orzu qilib, naqd joning gavharidan
ajramoqchisan. Shu joning yoʻlida xazina eshigini och, bor boylikni olib, joy-joyiga soch.
Anbarga toʻkilgan har bir don chirib ketishdan yuz xavfda. Yehson ekinzoriga sochishni
odat qil; shunda bittasining oʻrniga Tangri yetti yuztasini beradi. Bu odamlarga ulashib
berayotganing ekin boʻlmasa ham, arpa, bugʻdoy sochdingmi, albatta, xosil oʻrasan.
Bugun nima eksang ham yaxshi, ma’qul. Ertaga u, albatta, xosil beradi. Bu yerda ekilgan
ekinlar oʻrtasida farq bor. Ularning ichida eng yaxshisi xayru saxovatdur. Tama’ni tark
qilsang - saxiylik shudir. Xayru ehson yoʻlida sarf-xarajat qilki, haqiqiy xadya shudir.
Berish uchun olish ishidan yiroq boʻl, beraman deb olmay qoʻya qolganing yaxshiroqdir.
XXXI
Hotami Toyi hikoyasikim, u himmat va saxovat kishilariga peshvo edi; uning
mehmondorchiligiga ta’zim bilan bosh urmagan bir gadoning himmatini koʻrib, Hotami
Toyining u gadoga tan bergani
Hotami Toyiga bir koʻngli ochiq odam dedi:
— Ey, himmatda erkin tabiat kishi, saxiylik kaftingga odat boʻlganidan buyon oʻzingga
oʻxshagan kishini hech koʻrdingmi?
U dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: |