1. Islomning arkonlarini sanang.
2. Qur’on oyatiga ko’ra, yer qanday shaklda va bu qaysi surada zikr qilingan?
3. “Subhana robbika robbil izzati ammaa yasifun, wa salaamun alal mursalin, walhamdulillahi robbil alamiyn” oyatlari qaysi surada joylashgan?
4. "Alhamdulillah" lafzi bilan boshlanadigan suralarni sanang.
5. Qur’onda qaysi masjid haqida “taqvoga asoslangan masjid” deyilgan?
6. Rasululloh ﷺga bir imomning har rakatda zam suradan tashqari … surasini o’qiyotganidan shikoyat qilishdi. Nega unday qilishi so’ralganda, bu surani yaxshi ko’raman, dedi. Rasululloh ﷺ “shu muhabbating seni Jannatga olib kiradi”, dedilar. Bu qaysi sura edi?
7. Farzandi, nabirasi, nabirasining farzandi nabiy bo'lgan payg'ambar kim?
8. Muso alayhissalom Madyanda daraxt ostida Allohga nima deb duo qildilar?
9. Yunus alayhissalom baliq qornida qaysi duoni qildilar?
10. Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalomni qurbon qilishlari kerakligini aytganlarida, Ismoil alayhissalom bunga qanday javob qildilar?
11. Ibrohim alayhissalom uylariga yuborilgan elchi farishtalar qanday 2 maqsadda kelgandilar?
12. Sunnat nima?
13. Mutavotir hadis nima degani?
14. “Musnad” hadis kitoblarining eng mashhuri kimning qalamiga mansub?
15. Mashhur "Jabroil hadisi' deya tanilgan hadisni kim rivoyat qilgan?
16. Abdulloh ibn Mas’ud r.a.dan rivoyat qilingan hadisga ko’ra, inson ona qornida ekanligida unga 4 masalaning taqdiri bitiladi. Bular nimalar?
17. Ibn Abbos r.a. qaysi surani “Bani Nazir” surasi deb ataganlar?
18. Muddassir surasining “…So’ngra yuz o’girdi va takabburlik qildi. Bas bu asar qolgan sehrdan o’zga hech narsa emas, bu bashar so’zidan o’zga hech narsa emas, dedi” oyatlari kim haqida nozil bo’lgan?
19. Nubuvvatning ilk yillari Quraysh mushriklaridan 3 kishi Rasullulloh ﷺning Qur’on tilovatlari eshitish uchun tasodifan yig’ilib qoladilar. Bular kimlar edi?
20. Rasululloh qaysi surani o’qiganlarida Quraysh mushriklarini beixtiyor sajda qilishga majburlagan sura?
21. Abu Bakr roziallohu anhu qachon va nega "Siddiq" deb sifatlanganlar?
22. Bu sahobaning oyog'i qiyomat kuni tarozida Uhud tog'idan ham og'ir bo'lishini aytganlar Rasululloh ﷺ. Bu kim?
23. Madina yahudlarining asosiy uch guruhi qaysilar edi?
24. Sahobalar "U Talhaning kuni edi", deb qaysi kunni aytganlar?
25. Abu Hurayra r.a.ning johiliyatdagi to'liq ismlari nima edi?
26. Asmo bint Abu Bakr qanday laqablanganlar?
27. Qaysi uch kishining islomga kirishi haqida Rasululloh ﷺ "Quraysh bizga o'z aslzodalarini berdi", deganlar?
28. Abu Sufyonning qizi bo’lgan mo’minlar onasi (Rasululloh ﷺning zavjalari)ning to'liq ismi (kunya emas) nima edi?
29. Musulmon bo'lib, biron rakat namoz o'qimay turib, Uhudda shahid bo'lgan sahoba kim?
30. U shunday narsaki, o’zi yaxshi lekin Payg’ambar va uning oilasiga berilishi halol emas. Bu nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |