Essay
Yozdi: Muhammadjonova Nafisa Tekshirdi: Masaliyeva Oltinoy
Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q
Jamiyat taraqqiyotining asosi,
uni muqarrar halokatdan qutqarib
qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir.
( Islom Karimov).
Reja:
1. Tan olinmagan tarix.
2. Biz kimlarning avlodimiz?
3. Yurtni yangi bosqichga, yangi marraga olib chiqishdagi yorug’ g’oya.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng xalqimizning o’z tarixini, madaniyatini va qadriyatlarini bilishga bo’lgan qiziqishi ortib bordi. Albatta, tariximiz haqidagi haqiqatlarni tiklanishida birinchi prezidentimizning o’rni katta. Mustabid davrida bizning tariximiz go’yoki 1924-yildan boshlanganday, aslida esa Xorazm shahri 2700 yillik tarixga ega. Buni “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asaridan ham bilib olishimiz mumkin. Hattoki ular “ Avesto” kitobini tan olmaydi. Bu kitobning yaratilganiga esa 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy me’rosidir. Bu tarixning tan olinmaganini asl sabablaridan biri shundaki, ularning tarixiy xulosalari chippakka chiqadi, ilmda soxta yo’l bilan borganligi fosh bo’ladi. Shuningdek insonni tarixini unutdirish uning o’zligini unutdirish bilan tengdir. Chor Rossiyasining Skobelev degan generali shunday deb yozgan edi: “ Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi”. Mana asl maqsad. Ular bizning tariximizni noto’g’ri talqin qilish orqali bizni o’zligimizdan ayirmoqchi va ma’nan bo’ysundirmoqchi bo’lgan. Bizning buyuk tariximiz borligiga shubha qilishgan. Mustaqillikdan keyin esa asl haqiqat tiklandi, asl tarix maydonga keldi.
Sho’ro davrida bizning asl ajdodimiz tan olinmagan. Biz o’zbeklar Atilla avlodi emishmiz. Bu bilan faxrlanishimiz kerak ekan. G’arbda esa Atillani madaniyat olib kelgan shaxs emas, ulug’ bir sivilizatsiyni yer bilan yakson qilgan bosqinchi sifatida eslashadi. Bizning asl ajdodimiz Amir Temurni esa nafaqat Parijda balki Yevropada obro’sini to’kishga urinishlar bo’lgan. Uni qonxo’r sarkardaga chiqargan. Mantiqan o’ylab ko’rilsa ham bu tuxmat ekanligi ayon bo’ladi. Inson bir paytning o’zida ham bunyodkor ham yovuz bo’lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonlarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarni boshini silagan, Qur’oni karimni yoddan bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo’r odam “ Kuch-adolatda” deyishi mumkinmi?! Ba’zi tarixchilar bizni Chingizxonning avlodi, hatto, Amir Temurda Chingiz qoni bor, u mo’g’ul qavmidan demoqchi bo’ladi. Yana sovet davri kitoblarida Amir Temur askarlari Moskva atroflariga yetib borgani xususida “mo’g’ul tatar qo’shinlari Moskvani qamal qildilar” deb yozishgan. Aslida esa Amir Temur askarlari To’xtamishxonni tor-mor qilib, Rusiyani mo’g’ul changalidan qutqargan. Avvalgi tarix shunday “ haqiqatlar” bilan o’qitilgan. Biz barilla Beruniylar, Buxoriylar, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Boburlar vorisimiz. Birinchi prezidentimiz aytganlaridek: “ o’zbek tom ma’noda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Mabodo qo’liga qurol olguday bo’lsa, faqat o’zini himoya qilish uchungina oladi”.
Albatta yurtni yangi marraga olib chiqishda, birinchi o’rinda uning tarixini tiklash kerak bo’lgan . Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o’zlikni anglash mumkin emas. Bino qanchalar baland bo’lsa, uning poydevori ham shu qadar chuqur bo’ladi. Avvalo, haqqoniy tarixni yaratish uchun bir qator konsepsiyalar, dasturlar ishlab chiqilgan. Bulardan biri mukammal darsliklar yaratish, o’qituvchilarni o’zini qaytadan o’qitish bo’lgan. Fanni rivojlantirish asl maqsadlardan biri bo’lgan. Abu Rayhon Beruniy bobomizning bundan o’n asr burun aytgan fikrini eslasak: “ Ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo bo’ladi”. Bizning ehtiyojimiz esa tariximizni tiklash. Shuningdek, matbuotlarda, ilmiy-axborot resurslarida va televideniyalarda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Insonlarga asl haqiqat shu ko’rinishda yetkazildi. Ularning ruhi ko’tarildi va rivojlantirishga ilg’or qadam tashlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |