1. Qazishma ishlarini olib boruvchi olimlar nima deb nomlanadi?



Download 19,42 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi19,42 Kb.
#426393
Bog'liq
6-sinf test 1-5 mavzular


6-sinf test
1. Qazishma ishlarini olib boruvchi olimlar nima deb nomlanadi?
A) Arxeolog B) Antropolog C) Etnograf D) Lingvist
2. Antropolog olimlar qanday ishlar bilan shug’ullanadi?
A) Qadimgi odamlarning suyaklarini tiklaydi B) Qadimgi odamlarning yashash joylarini aniqlaydi C) Qadimgi odamlarning tillarini o’rganadi D) Qadimgi odamlarning urf-odatlarini o’rganadi
3. Qadimgi odamlarning urf-odatlarini o’rganuvchi fan nima deb ataladi?
A) Antropologiya B) Arxeologiya C) Etnografiya D) Lingvistika
4. O’zbekiston tarixining eng qadimgi yozma manbasini aniqlang.
A) Behistun yozuvlari B) Avesto C) Gerodotning ‘Tarix” kitobi D) Stroboning ‘Geografiya” asari
5. Ma’lumki, fors shohi Doro I o’zining Behistun bitiklari orqali o’rta osiyoliklar haqida xabar bergan. Bu yozuvlar yozilgan Behistun qoyalari qayerda joylashgan?
A) Erondagi Kirmonshoh yaqinida B) Erondagi Tehron shahri yaqinida C) Iroqdagi Basra shahri yaqinida D) Iroqdagi Bag’dod shahri yaqinida
20. Insoniyat tarixining boshlang’ich davri bo’lib, barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan va hamma baravar ishlagan davr nima deb ataladi?
A) matriarxat B) ibtidoiy to’da C) eng qadimgi urug’chilik tuzumi D) ibtidoiy jamoa tuzumi
6. Qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan davr qanday nom bilan ataladi?
A) ibtidoiy to’da B) patriarxat C) eng qadimgi urug’chilik tuzumi D)matriarxat
7. Erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqeiga ega bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ota tomoniga qarab belgilanadigan davr nomini aniqlang.
A) matriarxat B) harbiy demokratiya C) eng qadimgi urug’chilik tuzumi D) patriarxat
8. Eng qadimgi urug’chilik tuzumi qaysi davrni kelishi bilan nihoyasiga yetdi?
A) harbiy demokratiya B) matriarxat C) eneolit D) patriarxat
9. Ma’lumki, Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagan. Bunday davrni arxeologlar qaysi nom bilan atashgan?
A) mis-tosh asri B) paleolit C) neolit D) tosh asri 25. 10.Tosh asri arxeolog olimlar tomonidan necha bosqichga ajratiladi? A) to’rtta B) uchta C) ikkita D) beshta
11. Arxeologiya fanida chopperlar nima?
A) o’tkir qirrali tog’ toshlar B) o’tkir uchli ixcham dengiz toshlari C) ildiz kovlash uchun qo’llanilgan tosh qurol D) uchi bir tomonga o’tkirlangan qo’pol tosh qurol
12. Quyidagi qaysi mashg’ulotlar eng qadimgi odamlarning o’zlashtiruvchi xo’jaligiga mansub?
A) natural xo’jalik va ovchilik B) termachilik va ovchilik C) dehqonchilik va chorvachilik D) ovchilik va dehqonchilik
13. Ma’lumki, eng qadimgi odamlar tabiat nimani in’om etsa, shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan. Bu qadimgi mashg’ulot nima deb nomlanadi?
A) natural xo’jalik B) ishlab chiqaruvchi xo’jalik C) o’zlashtiruvchi xo’jalik D) termachilik
14. O’zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g’oridan qanday buyumlar topilgan? 1) tosh qurollari; 2) sopol buyumlari; 3) hayvon suyaklari; 4) dehqonchilik qurollari; 5) qoyatosh rasmlari; 6) inson suyaklari
A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 6
15. O’zbekistondagi qadimgi Teshiktosh madaniy yodgroligi o’zining qanday xususiyati bilan jahonga mashhurdir?
A) ko’plab turli-xil tosh qurollarining topilishi bilan B) hayvon suyaklarining topilishi bilan C) 8-9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari topilishi bilan D) eng qadimgi qoyatosh rasmlarining mavjudligi bilan
16. Mezolit davriga oid manzilgohlar qaysi hududlarda ko’plab uchraydi?
A) Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda O’zbekistonning shimolida B) Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda Toshkent vohasida O’zbekistonning g’arbida C) Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida, Toshkent vohasi hamda O’zbekistonning janubida D) Zarafshon vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda O’zbekistonning janubida
17. Qaysi davrda ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi?
A) Eneolit davri oxirida B) Mezolit boshida C) Mezolit davri oxirida D) Neolit davri oxirida
18. Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik dastlab qayerda paydo bo’lgan?
A) Old Osiyo B) Yaqin Sharq C) Janubiy-Sharqiy Osiyo D) O’rta Osiyo
19. Quyidagi qaysi mashg’ulot ishlab chiqaruvchi xo’jalikka taalluqli?
A) ziroatchilik va termachilik B) chorvachilik va ovchilik C) termachilik va ovchilik D) dehqonchilik va chorvachilik
20. O’rta Osiyoda neolit davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?
A) mil. avv. 4-3 mingyilliklarni B) mil. avv. 40-12 mingyilliklarni C) mil. avv. 12-7 mingyilliklarni D) mil. avv. 6-4 mingyilliklarni
21.Bronza davri odamlari qaysi sohalarda yutuqlarga erishishgan? A)hunarmandchilik, to’quvchilik, kulolchilik, zebziynatlarga yasash, qurilish B)dehqonchilik, chorvachilik, qurolsozlik, binokorlik C)hunarmandchilik, binokorlik, dehqonchilik D)zeb ziynat yasash, to’quvchilik, quruvchilik,
22. Bronza ko’zgular qayerdan topilgan?
A)Sopollitepa B)Zamonbobo C)Jarqo’ton D)Xorazm
23. Bronzadan yasalgan bilaguzuk nechnchi asrga oid?
A)mil.avv. XII asrga B)Mil.avv XI asrga C)Mil.avv X asrga D)Mil.avv XIV asrga
24. Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor qaysi davrga oid
A)Mil.avv. 2-mingyillik B)Mil.avv. 3-mingyillik
C)Mil.avv. 1-mingyillik D)Mil.avv. 4-mingyillik
25. Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor qayerdan topilgan? A)Xorazm B)Farg’ona vodiysi C)Buxoro D)Surxon vohasi
26. Temirdan mehnat qurollari yasash imkoniyati qachondan paydo bo’ldi?
A) mil. avv. II mingyillikning o’rtalarida B) mil. avv. II mingyillikning oxirlarida
C) mil. avv. III mingyillikda D) mil. avv. I mingyillik boshlarida
27. Temir necha gradusda eriydi?
A) 1200C B) 1500C C) 1400 D) 1600C
28. Temir qadimda odamlar foydalangan qaysi metallarga nisbatan qattiqroq bo’lgan?
A) kumush va qalaydan B) mis va bronzadan C) bronza va kumushdan D) qalay va qo’rg’oshindan
29. Temirdan birinchi bo’lib kimlar foydalangan?
A) xettlar B) yunonlar C) forslar D) rimliklar
30. Temirdan qachondan boshlab foydalana boshlaganlar?
A) miloddan avvalgi IX-VIII asrlardan B) miloddan avvalgi XI-IX asrlardan C) miloddan avvalgi XIV-XIII asrlardan D) miloddan avvalgi XII-XI asrlardan
31. Temirdan tayyorlangan zeb-ziynat buyumlar qaysi yodgorliklardan topilgan?
A) Zamonbobo va Sapollitepadan B) Moxenjodoro va Xarappadan C) Ispaniyadagi Altamir va Fransiyadagi Lasko g’orlaridan
D)Tutanxamon maqbarasi va Kavkazdagi Maykop qo’rg’onidan
32. Qadimda qaysi omil dehqonchilik texnikasi rivojiga ta’sir o’tkazdi?
A) patriarxat davrini boshlanishi. B) odamlarni o’troq turmush tarziga o’tishi. C) ziroatchilik va chorvachilikning vujudga kelishi. D) mehnat qurollarining temirdan yasalishi
33. O’rta Osiydan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar qaysi asrlarga oid?
A) miloddan avvalgi IX-VIII asrlar B) miloddan avvalgi VIII-VII asrlar C) miloddan avvalgi X-IX asrlar D) miloddan avvalgi XI-X asrlar
34. Qanday omil qadimda mehnat unumdorligini oshishiga zamin yaratib berdi?
A) davlatning vujudga kelishi B) o’troq turmush tarziga o’tish C) temir qurollarning keng tarqalishi D) jez qurollarining keng tarqalishi
35. Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida o’rta Osiyoda mavjud bo’lgan to’rt guruhning ketma-ketlik bilan berilgan qatorni aniqlang. A) Aslzodalar-jangchilar-dehqonlar-hunarmandlar B) Kohinlar-jangchilar-dehqonlar-chorvadorlar C)Kohinlar-zadoganlar-jangchilar-dehqonlarhunarmandlar D)Kohinlar-jangchilar-dehqonlar-hunarmandlar
36. Qadimgi davrning ijtimoiy tuzum taraqqiyotining ketma-ketlik bilan berilgan qatorni aniqlang.
A) Xalq yig’lishi-qabila-qabilalar ittifoqi-davlat B) Ibtidoiy to’da -Urug’- qabila-qabilalar ittifoqi C) Urug’-urug’ jamoasi-hududiy qo’shnichilik jamoasialohida tumanlar-viloyatlarning hukmdorlarlari D) ibtidoiy to’da-qsoqollar kengashi-xalq yig’lishialohida tumanlar-viloyatlarning hukmdorlarlari
37. Ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli nima deb atalgan?
A) respublika B) monarxiya
C) harbiy demokratiya D) demokratiya
38. ‘Avesto”da O`rta Osiyo jamiyatining negizi nima deb ataladi? A) ‘Dah`ya” B) ‘Nmana” C) ‘Vis” D) ‘Zantu”
39. Bir necha patriarxal oilalar urug’ jamosini tashkil qilgan. Bu urug’ jamoasi ‘Avesto”da nima deb atalgan?
A) ‘Vis” B) ‘Varzana” C) ‘Zantu” D) ‘Nmana”
40. ‘Avesto”da hududiy qo`shnichilik jamoasi nima deb atagan?
A) ‘Nmana” B) ‘Dah`ya” C) ‘Varzana” D) ‘Vis”
41. ‘Avesto”da ‘zantu” – bu … A) urug’ jamosi B) qabilalar ittifoqi C) hududiy qo’shnichilik jamoasi D) qabila
42. ”Dah’ya” - bu …
A) hududiy qo’shnichilik jamoasi B) qabilalar ittifoqi
C) patriarxal oila D) qabila



Download 19,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish