171
atrofdagilar uni tushunmasligini sezadi. Tunggi psixika ko’proq nevroz, yurak
yoki boshqa kasalliklarga chalingan odamlarda muammolarni yuzaga chiqaradi.
Zerikish
holati – tashqi qiyofasi monotoniya holatiga o’xshab ketadi.
Zerikish ishdagi ishimizning mazmuni yo’qolgan paytida paydo bo’ladi. Hozirgi
zamonamizda zerikish odamlar orasida juda ham keng tarqalib ketdi. Masalan,
oxirgi vaqtlarda har xil udumlarni yo’qolib ketishi hayotimizni zerikarli tarzda
olib borishga majbur qilmoqda. Yoki bo’lmasa bu narsa ko’proq nafaqaga
chiqqan insonlarda kuzatiladi, chunki ular o’z hayotlari davomida jamoa ichida
ishlab ko’p narsani ko’rgan edilar. Zerikish ishga bo’lgan maqsadni yo’qotadi
yoki keng tarzda hayotga intilishni pasytiradi.
Ishga borish, kechki ovqat, uy
yumushlari, uyqu kabi va haftalarni shu bir xil tarzda o’tishi insonni zerikishga
olib keladi. Lekin zerikishning foydali taraflari ham bor u inson ongini
xarakatga olib keladi. Masalan, insonda “nega?” degan savol tug’ilib o’z
savoliga asta-sekin ongi ostida javoblar izlay boshlaydi va shu holatdan chiqib
ketish yo’lini topa oladi.
3.Stressni bartaraf etish treninglarining turlari.
Biz yuqorida insonning
ruhiy holatlari haqida ma’lumot berishga harakat qildik. Shaxs o’z xohish-
irodasiga ko’ra o’z ichki imkoniyatlarini o’zi oshira olishi mumkin.
Buning
uchun shaxs ming-ming yillardan buyon e’tibordan qolmayotgan mashq
namunalaridan: autogen mashqlaridan, o’z – o’zini ishontirish usullaridan
foydalana olishi kerak. Shaxs ushbu mashqlarni diqqat bilan o’qib, bajarishga
kirishishi bilan, o’zida bo’layotgan eng kichik o’zgarishlardan tortib,
katta
ozgarishlargacha bo’lgan natijlarga erishishi mumkin.
Treninglar uzoq vaqtdan beri psixolog, terapevtlarning ajralmas ish
faoliyatining asosiy bo’lagi bo’lib kelgan. Ayniqsa, zamonaviy psixologiyada
“Tijoratni rivojlantirish bo'yicha trening", "Jamoa tuzishga o'rgatish", "Qaror
qabul qilishga o'rgatish", "Ishbilarmon aloqalar bo'yicha trening", shuningdek,
psixoemotsional me’yorni ushlab turuvchi treninglar tashkil etilmoqda. Bu
borada mutaxassislara
ham ehtiyojlar kuchayib, Oliy o’quv yurtlarida kasbiy
mahoratga ega yoshlarni tayyorlashga katta imkoniyatlar yaratilinib,
mutaxassislarni tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj bugungi kunda turli darajalar va
faoliyat sohalari rahbarlari tomonidan tan olinmoqda. Shubhasiz,
xodimlarning
treningda ishtirok etishi xodimlarning o'zlariga ham, ish beruvchilarga ham
haqiqiy foyda keltirayotganligini his qilmoqda.
Hozirda emotsional holatlarni bartaraf etish bilan bo’gliq muammolarni
echimini topishda, natijada ish unumdorligini oshishirish imkoniyatlarini
mavjudligi bilan stresslarni yumshatuvchi treninglardan
foydalanish davomida
172
ishning samaradorligini sezilarli darajada oshganligi haqiqatdir. Stressni
boshqaruvchi treninglar individyal yo’nalishga ega bo’lib, shaxsni barkamolligi,
tanani boshqaruvchanligi, ijodkorlikni rivojlantirishga yonalgan bo’ladi. Albatta
, bu trenerning kasbiy mahorati bilan amalga oshiriladi.
Har qanday boshqa treninglar kabi stressga qarshi mashg'ulot
ishtirokchilari trening davomida o’zlarini muammolarini hal qilish bilan bog’liq
ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadi.
Biz bilamizki, har bir trening mashg’uloti, albatta, psixoterapevtik ta'sirni
o'z ichiga oladi. Biroq, stressga qarshi treninglarda psixoterapiyaning ulushi
ko'proq, chunki ishtirokchilar nafaqat tashkiliy, uslubiy muammolarni,
balki
shaxsiy muammolarni ham hal qiladilar.
Ishtirokchilar ichida mashg'ulot davomida u uchun zarur bo'lgan stressli
vaziyatdan chiqish yo'llarini topmaguncha, guruh ishlarida to'liq ishtirok eta
olmaydigan holatlar mavjud. Ayrim hollarda ishtirokchilar kuchli ta’sirlanishi
oqibatida kuchli hissiyotlarni boshdan kechirishi kuzatilinadi, ya’ni bu qaysidir
hissiyotga boy bo’lgan mashg’ulotda ishtirok etayotganda sodir bo’ladi. Agar
murabbiy bunday vaziyatda ishtirokchilarga psixologik yordam ko'rsatish uchun
etarlicha kuch, bilimga, va kuchli ko'nikmaga ega bo'lmasa, dasturga kuchli
hissiy portlashni keltirib chiqaradigan "kuchli" mashqlarni kiritmaslik kerak.
Shuningdek, ishtirokchilarning o’zi ham stressga qarshi kurash bo’yicha
mashg’ulot turlariga o’zlarini oldindan ishontirib tayyorlashi kerak bo’ladi.
Ushbu muammoning mumkin bo'lgan echimlaridan
yana birii bu ikki
mutaxassis tomonidan treningni tashkil etilishi talab etiladi. Bunda ulardan biri
mashgulotlarni boshqarish bilan shugullansa, ikkinchisi esa bu vaqtda
ishtirokchilarning reaktsiyalarini kuzatish va kerak bo'lganda ularga o'z vaqtida
yordam berish imkoniyatini oladi.
Shunday qilib, stressga qarshi kurash bo'yicha trenerga maxsus talablar
qo'yiladi. Bu maxsus psixologik ma'lumotga ega va treninglarni o'tkazish
tajribasiga ega, shuningdek, o'zgaruvchan sharoitlarga
tezkor javob berish
qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. U shaxs psixologiyasi, psixologik salomatlik,
maslahat, guruh psixoterapiyasi sohasida bilimlarga ega bo'lishi kerak.
Murabbiy mijozlarga terapevtik yordam ko'rsatishni ekspress usullari bilan
tanishishi kerak. U yana tibbiy psixologiya, xodimlarni boshqarish psixologiyasi
bilan tanish bo'lishi, ya'ni faoliyatning turli sohalarida ishlashga tayyor bo'lishi
kerak..
Do'stlaringiz bilan baham: