5
1-Mavzu: PSIXOLOGIK TRENING HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Reja:
1.
Psixologik trening haqida umumiy tushuncha.
2.
Treningni maqsad va vazifalari.
3.
Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari.
4.
Treningga berilgan tasniflaning mazmuni.
Tayanch tushunchalar:
psixologik trening, fanning predmeti, maqsadi,
o‘ziga xos jihatlari, tamoyillari, shaxslararo munosabatlar, muloqot uslubi,
hissiy aloqa
1.
Psixologik
trening
haqida
umumiy
tushuncha.
Zamonaviy
psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol
shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish,
malakalarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda
albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni mavjud bo’lib,
hozirda
mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak,
mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot
uslubining o’zgarishi,
muayyan
kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va
malakalarning ortishi, rahbar, menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog,
murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, shiddatli sharoitlarda juda murakkab
faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning
asl mohiyatini tahlil
qilishga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida muloqotga bo’lgan
(ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar,
emotsional
sferaning barqarorligini ta’minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga
oshib borishi, ular o’rtasida yuzaga keladigan turli nizoli vaziyatlarni bartaraf
etish jarayonida albatta psixologik treninglarning imkoniyatlarini kengligi ham
hech kimga sir emas.
Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli qarashlarni,
amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo’sh trening o’zi nima?
Treningni tashkil
qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera
oladimi? kabi savollarga duch kelamiz.
Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga,
uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan
o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan
6
qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv
faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi.
Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va
keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy
qismlardan iborat,
shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini,
muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini
tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o’quv
shakllardan biridir.
Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji,
uning
sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali ta’sir
eta olishga intilishining
kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga
tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o’rgatish
kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy
psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir.
XXI asrda kishilarning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning
muloqot sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir etishga bolgan
intilishi yanada oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: