15
Nemis psixologi Kurt Levinning fikricha, guruhdagi munozara har bir
shaxsning ijtimoiy ustanovkalari, qarashlarini,
har bir shaxsning guruhiy
faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini oshirib, o’z mavqei va o’zgalarni tushinish,
his qilish ehtiyojining oshishini ta’kidlaydi.
S. I. Makshanovning psixologik trening nazariyasiga kelsak, shaxsga
nisbatan qaratilgan “rivojlanish” tushunchasidan farqli o'laroq, treningga shaxs
xususiyatlarini “ataylab o'zgartirish” atamasini kiritgan. Ushbu tushuncha
“rivojlanish” tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noni anglatib, unda
o'zgarishlarning maqsadi, jarayoni va natijalarini etarlicha
aks ettiruvchi ongli
xususiyatlarini ta'kidlaydi. “Ataylab o'zgarish” tushunchasi rivojlanish bilan
bog'liq bo'lmagan holatlarga nisbatan qo'llash imkonini beradi, masalan, ataylab
o'zgarish natijasida insonning biror narsaga munosabati o'zgarganda, bu, albatta,
o'zgarish, lekin rivojlanish hisoblanmasligini keltirib o’tadi.
3
Ataylab o'zgartirish
rivojlanishni ham, korreksiyani ham o'z ichiga oladi.
Boshqa mualliflar trening bilan birgalikda tajriba ham almashinish
konsepsiyasini ta'kidlashadi. K’ell Rudestam trening shaklini “o'rganish
tajribasining asosiy markazi, ba'zi hollarda - odamni o'qitish va o'zgartirishning
yagona muvaffaqiyatli usuli” deb ataydi. Uning ta'kidlashicha, “ har bir
ishtirokchi guruhdagi o'zaro munosabatlarni kuzatib, o'zini boshqalar bilan
tanishtirishi va ular o’rtasida o’rnatilgan o’zaro hissiy aloqa orqali shaxs o’z his-
tuyg'ulari va xatti-harakatlarini to’gri baholaydi.
Shuningdek, ishtirokchilar
trening davomida hayotda uchraydigan oddiy ko’nikmadan tortib, murakkab
ko’nikmalarga taqlid qilishi va amalda qo’llab sinovdan o’tkazishi mumkinligini
ta’kidlab otadi”
4
Viktor Kagan treningni bilim va konikma berishga asoslangan ta'limning
maxsus shakli va psixologik treningni tushunish uchun umumiy va asosiy
bo'lgan “tajriba” tushunchasi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Aytishimiz
mumkinki, guruhiy psixologik trening- bu guruhdagi o'zaro ta'sir o'tkazish
jarayonida o’z hayotiy tajribasini o'rganish, tahlil qilish va qayta baholash orqali
shaxsni shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga qaratilgan ataylab o'zgartirish usulining
o’ziga xos xususiyatlarini keltirib o’tadi
.
5
J. Cliffordning trening haqidagi pozitsiyasi quyidagicha: ‘Trening bu
yangi mahoratni o'rganadigan majburiy bo’lmagan bilim jihati bo’lib,
rasmiy (masalan, o'quv kurslari) va norasmiy (masalan, ish joyida o'qitish)
3
Макшанов С. И.
Психология тренинга: Теория. Методология. Практика: Монография. — СПб.:
Образование, 1997.
4
Рудестам К.
Групповая психотерапия. — М.: Прогресс, 1993.
5
Каган В. Е.
Психотерапия для всех и для каждого. — М.:
ЭКСМО-Пресс, 1998.
16
tashkil etilgan va talabaning xulq-atvorida barqaror o’zgarishlarni hosil qiluvchi
jarayon.” deb, ta’kidlaydi.
6
Yuqorida keltirilgan trening haqidagi ta’riflardan xulosa chaqarish
mumkinki, trening mashg’uloti maqsadli tashkil etilgan jarayon, organish
tajribasi orqali ishtirokchilarning bilim yoki xatti-harakatlarida muayyan
faoliyatning bajarish ko’nikmalarini hosil qilish va shaxsning kelajak
ehtiyojlarini samarali qondirishga qaratilgan sun’iy
va tabiiy ravishda tashkil
etilgan har xil toifali kishilar yig’inidir desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunigdek,
trening tushunchasi amaliy sohani qamrab olib, psixoterapiya, psixokorreksiya
va shaxsning rivojlantirish imkoniyatlarini ham ta’minlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: