Inson tirik ekan uning ehtiyoji ham bo’ladi. Ehtiyojlar xilma-xildir. Shu nuqtai
nazardan ular quyidagi turlarga bo’linadi: moddiy ehtiyojlar; ma’rifiy va ma’naviy
ehtiyojlar; sotsial ehtiyojlar.
Ma’rifiy-ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar kabi insonning yuksalishi va
jamiyatning rivojlanishi uchun tabiiy zaruriyatdir. Bu ehtiyojlar tarkiban bilim olish,
madaniy saviyani oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat. Ular
quyidagi ko’rsatkichlarda o’zining mutlaq aksini topdi: maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar soni; umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qiyotganlar soni;
o’rta-muxsus, kasb-hunar ta’limi bilim yurtlarida o’qiyotganlar soni; oliy ta’lim
yurtlarida o’qiyotganlar soni; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarida
o’qiyotganlar soni; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yurtlarida
o’qiyotganlar soni; maktabdan tashqari sharoitda bilim olayotganlar soni.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va etuk, maktabda o’qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan
sovodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ya’ni akademik litseylar bo’yicha ishlash
huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom
ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Oliy ta’lim, ya’ni universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning
boshqa ta’lim muassasalari, yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura)
jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini
ta’minlashga qaratilgandir.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorash kasb bilimlari va
ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Bu ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi (har 1000 kishi aholiga to’g’ri
kelgan): o’rta-maxsus, kasb-hunar o’quv yurtini bitirganlar va band bo’lganlar soni
(Ko’m); oliy ma’lumotlilar soni (Ko); fan nomzodlari soni (Kfn); fan doktorlari soni
(Kfd); fanlar akademiyasining muxbir a’zolari soni (Kma); akademiklar soni (Ka);
aspirantlar soni (Kasp); doktorantlar soni (Kd); ommalashgan kutubxonalardagi
kitoblar son (Kks); kitob, jurnal va gazetalarning yillik tirajlar soni (Kkjg);
kinoseanslar va teatrlarga qatnovchilar soni (Kkt); radio eshittirish va teleko’rsatular
ko’lami (sutkasiga soatda) va boshq.
Bu ko’rsatkichlarni regionlar va taraqqiy etgan mamlakatlar, shuningdek, jahon
standartlari bilan taqqoslash, mazkur mamlakat aholisining ma’rifiy va ma’naviy
darajasini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |