166
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog
G. Sel’e (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati
(adaptatsion sindrom-
yunoncha syndrome belgi, alomat, ko’rinish moslashuvi
demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga
alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (latincha extremus
favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi)
vaziyatlardagi,
murakkab jarayonlardagi stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil
qilishgacha olib borishi, shunga o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat
etish (prognoz yunoncha prognosis bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari
G. Sel’e tomonidan o’rganilgan.
Shuningdek, quyidagi olimlarni ham bu guruhga kiritamiz: U.Kennon (bu –
qo’rquvni psixologik va fiziologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan
nimadir, 1958), M.Bajovich, M. Korxin, M. Grinder (bu – shunday holatki, unda
organizmning asosiy ehtiyojlari qondirilishiga va gomeostazning saqlanishiga
xavf soladi, 1955), doktor Koffer, E. Eppli (bu – organizmning shunday holati
bo’lib, u o’zining sog’lig’i yoki individualligiga xavf solinayotganini his qiladi
va u butun energiyani himoya uchun sarf qilishi kerak bo’ladi, 1964), A. V.
Suvorov (bu – organizmning funktsional holati bo’lib,
uning psixik
funktsiyalari, asab jarayonlari yoki periferiya a’zolari faoliyatiga tashqi salbiy
ta’sir natijasida paydo bo’ladi, 1975).
Ikkinchi guruhga mansub mutaxassislar stressni shart- sharoit, faoliyat
jarayonidagi
hodisa
sifatida
tushunadilar.
Ularning ko’pchiligi o’z
bixeviorizmiga tayanadilar. Masalan, bu guruhga quyidagi olimlarni kiritish
mumkin: Y. Gil’gard (bu – shart-sharoitlar bo’lib, ular organizmni katta
zo’riqish holatiga olib keladi hamda gomeostaz mexanizmlarining me’yorida
ishlashini buzadi, 1971), A.V Suvorov (bu – xavotirlikni
keltirib chiqaruvchi
istalgan vaziyatdir, 1950), M. Arnol’d ( bu – normal funktsionallashuvni
qiyinlashtiruvchi faoliyat, istalgan shart-sharoitdir, 1967), R. Grinker, G.
Shpingel (bu – noodatiy shart-sharoit yoki hayot talabidir, 1945), O. Mikshik
(bu – psixik yuk bo’lib, bunda qandaydir xalaqit
beruvchi shart-sharoit
organizmga maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni bajarish davrida ta’sir ko’rsatadi,
1969).
«Stress» terminini istaganlaricha qo’llaydilar, shu bois adabiyotlarda
ko’pincha chalkash va bir-biriga zid izohlar, talqinlar uchraydi. Stress bu
shunchaki asabiy zo’riqish emas (hatto asabiy zo’riqish – stress bo’lsa ham).
Sel’e ushbu faktni alohida qayd etish lozim, deb hisoblaydi. Ko’pincha,
mutaxassislar va ba’zi olimlar biologik stressni o’ta asabiy zo’riqish yoki kuchli
167
hissiy zo’riqish deb ta’riflashga moyil bo’ladilar. Biologik stressning psixologik
va patopsixologik jihatlarini tadqiq qiluvchi mashhur tadqiqotchilardan biri,
amerikalik olim M.Meysonning fikricha, hayotiy vaziyatda xavfli yoki yoqimsiz
omillar paydo bo’lganida yuzaga keluvchi hissiy qo’zg’alish uchun mas’uliyatli
bo’lgan fiziologik apparatning faollashuvi barcha stressorlar uchun umumiydir.
Ammo stressli vaziyatlar umuman asab tizimiga ega bo’lmagan
eng sodda
hayvonlar va hattoki o’simliklarga ham xosdir (M. Tigranyan, 1988 ).
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, stress bu atrof - muhitning uzoq vaqt
ta`siri bo’lib, individ uchun hissiy organizmning boshqariluvchi tizimida va
markaziy nerv sistemasida unga mos reaksiyalarni vujudga keltiradi. Atrof-
muhitning stress ta`sirlari har xil bo’lib, qo’zg’ovchining ko’pligi ta`sirida
bo’lishi mumkin (shovqin, shoshilinch, ishni bajarish muddatining qisqaligi
insonlar orasidagi munosabatlarning
yaxshi emasligi, yuqori talabchanlik) yoki
qo’zg’atuvchilarning yetishmasligi oqibatida (bir xillik, talabning yengilligi,
aloqalarning yetishmasligi), nizolar ko’rinishida (qaror qabul qilish bilan bog’liq
jarayonlarning buzilishi, aqliy va hissiy jarayonlarning o’zaro ta`sirida buzilish,
irodaning kuchsizligi, ehtiyojlar va ularning qondirilishi orasida muvofiqlikning
yo’qligi, shubxalanish) yoki vaqtinchalik boshqaruvning buzilishi sifatida
(samolyotda sayr qilish natijasida vaqtni ajrata olmaslik, hayotda va ishda qat`iy
kun tartibining yo’qligi, hayotning tartibsizligi, ishni muddatida topshira
olmaslik).
Do'stlaringiz bilan baham: