SEZGI TURLARI VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha.
2. Sezgining nerv - fiziologik asosi.
3. Sezgilarning tasnifi va turlari:
Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixologiyaga esa psixik jarayonlar, individual xususiyatlar, psixik faoliyat kiradi. Psixik jarayon biror psixik hodisaning ma`lum vaqt ichida vujudga kelishi, o`zgarishi, taraqqiy etishi va tugallanishidan iborat.
Psixik (ruxiy) hodisalar uchga bo`linadi:
1. Bilish jarayonlari.
2. Emotsional soha.
3. Irodaviy soha.
Bilish jarayonlari intellektual aqliy jarayon deyiladi. Bilish jarayonlari ikkiga bo`linadi: hissiy bilish va mantiqiy bilish - hissiy bilishga sezgilar, idrok, xotira, mantiqiy bilishga xayol, tafakkur kiradi. emotsional sohaga: idrok qilayotgan, fikr yuritayotgan narsa va qilinayotgan ishga nisbatan ko`ngildan kechadigan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg`ular kiradi. Odam atrofidagi narsa va hodisalarni o`rganadi. Dunyoni bilish hissiy bilishdan boshlanadi. Hissiy bilish mantiqiy bilishga o`tadi. Biz ranglarni, ta`mni, hidlarni, tovushlarni, og`ir — engillikni, issiq - sovuqni sezamiz. Sezgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi jarayonlar bo`lishi kerak:
1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi.
2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov.
Biz gulning hidini, quyoshning issiqligini, qovunning mazasini, toshning og`irligini sezamiz. Sezgilar idrok tarkibiga kiradi. Idrok bilan sezgi bir - biriga bog`liq holda bo`ladi. Lekin idrok qilmasdan avval sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz.Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas, ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir.Sezgilarning hosil bo`lishi uchun faqat tashqi qo`zg`atuvchining ta`siri emas, balki organizmning o`zi ham faoliyatda bo`lishi kerak. Sezgi retseptorga ta`sir qilib turgan qo`zg`atuvchining maxsus quvvatini nerv jarayonining quvvatiga aylanishidan hosil bo`ladi. Sezgi faqat hissiy organning komponentigina emas, balki faoliyat tarkibidir. Sezgi psixik hodisa bo`lib, agar javob reaktsiya bo`lmasa yoki javob reaktsiyasi “mos” bo`lmasa hosil bo`lmaydi. Sezgi a`zolari harakat a`zolari bilan bog`liq. Bu a`zolar bajaradigan vazifa qo`lda joylashgan. Sezgi psixik hodisalar kabi reflektor tabiatga egadir. Sezgilarning fiziologik asosini qo`zg`atuvchining o`ziga adekvat bo`lgan analizatorga ta`sir natijasida yuzaga kelgan nerv jarayoni tashqil etadi. Analizator deb, I.P.Pavlov tevarak - atrof vokeligini tahlil qilish uchun organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat:
1) Periferik (retseptor) - u tashqi ta`sirini nerv jarayoniga aylantiradi.
2) Analizatorning periferiya qismini markaziy qism bilan bog`lovchi afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, o`tkazuvchi nerv yo`llari.
3) Nerv impul’slari qayta ishlanadigan analizatorning miya po`stidagi qismlar.
Analizatorlar tevarak - atrofdagi olam ta`sirlarini tahlil qilib beradi. Ular insonni hayoti uchun zarur bo`lgan qo`zg`atuvchilardan ajratadi.Tasniflash xilma xil bo`ladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi a`zolari yordami bilan hosil qilsak, ularni o`sha a`zolarga qarab quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi:
1. Ekstrotseptiv sezgilar.
2. Interotseptiv sezgilar.
3. Propriotseptiv sezgilar (oraliq)
Ekstrotseptiv sezgilar organizmning sirtida bo`ladi. Ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgilari shular jumlasidandir. Bu sezgilar odamga tashqi muhitdan keladigan axborotlarni etkazadi va sezgilar qo`zg`atuvchi bilan retseptorlar o`rtasidagi masofaga qarab ikkiga bo`linadi:
1) kontakt retseptorlar
2) distant retseptorlar.
Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, oshqozon, yurak, ichak, qon tomirlari devorlaridan keluvchi qo`zg`alishlarni miyaga etkazadi. Ularning retseptor apparatlari ichki a`zolar devorlarida joylashgan. Ovkat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish a`zolari va umuman ichki a`zolarida jarayonlar vujudga keltiradigan sezgilar shu interoretseptorlar yordami bilan bilinadi Masalan: organik sezgilar, proprioretseptorlar muskul, pay va boylanmalarda bo`ladi. Bu guruhga statik, muskul - harakat, vibratsiya sezgilari kiradi. Ko`rish sezgilariga rang, yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |