Psixologik trening asoslari



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

 2.Stress holati. 
Fanda stressing bir necha ko’rinishlari ajratilinib 
ko’rsatilinadiki, bu stress holatlari bo’lib hisoblanadi. Stress holatida shaxsning 
xatti-harakatlari o’ziga xos tarzda o’zgaradi, unda qo’zg’alishning umumiy 
reaktsiyasi paydo bo’ladi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. 
Stressning kuchayishi esa teskari reaktsiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, 
sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Lekin stress holatida 
fiziologik o’zgarishlar tashqi tomonidan qariyb ko’zga tashlanmasligi mumkin. 
Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalik 
stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo’ladi. Shaxs stress holatida telefon 
nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil 
tormozlanadi, idrok ko’lami torayadi va boshqalar.
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, 
shakllangan malakasi muhim rol o’ynaydi. Keskinlikning oldini olishda 
shaxsning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat 
kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg’ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, 


168 
vatanparvarlik, sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining 
oldini olishga xizmat qiladi.
Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt 
davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning 
hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, 
zerikishlik, qayg’urishlik singari his-tuyg’ular uning ruhiy holatini umumiy 
tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga 
kelishiga qylay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug’diradi. 
Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo’lsa, u holda tengdoshlarining 
haziliga, keksalarning o’git-nasihatlariga, maslahatlariga quvnoq kayfiyat 
chog’dagiga nisbatan mazmun, sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat 
bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, 
rasmiy, real guruhlarida ishchanlik, o’zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq 
ruhiy muhit yaratish, samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, 
ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizidan vujudga 
keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri- shaxslarning 
ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan umumiy nuqtai nazarlari, hayotning 
turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chunochi mehnat muvaffaqiyati va ta’lim 
yutug’i, rahbar va xodim, o’qituvchi va saboq oluvchi o’rtasidagi munosabatlari, 
oiladagi shaxslararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo’lgan 
turmushdagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari va 
ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil qilishlik yoki qanoat hosil qilmaslik 
kayfiyatning manbalari bo’lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi 
tushib, noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga 
kelganligidan xalovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar 
namoyon bo’lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda 
xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o’tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalarni 
qo’llash, kayfiyatini buzib turgan omillarni batamom bartaraf etish maqsadga 
muvofiqdir.
Fanda stressning kayfiyat bilan bog’liq bir necha turlari ajratilinib 
ko’rsatilgan. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish