56
Bexterev belgisi – xuddi Lassega belgisini tekshirish kabi faqat, sog‘, ya’ni
qarama-qarshi
oyoqda bajariladi, og‘riq esa shikastlangan oyoqda hosil bo‘ladi.
Vasserman belgisi – bemor qoringa yotqizilib, uning oyog‘i tizza va chanoq-
son bo‘g‘imida yozilgan holda ko‘tariladi, agar bemorni bel-dumg‘aza ildizlari va
son nervi shikastlangan bo‘lsa, og‘riq sonning oldingi
yuzasida va chov sohasida
hosil bo‘ladi.
Maskevich belgisi – ham bemor qorinda yotgan holatida tekshiriladi, uni
oyog‘i tizza bo‘g‘imida bukiladi, og‘riq esa sonni old yuzasida va chov sohasida
paydo bo‘ladi. Bu son nervining shikastlanganidan dalolat beradi.
Dejerin belgisi –
bemor aksirsa, yo‘talsa og‘riq belda hosil bo‘lsa, bu uning
bel-dumg‘aza ildizlari zararlanganidan dalolat beradi.
O‘tirish belgisi – bel-dumg‘aza ildizlari yallig‘langanda chalqanchasiga
yotgan bemor o‘tirish uchun oyoqlarini yig‘ib oladi, ya’ni tizza va chanoq-son
bo‘g‘imlarida oyoqlari bukiladi.
YUZAKI SEZGISINI TEKSHIRISH USULLARI
Terida og‘riq, harorat va taktil sezgilar tekshiriladi.
Taktil sezgini tekshirish
uchun tekshiriluvchi tanasining simmetrik qismlarida paxta yoki yumshoq soch
tolalarini sal tekkizib, astagina 0,5-1 sm gacha yurgiziladi. Shunday qila turib
bemordan har ikki tomondagi ta’sirotni baravar sezayotgan
yoki sezmayotganligi
so‘raladi. Terini og‘riq sezgisini–oddiy to‘g‘nog‘ich yoki igna yordamida
tekshiriladi. Buning uchun gavdaning simmetrik qismlariga igna sanchib ko‘riladi.
Tekshiriluvchi ignaning o‘tkirligini sezsa, «o‘tkir» deb, o‘tkirligini sezmasa
«o‘tmas» deb javob berishi lozim. Sanchilayotgan o‘tkirlik sezilmasa, og‘riq
anesteziyasi, kam sezilsa og‘riq gipesteziyasi deyiladi.
Harorat sezgisini tekshirish uchun Rot termoesteziometriga iliq yoki
issiqroq, ikkinchisiga sovuq suv solinadi. Suvlarning
harorati aniqlangandan keyin,
bemorning tekshirilayotgan tana qismiga har ikki termoesteziometrni birin-ketin
qo‘yiladi va tekshiriluvchidan, issiq termoesteziometrning farqini sezgan yoki
sezmaganligini so‘raladi. Normal holatda odam 1,5-2 C
o
gacha bo‘lgan
harorat
farqini sezmasligi mumkin. Termoesteziometrlar o‘rtasidagi harorat farqi 2 C
o
dan
ortiq bo‘lganda tekshiriluvchi bu farqni sezishi kerak.
Agar harorat sezgisi o‘zgargan bo‘lsa, bemorlar 10-20 C
o
va undan ortiqroq
harorat farqini ham aniqlay olmaydilar. Masalan: agar bemor, suvning harorati 45
C
o
bo‘lgan termoesteziometrni 15 C
o
haroratli suv solingan termoesteziometrdan
ajrata olmasa, 30C
o
ga teng harorat farqini aniqlay olmagan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: