Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


YUZAKI VA CHUQUR SEZGINING PATOLOGIYASI



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

YUZAKI VA CHUQUR SEZGINING PATOLOGIYASI 
Teri sezgisi buzilganda anesteziya, gipesteziya, giperesteziya, dizesteziya, 
giperpatiya kabi sezgi o‘zgarishlari paydo bo‘ladi.
1. Har bir sezgi turining butunlay yo‘qolishi anesteziya deb ataladi. Og‘riq 
sezgisining yo‘qolishiga – analgeziya, xarorat sezgisining yo‘qolishiga –
termoanasteziya, bo‘g‘im-mushak sezgisining yo‘qolishiga – batianesteziya 
deyiladi.
Agarda hamma sezgilar baravariga yo‘qolsa, umumiy-total anesteziya deb 
ataladi.
2. Teri sezgilarining pasayishi gipesteziya deb yuritiladi.
3. Teri sezgilarining kuchayib ketishi esa giperesteziya deb ataladi. Bunda 
tekshirish vaqtida ko‘rsatilayotgan ta’sirotlarni tekshiriluvchi normadagidan ko‘ra 
kuchliroq his qildi. 
4. Ko‘rsatilayotgan bir ta’sirotning boshqa xil ta’sirot kabi his etilishiga 
dizesteziya deyiladi. Masalan: taktil ta’sir og‘riq kabi, sovuq ta’sirot issiq kabi his 
qilinadi.
5. Giperpatiyada kuchsiz ta’sirotlar sezilmaydi: masalan, kuchsiz og‘riq 
ta’siroti bilan yakka-yakka ta’sirlanganda anesteziya borga o‘xshaydi. Lekin 
ta’sirot kuchliroq va doimiy bo‘lganda chidab bo‘lmaydigan darajada kuchli va 
tarqalgan og‘riq paydo bo‘ladi va bu og‘riqning qanday og‘riq ekanligini bemor 
aniq tasvirlab berolmaydi. Og‘riq ta’sirlanish joyidan tezgina atrofga tarqalib 
ketadi, shuning uchun bemor asosiy og‘riq tananing qaysi qismida paydo 
bo‘lganini ko‘rsatib berolmaydi, ya’ni lokalizatsiya sezgisi buzilgan bo‘ladi. 


 59
Nixoyat, giperpatiyada, ta’sirlash to‘xtagan bo‘lsa ham, og‘riqni sezish ma’lum 
vaqtgacha davom etib turadi.
Ataksiya deb chuqur, ya’ni harakat sezgisining buzilishi natijasida qo‘l-oyoq 
va tanada hosil bo‘luvchi diskoordinatsiyalashgan harakatlarga aytiladi. Bu xil 
ataksiya ko‘z yumilganda kuchayadi. Uning miyacha ataksiyasidan farqi ham 
shunda. Teri va harakat sezgisining o‘zgarishlari tana qismlarida quyidagicha 
tarqalgan bo‘lishi mumkin: 
1.
Bir qo‘l yoki oyoqda teri va harakat sezgilari yo‘qolgan bo‘lsa –
monoanesteziya va monoataksiya deyiladi.
2.
Xuddi shunday sezgilar ikki qo‘l yoki ikki oyoqda yo‘qolgan bo‘lsa 
paraanesteziya va paraataksiya deb yuritiladi.
3.
Bir qo‘l, oyoq va tananing yarim qismida ana shu sezgilar yo‘qolsa – 
gemianesteziya va gemiataksiya deb yuritiladi.
Periferik nervlar yoki sezgi yo‘llarining zararlanishi paresteziyaga va 
og‘riqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Paresteziyada terida har xil xissiyotlar 
paydo bo‘ladi. Masalan, bemorlardan gavda qismlarining uvishishi, terida chumoli 
o‘rmalayotgandek yoki gavdaning ma’lum qismi qiziyotgan, yoki soviyotgandek 
kabi hislar paydo bo‘ladi. 
Periferik va markaziy nerv tizimlarining zararlanishi uch xil turdagi: 
periferik, spinal va serebral turdagi sezgi o‘zgarishlariga olib keladi.
Periferik harakatlardagi sezgi o‘zgarishlari nevralgiya yoki nevritik turda 
bo‘lishi mumkin. Nevralgiyada huruj holda tutadigan qattiq og‘riq paydo bo‘lib, 
unga zararlangan nerv funksiyasining buzilishi xos emas. Nevritlarda esa og‘riq 
doimiy bo‘lib, shu zararlangan nerv sohasida sezgi va harakat, trofik va reflektor 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Periferik turdagi sezgi o‘zgarishlari bir nerv 
jaroxatlanganda (nevritik tur), nerv chigallari (pleksitik), orqa miya ildizlari 
(radikulit turi) va ko‘p periferik nervlar (polinevritik tur) shikastlanganda 
kuzatiladi.
1. Ayrim nerv yallig‘langanda uni innervatsiya sohasida sezgini barcha 
turlari yo‘qoladi (anesteziya) yoki pasayadi (gipesteziya). Qo‘lda: tirsak, bilak, 
oraliq nervlari, tanada: umurtqalararo, oyoqda quymich va son nervlarini 
yallig‘lanishi ko‘proq kuzatiladi.
2. Chigallar yallig‘langanda (bo‘yin, yelka, bel, dumg‘aza) ularning 
innervatsiya sohasida sezgini barcha turlari pasayadi yoki yo‘qoladi, periferik 
parez yoki falaj kuzatiladi.
3. Orqa miyaning orqa ildizi zararlansa, bemorda qattiq og‘riq, uvishish va 
uni innervatsiya sohasida sezgini barcha turi kamayadi yoki yo‘qoladi. Agar bitta 
ildizcha zararlansa, sezgi o‘zgarishi kuzatilmaydi, bunga sabab qo‘shni ildizlar bu 
sohani innervatsiya qilishda qatnashadi. Ildizlar terini (dermatomalarni) tanada 
kamarsimon, qo‘l va oyoqni uzun chiziqlar va dumbani silindrik doira holida 
innervatsiyalaydi.
4. Orqa miyaning orqa ildizi orqa miya tuguni bilan birgalikda yallig‘lansa, 
qattiq og‘riq, hamda shu ildiz sohasida toshmalar toshadi (gerpes). 


 60
5. Polinevrit turdagi sezgi o‘zgarishlari ko‘p periferik nervlar zararlanganda 
kuzatiladi. Bunga sezgini qo‘l va oyoqning distal qismida (qo‘lda «qo‘lqop», 
oyoqda esa «paypoq» tipida) kamayishi yoki yo‘qolishi xosdir. Shu sohada 
periferik parez yoki falaj ham kuzatiladi.
6. Orqa miyaning otni dumi qismi shikastlanganda xam periferik turdagi 
sezgi o‘zgarishi kuzatiladi. Uning yallig‘lanishiga oyoqda juda qattiq huruj bilan 
tutuvchi og‘riq, sezgini barcha turini ildiz tipida assimetrik holda o‘zgarishi, 
periferik parez, chanoq a’zolarining faoliyatini buzilishi hosdir.
Spinal tipdagi sezgi o‘zgarishlari orqa miyaning orqa shoxi, oldingi kulrang 
bitishma, yon tizimchadagi spinotalamik va orqa tizimchadagi chuqur sezgi 
yo‘lining zararlanishi natijasida paydo bo‘ladi. 
Segmentar tipdagi sezgi o‘zgarishlari: orqa miya segmentining orqa shoxi 
yoki oldingi kulrang bitishmasi zararlangan bo‘lsa, bemor zararlangan segment 
sohasida og‘riq va harorat ta’sirini sezmaydi. Bunga dissotsiyalashgan sezgi 
o‘zgarishlari ham deyiladi. Buning sababi, orqa miyaning orqa shoxi va oldingi 
kulrang bitishmasi orqali asosan og‘riq va haroratni sezish yo‘llari, qisman taktil 
sezgi yo‘llari ham o‘tadi. Taktil sezgi yo‘lining asosiy qismi esa orqa miyaning 
orqa tizimchasi orqali yo‘naluvchi propriotseptiv yo‘llar bilan birga davom etadi. 
Shu sababli orqa shox zararlanganda taktil sezgi unchalik o‘zgarmaydi. Orqa 
miyaning orqa shoxi bir tomonlama zararlansa, shu tomondagi zararlangan 
segmentga tegishli teri sohasida dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishlari paydo 
bo‘ladi. Masalan, orqa miyaning bir tomonidagi orqa shoxlar C
4
dan T
10
gacha 
zararlangan bo‘lsa, tananing o‘mrov suyagi sohasidan boshlab, to kindik 
sohasigacha bo‘lgan tanada va shu tomondagi qo‘lda dissotsiyalashgan sezgi 
o‘zgarishlari paydo bo‘ladi. Masalan, orqa miyaning oldingi kulrang bitishmasi C
4
dan T
10
gacha zararlangan bo‘lsa, tananing o‘mrov suyagi sohasidan boshlab, to 
kindik sohasigacha bo‘lgan har ikki tomonida va ikki qo‘lda dissotsiyalashgan 
sezgi o‘zgarishlari vujudga keladi.
Segmentar tipdagi o‘zgarishlari asosan siringomiyeliyada, 
gematomiyeliyada (orqa miyaga qon quyilishi) hamda orqa miyaning 
intramedullyar o‘smalarida paydo bo‘ladi. 
Proprioseptik (mushak-bo‘g‘im) sezgisining o‘tkazgich tipda zararlanishi. 
Patalogik jarayon orqa tizimchani zararlantirgan bo‘lsa, mushak-bo‘g‘im sezgisi va 
taktil sezgi o‘zgaradi. Bu hol ko‘pincha tabies dorsalis da ro‘y beradi. Zararlanish 
orqa miyaning bel yoki ko‘krak qismidagi orqa tizimchaning bir tomonida bo‘lsa, 
shu tarafdagi oyoqda mushak-bo‘g‘im sezgisi va taktil sezgilar o‘zgaradi. Shu 
satxlarda orqa tizimcha ikki tomonlama zararlansa, mazkur sezgida har ikki 
oyoqda yo‘qolib, oyoq paraataksiyasi va taktil paragipesteziyasi yuz beradi. 
Bunday kishilarning yurishi qiyinlashadi.
Agar orqa tizimcha orqa miyaning bo‘yin qismida zararlangan bo‘lsa, ikkala 
qo‘l va oyoqlarda muskul-bo‘g‘im sezgisi va taktil sezgisi o‘zgaradi. Yurish 
ataksiyasi paydo bo‘lishi bilan birga qo‘llar harakatining uyg‘unligi yo‘qoladi. 
Patalogik jarayon orqa miyaning yon tizimchasini bir tomonlama shikastlasa, 
qarama-qarshi tomonda og‘riq va harorat sezgilarining o‘tkazgich tipdagi 


 61
o‘zgarishlari paydo bo‘ladi. Yon tizimchadagi spinotalamik yo‘lning alohida 
shikastlanishi kamdan-kam uchraydi. Spinotalamik yo‘l shikastlanganda ko‘pincha 
boshqa tizimlar ham zararlanadi.
Orqa miyaning ko‘ndalang kesimini yarmi zararlansa, Broun-Sekar sindromi 
hosil bo‘ladi. Bunda zararlangan tomonda markaziy falaj yuz beradi, mushak-
bo‘g‘im sezgisi va taktil sezgilar buziladi, qarama-qarshi tomonda esa og‘riq va 
harorat sezgilari o‘tkazgich turiga xos o‘zgaradi. Zararlangan segmentlarni 
innervatsiya sohasida segmentar harakat va yuzaki sezgi o‘zgarishlari kuzatiladi. 
Masalan: orqa miya D
10
segmentining chap yarmi zararlansa, chap oyoq falajlanadi 
va shu tomondagi oyoqda mushak-bo‘g‘im sezgisi, qarama-qarshi tomondagi 
oyoqda esa – kindik sathidan boshlab harorat va og‘riq sezgilari yo‘qoladi, ya’ni 
og‘riq va harorat monoanesteziyasi yuz beradi. Bu hol ko‘pincha orqa miyaning 
ekstramedullyar o‘smasida sodir bo‘ladi. Agar patologik jarayon orqa miyani 
ko‘ndalangiga qarab batamom zararlantirilsa, o‘tkazgich tipidagi mushak-bo‘g‘im 
va teri sezgilarining o‘zgarishlari har ikki tomonda sodir bo‘ladi. Masalan, orqa 
miyaning D
10
segmenti ko‘ndalangiga zararlangan bo‘lsa, kindik satxidan boshlab 
har ikki oyoqda teri sezgilari (og‘riq, temperatura va taktil) paraanesteziyalari va 
mushak-bo‘g‘im sezgilarining o‘zgarishi yuz beradi. Patalogik jarayon orqa 
miyaning C
4
segmentini ko‘ndalangiga zararlansa, tanada va qo‘l oyoqlarda teri va 
mushak-bo‘g‘im sezgilari o‘zgaradi. Yelka satxidan boshlab og‘riq, hamda harorat 
va taktil sezgilar anesteziyasi paydo bo‘ladi. Bularning hammasi miyelit, 
gematomiyeliya va orqa miyaning turli travmatik zaralanishlari uchun xos bo‘lgan 
holatlardir.
Serebral tipdagi sezgi o‘zgarishlari miya so‘g‘oni, ko‘ruv bo‘rtig‘i, ichki 
kapsula va sezgi analizatorining po‘stloq o‘zagi zararlanganda vujudga keladi.
Patologik jarayon miya so‘g‘onining bir tomonini zararlasa, alternirlashgan 
gemianesteziya yuz beradi. Bunga sezgi o‘zgarishlari patologik-jarayon joylashgan 
tomondagi yuzning yarmida va tananing qarama-qarshi tomondagi yarmida 
bo‘ladi. 
Ko‘ruv bo‘rtig‘i (thalamus opticus) sezgining hamma turlariga doir 
o‘tkazuvchi yo‘llari to‘plangan joydir. Ko‘ruv bo‘rtig‘idan asosan teri, mushak-
bo‘g‘im va ko‘ruv analizatorlariga tegishli yo‘llar o‘tganligi tufayli, uning bir 
tomonlama shikastlanishi natijasida qarama-qarshi tomonda uch xil gemisindrom, 
ya’ni og‘riq, temperatura va taktil gemianesteziya, gemiataksiya va 
gomonimgemianopsiya sodir bo‘ladi. Tananing qarama-qarshi yarmida o‘ziga xos 
talamik og‘riq – gemialgiya paydo bo‘ladi. Bu og‘riqni bemorlar chidab 
bo‘lmaydigan darajadagi kuydiruvchi va muzlatuvchi og‘riq deb tasvirlaydilar. 
Talamik og‘riqning xossalaridan biri shuki, u harakat vaqtida pasayib, uyqu 
oldidan zo‘rayadi. Bundan tashqari, ko‘ruv bo‘rtig‘i zararlanganda tananing 
qarama-qarshi yarmida gemigiperesteziya, gemidizesteziya yoki gemigiperpatiya 
paydo bo‘lishi mumkin.
Ichki kapsula zararlanganda, u yerdan o‘tuvchi talamokortikal tutamlar ham 
zararlanadi. Shu sababli qarama-qarshi tomonda gemianesteziya va mushak-
bo‘g‘im sezgisi buziladi. Bundan tashqari, ichki kapsuladan o‘tuvchi piramida 


 62
yo‘li zararlanganligi uchun qarama-qarshi tomonda kapsula gemiplegiyasi ham 
paydo bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘idagi markaz orqa pushtasining zararlanishi, 
o‘ziga hos sezgi o‘zgarishlariga olib keladi. Markaz orqa pushta zararlanganda 
qarama-qarshi tomonda gemianesteziya paydo bo‘ladi. Lekin patologik jarayon 
markaz orqa pushtaning hammasini baravar shikastlantira olmaydi, aksari hollarda 
uning yuqori yoki pastki qismlarigina zararlanadi. Agarda markaz orqa pushtaning 
pastki qismi zararlansa, asosan, qarama-qarshi tomonda – qo‘l va yuzda, yuqori 
qismi zararlanganda esa tananing pastki qismida va oyoqda anesteziya vujudga 
keladi. Shunday qilib, markaz orqa pushta zararlanganda gemianesteziya emas, 
ko‘pincha monoanesteziya paydo bo‘ladi. Po‘stloq sezgi o‘zgarishlarida og‘riq, 
temperatura va taktil sezgilar qo‘l va oyoqning distal qismlarida ko‘proq o‘zgaradi.
Markaz orqa pushtaning ta’sirlanishi qarama-qarshi tomonning teri 
sohalarida huruj bilan paydo bo‘luvchi paresteziya va uvishishlarga olib keladi. 
Bunda uvishish ma’lum bir sohadan boshlab, atrofga tez tarqaladi va pirovardida 
tanani yarmini egallashi mumkin. Bu holatni sensor (sezgi) tipidagi Jekson 
epilepsiyasi yoki huruji deyiladi. Ta’sirlanish natijasida paydo bo‘lgan 
ko‘zg‘alishning ba’zan orqa pushtadan oldingi pushtaga o‘tishi sababli, yuz 
beruvchi uvishishdan so‘ng mushaklarda avval tonik, uning ketidan klonik 
qisqarishlar boshlanib ketadi, bunday tortishishlar umumiy epileptik huruj bilan 
tugallanishi mumkin.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish