63
III BOB
HARAKAT TIZIMI: TUZILISHI,VAZIFASI, TEKSHIRISH USULLARI,
PATOLOGIYASI VA ZARARLANISH SINDROMLARI
Harakat odam hayotida juda katta o‘rin tutadi. Uning asosini reflekslar tashkil
etadi. Barcha harakatlar 2 turga: ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlarga bo‘linadi.
36-rasm.
Piramida yo‘li.
1. Motor – harakat sohasi Penfil sxemasi
2. Ichki kapsula orqa oyoqchasi
3. Miya oyoqchasi
4. Varoliy ko‘prigi
5.
Piramidalar
6. Piramida kesishmasi
7. Yon piramida yo‘li (kesishgan)
8. Oldingi piramida yo‘li Tyurka tutami
Ixtiyorsiz harakatlarning asosida
shartsiz reflekslar yotadi. Oddiy shartsiz
reflekslarning reflektor yoyi orqa miya
segmentlarida va bosh miya o‘zagida
tutashsa, murakkab shartsiz reflekslar esa
bosh miya po‘stloq osti o‘zaklaridan tutashadi. Ixtiyoriy
harakatlardan farqli
o‘laroq, ixtiyorsiz harakatlar odamni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, avtomatik
ravishda amalga oshiriladi. Kattalarda ixtiyoriy harakatlar piramida tizimi ta’sirida
bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ida hosil bo‘lgan impulslar ixtiyoriy harakat yo‘li orqali
mushaklarga yetkazilishi natijasida, ixtiyoriy harakat vujudga keladi. Ixtiyoriy
harakatni bajarishda bosh miyaning po‘stloq qavati bilan bir qatorda po‘stloq osti
o‘zaklari, miyacha, orqa miya ham ishtirok etadi. Ixtiyoriy harakatni asosini
kortikomuskulyar yo‘l hosil qiladi.
Kortiko-muskulyar yo‘lni hususiyatlari.
1. Bu yo‘l efferent va 2 ta neyrondan iborat:
A) 1-neyron markaziy, kortiko-spinal (piramida) yo‘lini
tashkil qiladi;
B) 2-neyron periferik, spino-muskulyar yo‘lini tashkil qiladi.
2. Birinchi neyron hujayrasi bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan.
3. Kortiko-spinal, ya’ni birinchi neyronni 80-95% uzunchoq va orqa miya
chegarasida kesishma hosil qiladi.
Kortiko-muskulyar (piramida) yo‘lining tuzilishi.
Kortiko-muskulyar yo‘lning birinchi neyroni miya po‘stlog‘ining markaz orqa
pushtasi va parasentral bo‘lakchasining beshinchi qavatida joylashgan gigant
piramida (Bets) hujayralari. Markaz oldi pushtaning eng yuqori qismida va
parasentral bo‘lakchada oyoq mushaklariga taaluqli hujayralar
pushtaning pastki
qismlarida tana va qo‘l mushaklariga taaluqli hujayralar joylashgan. Kortiko-
64
muskulyar yo‘l kesishma hosil qilganligi tufayli o‘ng markaz oldi pushta chap qo‘l
va oyoqni harakatlantiradi. Bosh miya harakat sohasidagi hujayra aksonlari
nursimon toj (corona radiata) hosil qilib, ichki kapsula (capsula interna) tomon
yo‘naladi va uning tizza hamda orqa oyoqchasini oldingi uchdan ikki qismidan
g‘uj bo‘lib o‘tadi. Ichki kapsulaning tizza qismidan bosh va yuzdagi mushaklarni
harakatlantirishga taaluqli kortiko-nuklear neyronlar o‘tadi.
Piramida yo‘li ichki kapsuladan miya oyoqchasiga o‘tib, uning asosida
joylashadi. Bu yerda kortiko-nuklear yo‘ldan ko‘z olmasini
harakatga keltiruvchi
nerv o‘zaklariga beradigan (tractus cortico-nuclearis) aksonlari ajraladi, so‘ngra
piramida yo‘li miya oyoqchasidan ko‘prikning asosiga o‘tadi. Bir guruh kortiko-
nuklear aksonlar yig‘indisi ko‘prikdan orqa tomonga yo‘nalib, uch shoxli nervning
har ikki tomonidagi harakat o‘zagida (nucleus motorius n. trigemini) tugallanadi.
Yana bir guruh aksonlar yig‘indisi ko‘prikning pastki qismida har ikki tomondagi
yuz nervi o‘zaklarida (nucleus n. faciali) tugaydi.
Piramida yo‘li ko‘prikdan uzunchoq miyaning piramidasiga o‘tadi. Bu yerda,
kortikonuklear neyronlar har ikki tomondagi adashgan va til-yutqin nervlarining
harakat o‘zagida (nucleus n. ambiguus), qo‘shimcha nerv (nucleus n. accessorii) va
qarama-qarshi tomondagi til osti nervi o‘zagida (nucleus n. hypoglossi) tugaydi.
Shunday qilib, kortikonuklear neyronlar miya so‘g‘onida joylashgan bosh
miya nervlarning o‘zaklarida tugallanadi. Kortiko–spinal neyronlar
esa orqa miya
tomon yo‘nalishda davom etadi.
Kortiko-spinal neyronlarning asosiy qismi (80-95%) uzunchoq miya bilan
orqa miya chegarasida kesishma hosil qilib (decussatio pyramidium) orqa
miyaning qarama-qarshi tomonidagi yon tizimchalarga o‘tadi. Juda oz qismi (5-
20%) esa kesishmasdan, orqa miyaning oldingi tizimchadagi orqali yo‘naladi
(Tyurk yo‘li). Yon tizimchadagi piramida (tractus pyramidalis lateralis) bilan
oldingi tizmachadagi Tyurk yo‘li (tractus pyramidalis anterior) orqa miyaning
hamma segmentlariga o‘tib, ularning oldingi shoxlarida tugaydi.
Orqa miya har bir segmentning oldingi shoxlaridagi katta, yulduzsimon
hujayralardan ikkinchi (periferik) neyron joylashgan.
Bo‘yin va bel kengligidagi oldingi shoxlarda 5
xil hujayralari, yuqori bo‘yin;
ko‘krak qismlari 3 xil hujayralar mavjud. Bulardan tashqari oldingi shox harakat
neyronlarining kattaligi va vazifasiga qarab katta alfa, kichik alfa, gamma
hujayralar tafovut qilinadi. Katta – alfa hujayralari tez harakatlarga, kichik – alfa
hujayralar pozatonik vazifaga, gamma – hujayralar esa mushak tonusiga ta’sir
etadi. Bu hujayralar ikkinchi periferik neyronni hosil
qilib ularning aksonlari
yig‘indisi orqa miya oldingi ildizchasini hosil qiladi. Oldingi ildizchalar orqa
miyadagi har bir segmentning oldingi yon egatidan chiqib, umurtqalararo teshik
(foramen intervertebrale) orqali umurtqa kanalidan tashqariga yo‘naladi. Bu
teshikdan chiqish oldida u orqa miya tugunining dendritlari bilan qo‘shilib, orqa
miya nervini (nervus spinalis) hosil qiladi. Bir necha orqa miya nervlarning o‘zaro
qo‘shilishi natijasida nerv chigallari (plexus cervicalis, plexus brachialis, plexus
lumbalis at plexus sacralis) hosil bo‘ladi. Nerv chigallaridan
esa periferik nervlar
vujudga keladi va ular o‘ziga tegishli mushaklarda tugaydi.