Mavzu: 15-may. Butunjahon oila kuni oila asrlar davomida shakllanib kelayotgan jamiyatimizning mustahkam poydevori va uni harakatga keltiruvchi qudratli kuch hisoblanadi



Download 43 Kb.
Sana28.05.2022
Hajmi43 Kb.
#612806
Bog'liq
BUTUN JAHON OILA KUNI


MAVZU: 15-MAY . BUTUNJAHON OILA KUNI
Oila asrlar davomida shakllanib kelayotgan jamiyatimizning mustahkam poydevori va uni harakatga keltiruvchi qudratli kuch hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy-ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining asosiy negizini tashkil etadi.

“Oila – kichik Vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi”. Tinch oilalarda buyuklar yetishib chiqadi. Jahon madaniyati xazinasiga al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy kabi yuzlab allomai zamonlar, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi vatanparvar qahramonlar, bir qo‘lida farzand, bir qo‘lida ma’naviyat beshigini tebratgan Bibixonim, Gavharshodbegim, Gulbadanbegim, Zebunnisobegim, Uvaysiy, Nodirabegim kabi oqila, fozila momolarimiz, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir, Elbek kabi millat ozodligi kurashchilarini dunyoga keltirgan, tarbiyalagan ham o‘zbek oilasidir.
Darhaqiqat, ildizi baquvvat, poydevori mustahkam, avlod-ajdodlari sha’nini pok saqlovchi, milliy qadriyatlar, urf odatlarimizni o‘rganib avlodlarga yetkazuvchi sadoqatli oila xamisha mustahkamdir.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Oilada ma’naviy sog‘lom barkamol shaxsni shakllantirishda kitobning o‘rni nihoyatda kattadir. Kitob bergan ma’naviy ozuqani biron bir vosita beraolmaydi.
Ma’lumki, kitobga mehr qo‘ygan insondan yomonlik chiqmaydi, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazadi, teran fikrlaydi, badiiy asarlardagi ijobiy obrazlar ta’sirida tarbiyalanadi, salbiy obrazlardan tegishli xulosa chiqaradi. Shu bois har bir shaxs o‘zini o‘zi ma’naviy sog‘lom qilib tarbiyalab boradi.
15 may – Xalqaro oilalar kuni! Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabridagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam jahon miqyosida keng nishonlanadi. Xalqaro oilalar kuni munosabati bilan Toshkent shahar “Bilim” axborot- kutubxona markazi o‘z foydalanuvchilariga onlayn xizmat tashkil etgan holda “Oilam- faxrim” nomli aksiya e’lon qildi.
Loyihani amalga oshirishdan maqsad – yoshlarda oila tushunchasini shakllantirish, kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amho‘rlik qilishni o‘rgatish, oila munosabatlarida muomila odobini shakllantirishdan iboratdir.
Loyiha shartlari asosan yoshlarimizni o‘zini ustida ishlashga, ijodiy izlanishga chorlaydi. “Oilam – faxrim” mavzuida istalgan ko‘rinishda o‘zlarining ijodiy ishlarini havola qilish bilan kuchli bilimi, iqtidorini namoyon etishlari mumkin. Bunda she’r, qo‘shiq, oila haqida chizilgan surat yoki applikatsiya ishlari bilan loyihada ishtirok etishlari mumkin. Loyiha ishtirokchilari yoshi cheklanmagan. @bilimaksiya_bot orqali o‘zlarining ijod namunalarini foto yoki videorolik ko‘rinishida havola qilinib, markazimiz xodimlari tomonidan yaratilgan ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali keng kitobxonlar ommasiga taqdim etib borilmoqda.
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q. Eng muhimi, farzandlarimizda yoshlik chog‘idan boshlab kitobga mehr qo‘yish, mustaqil fikr yuritish, murakkab hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri javob topish ko‘nikmasini shakllantirishimiz, buning uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirishimiz darkor”.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish