73
bo‘ladi. Masalan, uzunchoq miya bir tomonlama zararlansa, bu yerdan o‘tuvchi
piramida yo‘li va IX-X-XI-XII bosh miya nervlardan biri falajlanadi.
A) Patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomonidagi piramida yo‘lini va
til osti nervining (XII) o‘zagini yoki uning ildizchasini zararlantirsa,
Djekson
sindromi sodir bo‘ladi: shikastlangan tomonda til osti nervining periferik falaji,
qarama-qarshi tomonda esa gemiplegiya yuz beradi.
B) Patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomondagi piramida yo‘lini va
til-yutqin, sayyor (IX-X) nervlarning harakatlantiruvchi o‘zagini yoki uning
ildizchasini zararlantirsa, Avelis sindromi hosil bo‘ladi. Zararlangan tomonda
yumshoq tanglay bilan ovoz boylamlarining periferik falaji, qarama-qarshi
tomonda esa gemiplegiya yuz beradi.
V) Patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomonidagi piramida yo‘lini, til-
yutqin, sayyor (XI-IX) va qo‘shimcha nervning (XI) o‘zagini zararlantirsa, Shmidt
sindromi hosil bo‘ladi. Bunda jarohatlangan tomonda bulbar falaj va bo‘yin
mushaklarining (m. sternocleidomastoideus, m. trapezsius) periferik falaji,
qarama-
qarshi tomonda esa gemiplegiya sodir bo‘ladi.
G) Agar patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomonidagi piramidasini,
spinotalamik yo‘lni va til-yutqin, sayyor nervlarni harakatlantiruvchi o‘zagini, uch
shoxli nervning sezuvchi o‘zagini zararlantirsa, Zaxarchenko-Vallenberg sindromi
hosil bo‘ladi: zararlangan tomondagi yuz terisida og‘riq
va harorat aneosteziyasi,
bulbar falaji, qarama-qarshi tomonda esa gemiparez va gemianesteziya yuz beradi.
Agar ko‘prik bir tomonlama zararlansa, bu yerdan o‘tuvchi piramida yo‘li
bilan beshinchi, oltinchi va yettinchi bosh miya nervlardan biri falajlanadi.
A) Patologik jarayon ko‘prikning bir tomondagi piramida yo‘lini va yuz
nervining o‘zagini zararlantirsa, Milyar-Gubler sindromi hosil bo‘ladi.
Buning
natijasida zararlangan tomonda yuz nervining periferik falaji, qarama-qarshi
tomonda esa gemiplegiya vujudga keladi.
B) Patologik jarayon ko‘prikning bir tomondagi piramida yo‘lini va
uzoqlashtiruvchi nerv (VI) ildizi bilan yuz nervni o‘zagini zararlantirsa, Fovil
sindromi hosil bo‘ladi. Shikastlangan tomonda
uzoqlashtiruvchi va yuz
nervlarining periferik falaji, qarama-qarshi tomonda esa gemiplegiya paydo
bo‘ladi.
Ko‘prikdan o‘tuvchi piramida yo‘llari orqasida til osti nervining o‘zagiga
keluvchi kortikonuklear neyronlar ham zararlanishi mumkin, shu sababli qarama-
qarshi tomonda gemiplegiya bilan bir qatorda
til osti nervining markaziy
falajlanishi ham sodir bo‘lishi mumkin.
Bosh miya oyoqchasining asosidagi piramida yo‘li va 3-juft nerv o‘zagi yoki
ildizchasi bir tomonlama zararlansa, Veber sindromi hosil bo‘ladi: zararlangan
tomonda ko‘zni harakatlantiruvchi nerv falajlanadi, qarama-qarshi tomonda esa
yuz va til osti nervlarining markaziy falaji hamda gemiplegiya yuz beradi.
(alternirlanuvchi sindromlar).
Do'stlaringiz bilan baham: