Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 


 75
IV BOB
REFLEKTOR TIZIM: TUZILISHI, VAZIFASI, TEKSHIRISH 
 USULLARI VA PATOLOGIYASI 
 
Reflekslar nerv faoliyatining funksional birligi hisoblanadi- refleks, bu 
kelayotgan ta’sirotlarga nerv tizimining beradigan javob reaksiyasidir. Nerv 
tizimining faoliyati uning ichki va tashqi muhitning qo‘zg‘atuvchi omillarga 
to‘xtovsiz bo‘ladigan javob reaksiyasidan tashkil topadi, jumladan, organizmning 
har qanday faoliyati asosida va inson xulq atvorida reflektor faoliyat yotadi. 
Reflekslar 
haqidagi 
ta’limot nerv faoliyatining asl mohiyatini tushinishda 
juda ko‘p ma’lumotlar beradi. Ammo reflektor faoliyat o‘zicha ko‘p shakldagi 
ma’lum maqsadga qaratilgan xulq-atvorni tushuntirib bera olmaydi.
Keyingi yillarda reflektor mexanizmlar haqidagi tushuncha xulq-atvorni 
hosil bo‘lishida qabul qiluvchining tutgan o‘rni haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar 
P.A.Anoxinning «funksional sistemalar» yoki N.A.Bernshteynning «fiziologik 
aktivlik» degan ta’limotida (konsepsiyasida) ancha oydinlashdi. Bu konsepsiyaga 
asosan miya tashqi ta’sirotlarga adekvat javob beribgina qolmay, balki kelajakni 
ko‘ra biladi; o‘z xulq-atvori rejasini tuza biladi va uni amalga oshira biladi.
(«akseptor harakat» yoki «kelajakning kerakli modeli»). 
Bu omillar insonni xulq-atvor rejasini tuzish borasida «borliqni avvaldan 
ko‘ra bilish» degan fikrga kelishga asos bo‘ladi.
Reflekslar ikki turga ya’ni shartsiz va shartli reflekslarga bo‘linadi. Shartsiz 
reflekslar hamma turlarga taalluqli bo‘lib, nasldan-naslga beriladi, ularning yoylari 
bola tug‘ilgan vaqtida ulangan bo‘lib, hayotning oxirigacha saqlanib qoladi. Ular 
kasallikni keltiruvchi omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Shartsiz reflekslar o‘z 
navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: oddiy (spinal), murakkab (miya so‘g‘oni va 
instinkt) po‘stloq osti reflekslari. 
Shartli reflekslar individual rivojlanish va yangi tajribalarni to‘planishi 
natijasida hosil bo‘ladi. Yangi vaqtinchalik aloqani hosil bo‘lishi, muhitning 
o‘zgaruvchan shartlariga bog‘liqdir va bu holat shartsiz refleks asosida bosh 
miyaning oliy bo‘limlari ishtirokida shakllanadi. Shunday qilib, barcha reflekslar 
mexanizmi, ayniqsa oddiy shartsiz reflekslar harakat aktini o‘ziga jalb etadi va 
ishga tushiradi- refleksning morfologik substrati asosida reflektor yoyi yotadi. 
Shartsiz refleksning reflektor yoyi orqa miya, bosh miya so‘g‘oni, po‘stloq osti 
tugunlari ishtirokida hosil bo‘lsa, shartli reflekslarning reflektor yoyi esa bosh 
miya po‘stlog‘i ishtirokida sodir bo‘ladi.
Asab kasalliklari klinikasida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan shartsiz 
reflekslarning reflektor yoyining tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Orqa miya oddiy 
refleksining reflektor yoyi 3 neyrondan ya’ni afferent, oraliq va efferent 
neyronlardan tashkil topgan. Afferent neyronga orqa miya tugun hujayralari kiradi, 
ularning dendritlari periferiyaga yo‘nalgan bo‘lib, pay, mushaklar, bo‘g‘im, suyak 
usti pardasi, teri va shilliq pardalarda tugaydi. Orqa miya tuguni hujayralari 
aksonlari orqa miyaning orqa ildizi tarkibida orqa miyaning orqa shoxi xususiy 
o‘zagi hujayralarida tugaydi. Natijada orqa miya tuguni hujayralari teri, shilliq 


 76
parda, pay, suyak usti pardasidan ta’sirotni qabul qilib va uni orqa shoxga o‘tkazib 
beradi va orqa miya reflektor yoyining markazga intiluvchi–afferent qismini 
tashkil qiladi. Yoyning ikkinchi qismi orqa miyaning oldingi shox hujayralaridan 
iborat bo‘lib, ularning aksonlari impulsni oldingi ildiz tarkibida mushaklarga 
etkazib beradi va reflektor yoyning markazdan qochuvchi – efferent qismini tashkil 
qiladi. Oraliq neyron esa afferent neyrondan qabul qilingan qo‘zg‘alishni afferent 
neyronga o‘tkazib beradi, ya’ni orqa miyaning orqa shoxini oldingi shoxi bilan 
birlashtiradi. 
Teri, mushak, paylarning ta’sirlanishidan hosil bo‘lgan impuls o‘ziga xos 
spesifik retseptorlarda qabul qilinadi, so‘ngra afferent neyron orqali impuls orqa 
shox hujayralariga va o‘z navbatida oraliq neyron orqali efferent neyronga o‘tkazib 
beriladi va unga javoban ishchi a’zo harakat sodir bo‘ladi. 
Miya so‘g‘oni va po‘stloq osti o‘zaklari reflekslarining yoyini tuzilishi ancha 
murakkabdir. Shartsiz reflekslar nerv tizimi faoliyatining ko‘rsatkichi bo‘lib, 
tananing turli qismlarida chaqiriladi, ularning reflektor yoyi bosh miya so‘g‘onida, 
orqa miyaga taalluqli bo‘lgan segmentlarda o‘zaro birlashadi.
Asab kasalliklari klinikasida o‘rganiladigan shartsiz reflekslar pay, bo‘g‘im, 
suyak usti pardasi, teri va shilliq parda reflekslariga bo‘linadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish