Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
 
 
 
 
 
ISBN 978-9943-13-095-1 
 
 
© «IQTISOD-MOLIYA», 2010
© G.Q. Sodiqova, 
А
.G‘. Ahmedov, G.M. Tursunxo‘jaeva


3
I BO‘LIM 
UMUMIY NEVROLOGIYA 
 
KIRIS
Н

 
I BOB 
 
Nevropatologiya – asab kasalliklarini o‘rganishga, davolashga bag‘ishlangan 
fan bo‘lib, u ko‘p tarmoqli nevrologiyaning bir qismidir. Nevrologiya nerv tizimini 
har tomonlama o‘rganishga qaratilgan ta’limot bo‘lib, ikki: nazariy va klinik 
nevrologiya qismdan iborat. Nazariy nevrologiya o‘z tarkibiga nerv tizimining 
anatomiyasi, solishtirma anatomiyasi, gistologiyasi, neyrogenetikasi kabi fanlarni 
qamrab oladi.
Klinik nevrologiya tarkibiga esa kattalar va bolalar nevropatologiyasi, 
psixonevrologiya, somatonevrologiya, neyroonkologiya, neyroxirurgiya, klinik 
neyrogenetika fanlari kiradi.
Nazariy nevrologiyani asoslarini bilmay turib, klinik nevrologiyani 
o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun an’anaga ko‘ra nevropatologiya kursi 
ikkiga: umumiy va xususiy bo‘limlarga bo‘linadi.
Umumiy nevropatologiyani o‘rganish jarayonida talabalar boshqa 
kafedralarda hozirga qadar o‘tilgan fanlar: anatomiya, gistologiya, embriologiya, 
normal va patologik fiziologiya, asab tizimining bioximiyasi kabi fanlardan olgan 
bilimlariga tayanishlari lozim. Shuning uchun yuqorida aytilgan fanlar bo‘yicha 
bilimlarini xotirada saqlash va tiklash juda muhimdir, chunki asab kasalliklarini 
topik diagnozini qo‘yish uchun faqat funksional diagnostika usulidan 
foydalaniladi.
Funksional diagnostika usuli deb, o‘zgargan funksiyalarga qarab nerv 
tizimining patologik jarayon joylashgan qismini aniqlab olishga aytiladi. Nerv 
tizimining turli qismlari muayyan bir funksiyani bajarishga moslanganligi uchun 
shu bo‘limning zararlanishi o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Agarda 
vrach nerv tizimining tuzilishi va funksiyasini yaxshi bilsa, funksional diagnostika 
usulidan osongina foydalana oladi va patologik jarayon asab tizimini qaysi qismida 
ekanini tezda topib oladi. 
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra umumiy nevropatologiyaning har bir qismini 
o‘rganishda asab tizimining anatomiyasi, fiziologiyasi, gistostrukturasi haqida 
qisqa ma’lumot beriladi, so‘ngra tekshirish usullari, topik diagnoz qo‘yish va asab 
tizimining turli qismlarini zararlanishiga xos bo‘lgan sindromlar o‘rganiladi.
Pediatriya 
fakultetlarining 
o‘ziga xosligiga ko‘ra bo‘lajak bolalar 
nevropatologlari bu fanni bolalarni yoshiga nisbatan solishtirma usulini qo‘llab 
o‘rganishlari kerak bo‘ladi.
Bolalar asab tizimining o‘ziga xos anatomiyasi va fiziologiyasidan tashqari, 
asab kasaliga chalingan bolalarning subyektiv shikoyatlarini aniqlashda va kasallik 
tarixini to‘ldirishda, katta yoshdagi bolalarga nisbatan katta qiyinchiliklar 
tug‘diradi. Nevrologik tekshirish jarayonida vrach savoliga javob bera olmaslik 


4
kabi holatlar, mutaxassisdan fanni kattalar nevrologiyasini o‘zlashtirishdan 
boshlash kerakligini va uni solishtirib ko‘rishni taqozo etadi. Ushbu xol tibbiyot 
institutlarining pediatriya fakultetlari uchun tuzilgan asab kasalliklari dasturida o‘z 
aksini topgan.
Talabalar xususiy nevropatologiyani o‘rganish jarayonida asab 
kasalliklarining tasnifini, etiologiyasini, patogenezini, klinikasi, diagnoz qo‘yish, 
profilaktika va davolash yo‘llari hamda zamonaviy paraklinik usullarni 
o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi.
VOZ ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha nerv va psixik kasalliklarning 
uchrashi birinchi o‘rinda turadi. Planetamizning har ikkinchi yashovchisi 
nevrologik kasallik bilan azob chekadi. Nerv tizimining zararlanishi juda ko‘p 
chaqaloqlarda uchraydi va ularning har uchinchisi turli xil nerv tizimi kasalliklari 
bilan kasallangan.
Nerv tizimi kasalliklari juda ko‘p uchraydi va yuqori darajada vaqtinchalik 
ish qobiliyatini yo‘qotish, og‘ir nogironlik va yuqori o‘lim holatini beradi. 
Rossiyada 30 million nevrologik bemorlar, 5 milliondan ziyod nerv kasalliklari 
nogironlari qayd etilgan. Miya insultlari (o‘tkir qon tomir kasalliklari) tufayli o‘lim 
holatini yuz berishi uchinchi o‘rinni egallaydi va bir muncha miokard infarkti, 
xavfli o‘smalardan keyin turadi.
Bolalar va o‘smirlarda ichki a’zolarning zararlanishi nerv tizimi va 
psixikaning o‘zgarishiga olib keladi. Ko‘pincha, nerv tizimining patologiyasi yurak 
kasalliklarida (kardioskleroz, YIK, tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari, miokard 
infarkti), buyrak (nefrit, buyrak yetishmovchiligi) me’da osti bezi, o‘pka 
kasalliklarida, qandli diabetda (ensefalopatiya, polinevropatiya, mononevropatiya), 
allergik va infeksion kasalliklarda uchraydi.
Yuqorida qayd etilganlar nevrologiyani turli xil boshqa mutaxassis vrachlar 
uchun ham zarur ahamiyatini yana bir bor isbotlaydi.
Nevrologiyani bilish vrachga o‘zining klinik fikrlashini kerakligicha 
kengaytirish imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, turli xil kasalliklarning 
kelib chiqish va rivojlanish sabablarini aniqlashda yordam beradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish