Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Jinsiy xromatin yoki satellit



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Jinsiy xromatin yoki satellit. 
Satellit – o‘zak ichida joylashgan diametri I 
mikron bo‘lgan yumaloq shakldagi tuzilma bo‘lib, u asosan ayollar hujayrasiga 
xosdir. Erkaklarning nerv hujayralarida u atigi 5% ni tashkil etadi. Satellit, 
ko‘pincha, o‘zak yonida joylashgan bo‘lib, nuklein kislotasidan iboratdir. Satellit 
ayol hujayrasining o‘zaklariga xos tuzilma bo‘lganligi uchun, uning bor yoki 
yo‘qligi jinsni aniqlashda katta ahamiyatga ega.
2. 
Mitaxondriy. 
Hujayra sitoplazmasining akson ajraladigan qismida 
uchraydi va har xil hajmdagi oqsillardan iborat–mitaxondriy deb ataluvchi, 
donacha va tayoqchalar joylashgan. Ular asosan lipoidlardan tuzilgan parda bilan 
o‘ralgan. Mitaxondriylarda har xil fermentlar, shu jumladan, karbon suv, oqsil, 
moy va energetik modda almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlar borligi 
aniqlangan. Hozirgi vaqtda mitaxondriy nerv impulslarini aksonlarga 
yo‘naltirishda va miyaning eng murakkab vazifalaridan biri bo‘lgan xotirani 
saqlashda ishtirok etsa kerak, deb taxmin qilinadi.
3. Nissel moddasi. 
Nerv hujayrasining dendritlarida va sitoplazmasidagi 
o‘zak atrofida joylashgan bo‘ladi. Bu modda sitoplazmaning akson ajralib chiqqan 
qismida va aksonda uchramaydi. Mazkur modda gistologik

preparatni Nissel usuli 


bo‘yicha tionin yoki zangori toluidin bilan bo‘yalgandagina namoyon bo‘ladi.
Elektron va fazokontrast mikroskopi yordamida xromatofil moddaning har 
bir uyumi murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Nissel (tigroid) moddasi 
ikki qavat nozik endoplazmatik to‘rsimon tuzilishga ega bo‘lib, ular o‘zaro 
anastomoz hosil qiluvchi parallel naychalar yoki yupqa pufakchalar bilan 
qoplangan bo‘ladi. Bu pufakchalar orasida esa donachalar to‘plami bor.
Nissel moddasi asosan nukleoproteidlardan tashkil topgandir. Nerv 
hujayrasining protoplazmasida nukleoproteidlar, lipidlar bilan qo‘shilgan holatda, 
ya’ni liporotoid holida bo‘ladi.
Fosfatazaning eng aktivligi hujayra sitoplazmasining akson joylashgan 
qismiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘zak aksonning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan 
ribonukleoprotidlarning intensiv parchalanishi kuzatiladi.
Hujayra charchagan, qo‘zg‘algan va narkoz holida bo‘lgan paytida Nissel 
moddasi kamayadi yoki yo‘qolib ketadi va dam olganda yana tiklanadi. Shunga 
ko‘ra u hujayraning energetik moddasi bo‘lsa kerak deb, taxmin qilinadi.
Ayrim kasalliklarda Nissel moddasi yo‘qolib ketadi, bu holni tigroliz yoki 
xromatoliz deyiladi.
4. Goldjining to‘r apparati hujayrani kumush nitrati bilan shimdirilganda 
ko‘rinadi, u hujayrani o‘rab olgan mayda halqachalardan iborat to‘r hosil qiladi. 
Uning tarkibi lipoid va proteinlardan iboratdir. Bu apparat modda almashish 
jarayonida ishtirok etsa kerak, deb taxmin qilinadi.
Nerv hujayrasi protoplazmasida pigmentlar: lipofussin va melanin uchraydi. 
Lipofussin sariq rangda bo‘lib, u oqsil va lipoid moddalardan iborat. Bu pigment 
hujayra o‘zagi yonida joylashgan. Lipofussin hujayralarda juda kam uchraydi. 
Odam keksayganda uning miqdori ko‘paya boradi.


 12
Melanin qora rangga ega bo‘lib, markaziy nerv tizimining ma’lum bir 
qismidagi (substansiya nigra) hujayralarda uchraydi. Qora pigment 1 yoshdan 
paydo bo‘la boshlab, kishi balog‘atga yetguncha ko‘paya boradi.
Neyroplazmada yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, yana glikogen va turli 
xil fermentlar uchraydi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish