Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Neyronlarning fiziologik xususiyati



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
Neyronlarning fiziologik xususiyati 
 
Nerv tizimining faoliyati har bir neyronning funksional holatiga bog‘liq. 
Nerv hujayrasining funksional holati esa, o‘z navbatida, uning protoplazmasi, 
o‘zagi va nerv tolalarida ro‘y beruvchi murakkab kimyoviy va biofizik 
jarayonlarga bog‘liq. Nerv tizimining har qanday oddiy va murakkab faoliyati 
asosida o‘ziga xos o‘zgaruvchan bioximik jarayonlar yotadi. Neyronlar 
qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ega. Nerv hujayrasining 
dendritlari uning retseptor (qabul qiluvchi) qismi hisoblanadi - retseptorlar tashqi 
va ichki ta’sirotlarni nerv impulsiga aylantirib beradi. Impulslar, o‘z navbatida, 
hujayra tanasi tomon yo‘nalib, uni qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘alish natijasida hosil bo‘lgan 
nerv impulslari shu hujayraning aksonlariga o‘tadi. Shunday qilib, hujayraning 
ichida hosil bo‘luvchi impuls doimo dendritdan akson tomon yo‘nalib turadi. 
Bunga dinamik polyarizatsiya qonuni deyiladi. Akson ikkinchi neyron dendriti 
yoki hujayra tanasi atrofida juda ko‘p mayda tugunchalar (sinapslar) hosil qilib 
tugallanadi. Sinaps deb ataluvchi murakkab tuzilmalar yordamida impuls birinchi 
neyronning aksoni orqali ikkinchi neyron tanasi yoki dendritiga o‘tadi.
Nerv impulslarini normal yo‘nalib turishi uchun nerv tolalari uzluksiz 
bo‘lishi kerak, ularning ikkinchi neyron bilan bog‘lanuvchi oxirgi nuqtasida 
sinapslar joylashgan bo‘ladi. Impulsni – mediatorlar deb ataluvchi kimyoviy 
moddalar ikkinchi neyronga o‘tkazadi. Qo‘zg‘alish vaqtida sinapsning presinaptik 
membranasida atsetilxolin, ketaxolaminlar, 5-gidroksitriptamin, gammaaminmoy 
kislota (GAMK) glyutamat degan mediatorlar hosil bo‘ladi.
Ularning postsinaptik membranaga ta’sir etishi natijasida impuls keyingi 
neyron dendritiga o‘tadi. Atsetilxolin yordamida impulsni o‘tkazuvchi sinapslar 
xolinergik o‘tkazgich deb ataladi.
Atsetilxolindan ta’sirlanuvchi retseptorlarga xolinoretseptorlar deyiladi. Ular 
ikki xil: nikotindan ta’sirlanuvchi ya’ni nikotin sezgi va muskarin sezgi retseptorlar 
deyiladi. Ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalarida joylashgan xemoretseptorlar nikotin 
sezgich retseptorlardir. Vegetativ tugunlardagi nerv impulslarini qabul qiluvchi 
xemoretseptorlar esa muskarin sezgich retseptorlarga kiradi. Katexolaminlar 
qatoriga adrenalin, noradrenalin va dopaminlar kiradi.
Katexolaminlar yordamida impulsni ardenargik sinapslar o‘tkazadi. 
Noradrenalin asosan simpatik nerv tolalarining to‘r formatsiyasida hammadan ko‘p 
uchraydi. Dopamin esa po‘stloq osti tugunlarida, qora substansiyada joylashgan. 
Gipotalamusda ko‘p miqdorda 5– gidroksitriptamin borligi aniqlangan. Neyronlar 
zanjirida joylashgan sinapslar har xil bo‘ladi: ular joylashishiga qarab aksosomatik 
va aksodendritik sinapslarga ajratiladi va knopka, to‘g‘nog‘ich, spiral shaklida 
bo‘ladi.


 14
Sinapslarda hosil bo‘luvchi mediatorlar bioelektrik potensiallarni o‘tkazish 
vazifasini bajaradi. Sinapslar nerv impulsining bir tomonlama yo‘nalishini 
ta’minlaydi, ya’ni impuls dendrit–hujayra tanasi–akson tomon yo‘naladi. Elektron 
mikroskopik tekshiruvlar natijasida sinaptik kontaktlar uch qismdan iborat ekanligi 
aniqlangan. Ularga: presinaptik membrana, sinaps oralig‘i va postsinaptik 
membranalar kiradi. Presinaptik membranada sinaps pufakchalari joylashgan 
bo‘lib, qo‘zg‘alish davrida ular yorilishi mediatorlarining ajralishi va sinaptik 
oraliqqa qo‘yilishi bilan kuzatiladi. Postsinaptik membrana esa mediatorlarni qabul 
qiladi va ularni turiga qarab ionlarini o‘tishni o‘zgartiradi, natijada qo‘zg‘alish 
yoki tormozlanish jarayonlari ro‘y beradi. 
Nerv tizimida impuls o‘tkazishda:
2 xil nazariya mavjud.
I. Nevropil nazariya. Bu nazariyaga ko‘ra nerv tizimi murakkab neyrofibral 
turidan iborat deyiladi va nevronning mustaqilligi inkor qilinadi. Nerv 
hujayralariga turni hosil qiluvchi tolalarning kerakli modda almashinuv jarayonini 
ta’minlab turuvchi vazifa yuklatiladi.
Bu vazifa nerv tizimining tuzilishini tushuntirishda ojiz - noto‘g‘ri bo‘lib, 
hozirgi zamonda faqat tarixiy ahamiyatga egadir.
II. Neyron nazariyasi. Bu nazariyaga binoan nerv tizimi neyronlar zanjiridan 
tuzilgan, neyronlar mustaqil, nerv tuzilmasining asosiy anatomik, funksional 
elementi ekanligini, impuls neyron bo‘yicha faqat bir tomonlama harakat qilishini 
dendrit, hujayra tanasi, akson ta’minlaydi. Akson impulsni dendritga yoki keyingi 
neyron tanasiga o‘tkazadi. Natijada esa neyronlar zanjiri hosil bo‘ladi va impuls 
ma’lum yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘tkazuvchi yo‘llarni hosil qiladi. Masalan: 
ixtiyoriy harakat ikki, sezgi yo‘llari uch, to‘rt nevronlarning o‘zaro bog‘lanishidan 
iboratdir.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish