Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
UZUNCHOQ MIYA 
 
Uzunchoq miya orqa miyaning bevosita davomi bo‘lib, uning pastki qismi 
tuzilishiga ko‘ra orqa miyaga o‘xshab ketadi. U pastki tomondan orqa miya, yuqori 
tomonda ko‘prik bilan chegaralanadi.
Uzunchoq miyaning uzunligi 2,4-4 sm, shakli kesik konusga o‘xshaydi. 
Uning qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun miya piyozchasi (bulbus 
cerebri) deb ham ataladi. Uzunchoq miyada oldingi, orqa va yon yuzalari tafovut 
qilinib, ular o‘zaro egatlar yordamida ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya 
egatlarining davomi bo‘lib, o‘sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning oldingi 
yuzasidagi oldingi o‘rta yoriq (fissura mediana anterior) bilan oldingi yon egat 
(sulcus anterolateralis) o‘rtasida bo‘rtib chiqqan piramidalar, oldingi yon egatning 
tashqarisida esa pastki oliva joylashgan. Oldingi yon egatdan piramida bilan oliva 
o‘rtasida XII juft bosh miya nervining (n.hypoglossus) ildizchalari chiqadi, 
piramidaning yuqorigi qirrasi bilan varoliy ko‘prigining pastki tomoni o‘rtasidan 
esa VI juft bosh miya nervining (n.abducens) ildizi chiqadi.
Uzunchoq miya oldingi yuzasining yuqori qismida, ko‘prik bilan miyacha 
chegarasida ko‘prik–miyacha burchagi hosil bo‘lib, undan VII va VIII juft bosh 
miya nervining ildizlari chiqadi. 
Uzunchoq miyaning orqa yuzasi ikkiga yuqori va pastki qismlarga bo‘linadi. 
Pastki qismini ko‘rinishi orqa miyaga o‘xshab ketadi. Unda orqa miyaning orqa 
o‘rta egatining davomi bo‘lgan uzunchoq miyaning orqa o‘rta egati (sulcus 
mediana posterior) bor. O‘rta egatning ikki yonida orqa yon egatlar o‘tgan bo‘lib, 
undan IX, (n.glossopharyngeus), X (n.vagus) va XI juft (n.accessorius) bosh miya 
nervlarining ildizlari chiqadi.
Uzunchoq miyaning orqa o‘rta va orqa yon egatlari o‘rtasida orqa miyaning 
orqa tizimchasi (fasciculus posterior) tutamlarini davomini ko‘rishimiz mumkin. 


 24
Bular uzunchoq miyaning nozik Goll tutami va Burdaxning ponasimon tutami 
(fasciculis gracilis Golli et fasciculus cuneatus Burdachi) hosil qiladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish