33
iborat. Miya yarim sharlarining oq moddasi bir-biri
bilan kesishib joylashgan,
vazifasi, yo‘nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o‘xshamagan nerv
tolalaridan iborat. Bu nerv tolalarini uch asosiy tizimga ajratiladi:
1. Proyeksion tolalar – bosh miya po‘stlog‘ini shu po‘stloqdan pastda
turuvchi qismlari va orqa miya bilan bog‘laydi. Proyeksion tolalar markazga
intiluvchi –
efferent, markazdan qochuvchi – afferent tolalarga bo‘linadi. Ular
impulslariga bosh miya po‘stlog‘iga va po‘stloqda hosil bo‘lgan impulslarni
periferiyaga yetkazib beradi (sezgi, ixtiyoriy harakat va boshqalar).
2. Assotsiativ tolalar – bitta yarim sharning turli qismlarini bir-biri bilan
bog‘laydi.
3. Komissural tolalar – har ikki yarim shardagi bir xil qismlarni o‘zaro
bog‘laydi. Ular to‘planib oldingi,
orqa bitishma, gumbaz va qadoq tanani hosil
qiladi. Ularning eng kattasi qadoq tana (corpus callosum) hisoblanadi. Bu
bitishmalar yarim sharlarning alohida bo‘laklarini o‘zaro birlashtiradi.
Yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi proyeksion tolalar uchun ichki
kapsula (capsula interna) darvoza vazifasini o‘taydi.
Ichki kapsula o‘tmas burchak hosil qilib birikkan
oq moddadan iborat keng
qatlam. Uni bosh miya yarim sharlarini gorizontal kesmasida ko‘rish mumkin. U
uch qismdan: ichki kapsulaning oldingi oyoqchasi (crus anterior capsulae internae)
dumli o‘zak boshchasi bilan yasmiqsimon o‘zak o‘rtasida, orqa oyoqchasi (crus
posterior capsulae internae) yasmiqsimon o‘zak bilan talamus o‘rtasida joylashgan.
Bu ikki qismning o‘zaro qo‘shilgan joy ichki kapsulaning tizzasi (genu capsulae
internae) deyiladi.
Ichki kapsulada o‘tkazuvchi yo‘llar zich joylashgan bo‘lib, ular o‘ziga xos
yo‘nalishga egadirlar.
Uning oldingi oyoqchasidan peshona – ko‘prik (tractum fronto-
pontocerebellaris) tutami va miya po‘stlog‘idan ko‘ruv bo‘rtig‘iga boruvchi
(tr.corticothalamicus); tizzasidan esa kortiko – nuklear miya po‘stlog‘idan bosh
miya nervlarining o‘zaklariga boradigan va orqa oyoqchaning oldingi 2/3
qismidan
piramida yo‘li (tr.pyramidalis) orqa oyoqchaning orqa 1/3 qismidan ko‘ruv
bo‘rtig‘idan po‘stloqqa ko‘tariluvchi sezuvchi yo‘llar (tractus thalamocorticalis)
o‘tadi.
Orqa oyoqchaning tizzaga yaqin qismidan po‘stloq osti sohasidan bosh miya
po‘stlog‘iga yo‘naluvchi ko‘ruv va eshituv tutamlari o‘tadi. Bulardan tashqari,
orqa oyoqchadan ko‘prikning ensa chakka yo‘li (tr.occipito-temporo-ponto
cerebellaris) va po‘stloqdan ko‘ruv bo‘rtig‘iga boruvchi (cortico thalamici) yo‘llari
o‘tadi.
Chaqaloqlar bosh miyasi oq moddasining tolalari
kattalarnikiga nisbatan
miyelin pardasi bilan chala qoplanganligi bilan farq qiladi. Tug‘ilishga yaqin
qadoq tana tolalari asta-sekin bosh miya o‘tkazuv yo‘llari bilan birgalikda miyelin
parda bilan qoplana boradi. Sezuvchi yo‘llari piramida
tutamiga qaraganda ancha
oldin miyelin parda bilan qoplanadi. To‘rt oylik go‘dakning piramida tutami
qisman miyelin parda bilan qoplangan bo‘ladi. Ayrim mualliflarning fikricha bosh
miya oq moddasi tolalarining miyelinlashuvi 2-6 yoshgacha davom etadi.