Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


BOSH MIYANING PARDALARI VA QORINCHALARI



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

BOSH MIYANING PARDALARI VA QORINCHALARI
 
Bosh miya ham qattiq, to‘r va yumshoq pardalar bilan qoplangan. Bosh 
miyaning qattiq pardasi (dura mater encephali) pishiq bo‘lib, tarkibida kollogen va 
elastik tolalari bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Qattiq parda ikki qavatdan 
iborat bo‘lib, tashqisi kalla bo‘shlig‘ini ichki tomondan qoplab suyak usti parda 
vazifasini bajaradi. U kalla qopqog‘i suyaklari bilan pishiq birikmagan, kalla asosi 
suyaklari bilan choklarining chekkalari va teshiklar sohasida mustahkam birikkan. 
Ichki qavat esa bosh miyani tashqi tomondan o‘raydi. Ba’zi sohalarda qattiq parda 
bo‘linib, endoteliy bilan qoplangan uchburchak shakldagi vena bo‘shliqlarini hosil 
qiladi.
18-rasm.
 Bosh miya pardalari.
1. Araxnoidal granulyatsiya 
2. Yuqorigi sagital sinus 
3. Epidural bo‘shliq 
4. Qattiq parda (tashqi qavati) 
5. Qattiq parda (ichki qavati) 
6. To‘r parda 
7. Subaraxnoidal bo‘shliq 
8. Yumshoq parda 
9. Meningial arteriya va vena 
10. Pastki sabital sinus
11. Miya o‘rog‘i 
12. Pastki sagital sinus 
Vena bo‘shliqlariga qon bosh miya va kalla suyaklari venalaridan oqib 
keladi. Bosh miyaning qattiq pardasi bosh miya nervlarining chiqish yerida to‘siq-
gematoensefalitik baryer hosil qiladi. Bosh miya qattiq pardasining ichki yuzasidan 
bosh miya qismlarining o‘rtasiga kirib, ularni bir-biridan ajratib turuvchi o‘simtalar 
chiqadi. Bularga yarimsharlar o‘rtasida bo‘ylama yoriqda joylashgan miya o‘rog‘i 
(falx cerebri), bosh miyani ensa bo‘lagini miyachadan ajratuvchi miyacha chodiri 
(tentorium cerebelli), miyacha yarimsharlari o‘rtasidagi miyacha o‘rog‘i (falx 
cerebelli) va turk egari to‘sig‘i (diaphragma sellaoe) kiradi.
To‘r parda (arachnoidea enuphali) yupqa biriktiruvchi to‘qima tolalaridan 
iborat, ularning sathi qoplovchi hujayralardan iborat bo‘lib yumshoq parda bilan 
ko‘p sonlik o‘simtalar orqali bog‘langan.
Bosh miyaning yumshoq pardasi (pia mater encephaoli) qon tomir va 
nervlarga juda boy. U miyaning tashqi yuzasiga zich yopishib, barcha yoriq va 
egatlarga kiradi. Bu pardani bosh miya moddasidan ajratib bo‘lmaydi. Ba’zi 
sohalarda yumshoq parda miya qorinchalari bo‘shlig‘iga kirib, qon tomir 
chigallarini hosil qiladi.


 35
To‘r parda bilan yumshoq parda o‘rtasida qoplovchi hujayra bilan 
chegaralangan subaraxnoidal bo‘shliq joylashib, u orqa miya suyuqligi (likvor) 
bilan to‘lib turadi. Subaraxnoidal bo‘shliq pushtalar yuzasiga yopishib turadi. U
bosh miya pushtalari orasida joylashgan chuqur egatchalarni ustini qoplab, 
bo‘shliqlar yoki sisternalar hosil qiladi. Bosh miyaning sisternalariga miyacha va 
uzunchoq miyaning pastki qismida joylashgan miyacha – miya sisternasi (cisterna 
cerebellomedullaris), miya oyoqchalari o‘rtasidagi oyoqchalararo sisterna (cisterna 
interpeduncularis), ko‘ruv nervi kesishmasi oldida joylashgan kesishma sisternasi 
(cisterna chiasmatis) va lateral egatni oldingi qismida joylashgan yon chuqurcha 
sisternasi kiradi. Bosh miya yarimsharlari ichida va miya ustunining orqa yuzasida 
ham bo‘shliqlar bo‘lib, ularni bosh miya qorinchalari deyiladi. Ular qatoriga bosh 
miyaning juft yon I, III va IV qorinchalari kiradi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish