Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Oraliq miya (diencephalon)



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Oraliq miya (diencephalon). 
Bosh miya yarim sharlari ichida joylashgan. Oraliq miyani to‘rt qismga 
bo‘lish mumkin: ko‘ruv bo‘rtig‘i (thalamus opticus), bo‘rtiq osti (hypothalamis), 
bo‘rtiq usti (epithalamus) va bo‘rtiq orqa sohasi (metathalamus).
Ko‘ruv bo‘rtig‘i (thalamus opticus) juft bo‘lib III qorinchaning ikki 
yonboshida joylashgan, tuxumsimon shaklga ega bo‘lib 4 ta: ichki, tashqi, yuqori 
va pastki yuzalarga ega. Ichki yuzasi III qorinchani yon devorini, tashqi yuzasini 
esa ichki kapsulaning oldingi oyoqchasi tashkil qiladi. Yuqori yuzasi gumbaz va 
qadoqsimon tana bilan qoplangan, yo‘g‘onlashgan pastki yuzasi esa ko‘ruv 
bo‘rtig‘ining yostig‘i deyiladi, uning orqasida tizzasimon tanachalar joylashgan. 
Ko‘ruv bo‘rtig‘ining qolgan qismi gipotalamik soha bilan qo‘shilib ketadi. Ko‘ruv 
bo‘rtig‘ida oldingi, orqa, ichki va tashqi o‘zaklar mavjud. Ko‘ruv bo‘rtig‘i barcha 
sezuv yo‘llarining kollektori hisoblanadi, chunki unda tananing qarama-qarshi 
tomonidan keluvchi barcha sezgi yo‘llarining II-III neyronlari tugaydi. Talamusdan 
miya po‘stlog‘ining sensor sohasiga boruvchi impulslar qisman sintez qilinadi va 
ancha murakkablanadi.
Bo‘rtiq orqa sohasi: (metathalamus) ichki va tashqi tizzasimon tanalardan 
tuzilgan bo‘lib, yuqorigi ikki tepalikning yuqorisida, ko‘ruv bo‘rtig‘i yostig‘i 
ostida joylashgan.


 31
Ichki (medial) tizzasimon tanalar (corpus geniculatum mediale) yelkachalari 
yordamida to‘rt tepalikning pastki tepachalari bilan bog‘langan. Ular birgalikda 
po‘stloq osti eshituv markazini hosil qiladi.
Tashqi (lateral) tizzasimon tanalar (corpus geniculatum laterale), 
yelkachalari yordamida yuqorigi tepachalari bilan bog‘langan. Ular ko‘ruv 
bo‘rtig‘i yostig‘i bilan birgalikda po‘stloq osti ko‘ruv markazini tashkil qiladi. 
Bo‘rtiq usti sohasi (epithalamus) 
tarkibiga miyaning orqa bitishmasi va 
epifiz kiradi. 
Miyaning orqa bitishmasi silviy suv yo‘lining yuqorisida joylashadi va nerv 
tolalarining komissural tutami hisoblanadi. Bu tutam Darkshevich va Kaxal 
o‘zaklaridan boshlanadi.
Epifiz ko‘ruv bo‘rtiqlari va to‘rt tepalik oralig‘ida joylashgan. Bu bez 
biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. Bezni ko‘p sonli 
tomirlarga boy bo‘lgan to‘siqlari bo‘lakchalarga ajratib turadi. 
Hozirgi vaqtda epifizda ikki xil modda – seratonin va melatonin hosil 
bo‘lishi aniqlangan. Seratonin arteriyalarni toraytirib, mediator vazifasini bajaradi. 
Melatonin esa jinsiy bezlar taraqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. 
Epifizni buzilishi bolalarda erta jinsiy balog‘atga yetilishga olib keladi.
Bo‘rtiq osti sohasi (hypothalamus) oraliq miyaning ventral qismi, bosh miya 
yarim sharlarining asosida joylashgan. Uning orqa qismi so‘rg‘ichsimon tanalardan 
(corpora mammillaria), ularni oldida kulrang tepacha (tuber cinereum) joylashgan bo‘-
lib, u pastga yo‘nalib quyg‘ichga aylanadi (infundibulum) va gipofiz bilan bog‘lanadi.
Gipofiz turk egarida joylashib, asosiy ichki sekretsiya bezi hisoblanadi. 
Gipofizning oldingi bo‘lagi bez tuzilishiga ega bo‘lib, adenogipofiz deyiladi. 
Uning orqa bo‘lagi neyrogipofiz (neurohypophysis) deyiladi.
Kulrang tepalik (tuber cinereum) oldida ko‘ruv nervining kesishmasi 
(chiasma opticum) joylashgan. Gipotalamik soha, markaziy nerv tizimining barcha 
qismlari bilan murakkab aloqaga ega oliy vegetativ markazni tashkil qiladi.
Gipotalamik soha 26 gr og‘irlikka ega bo‘lib 32 juft o‘zaklardan tashkil 
topgan. Ular 3 guruhga bo‘linadi:
Oldingi guruh – nuclei hypothalamisa anterior;

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish