O‘RTA MIYA
O‘rta miya ikki asosiy qismdan: miya oyoqchalari va o‘rta miyaning tomi
yoki to‘rt tepalik plastinkasidan iborat.
28
O‘rta miyaning oldingi qismi miya oyoqchalari ko‘prikning yuqori
chekkasidan boshlanib, oldinga va tashqariga yo‘nalgan juft oq ustunchalar
shaklida bo‘lib, oxirgi miya yarimsharlari ichiga kirib ketadi. Ular o‘rtasidagi
chuqurlik oyoqchalararo chuqurlik deb ataladi. Bu soha kulrang moddadan tashkil
topgan va uni ko‘p sonli qon tomirlar teshib o‘tgani uchun orqa teshik soha
(subtantia perforata posterior) deb ataladi. Miya oyoqchalari oralig‘idan III juft
nervning ildizi chiqadi.
O‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik plastinkasi o‘zaro to‘g‘ri burchak
hosil qilib kesishgan bo‘ylama va ko‘ndalang egatlar bilan ajragan to‘rtta
tepachadan iborat. Ikkita yuqorigi tepachalarda po‘stloq osti ko‘ruv markazi, ikkita
pastki tepaliklarda esa po‘stloq osti eshituv markazi joylashgan. Har bir tepachadan
tashqariga qarab yo‘nalgan tolalar tutami tepacha yelkasini hosil qiladi. Yuqorigi
tepacha yelkasi lateral tizzasimon tanaga boradi. Bu tutamning bir qism tolalari
ko‘ruv bo‘rtig‘i va ko‘ruv traktiga o‘tib ketadi. Pastki tepachalar yelkasi medial
tizzasimon tanaga yo‘naladi. Uning tarkibida katta va yo‘g‘on tolalar o‘tadi.
Miya oyoqchasini qora modda (substantia nigra) asos va o‘rta qavatga
(qopqoq) ajratadi.
Pastki tepachalar sohasidagi ko‘ndalang kesmada asos qismidan harakatga
aloqador piramida tolalari o‘tadi. Oyoqqa boruvchi tolalar, qo‘lga boruvchi
tolalarga nisbatan lateralroq joylashadi.
Ko‘ndalang kesmaning asosi va pastki ikki tepalik sohasida harakatga
aloqador bo‘lgan tolalar, o‘rta qismida piramida tolalari o‘tadi. Oyoqqa taaluqli
qismi qo‘lga boruvchi tolalarga nisbatan lateral tomonda joylashadi. Piramida
tutamini medial tomonida kortiko bulbar va po‘stloqdan ko‘prikka boruvchi yo‘llar
joylashgan. O‘rta miyaning o‘rta qavati va asosi oralig‘ida qora modda (substantia
nigra) joylashgan. O‘rta qavatda asosan miyachaning yuqorigi oyoqchasiga
aloqador bo‘lgan tolalar o‘tadi (tr. dento-rubro spinalis) va o‘rta chiziqda ular
kesishma hosil qiladi. Kesishmaning tashqarisida o‘rta ilmoq, oldida medial
ilmoqning tolalari, orqasida esa yon ilmoqlar o‘rin egallaydi.
Silviy suv yo‘li ostida orqa bo‘ylama tutam (fasciculus longitudinalis
posterior) va IV nervning o‘zagi joylashgan. Bu nervning ildizi murakkab yo‘l
hosil qilib pastki ikki tepalikning sohasidan tashqarisiga chiqadi. O‘rta ilmoq bilan
markaziy kulrang modda oralig‘ida to‘r formatsiya (formatio reticularis)
joylashgan. Silviy suv yo‘li keng halqali kulrang modda bilan o‘ralgan.
Ushbu sohada qopqoq (tectum) pastki ikki tepachadan tashkil topgan bo‘lib,
yon ilmoq tolalarining ko‘pchilik qismini tugaydigan yerida po‘stloq osti eshituv
markazi joylashadi.
Pastki ikki tepacha o‘zaklari bir-biri bilan komissural tolalar yoki pastki ikki
tepachani biriktiruvchi tolalar bilan bog‘langandir.
Yuqorigi ikki tepacha sohasining ko‘ndalang kesimida o‘rta qavatning
(tegmentum) ikki tomonida o‘rta chiziq bo‘ylab qizil o‘zaklar (nucleus ruber)
joylashgan. Ularning hujayra aksonlari Forel kesishmasini hosil qiladi va pastga
yo‘naladi. (Rubro-spinal tutam). Qizil o‘zakdan ichkariroq va orqada esa
ko‘ndalang tutam va III juft nervning asosiy o‘zagi joylashgan.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |