BOSH MIYA
Bosh miyaning yarim sharlari 3 ta: tashqi, ichki va pastki (asos) yuzalarga ega
bo‘lib, ular 3 ta asosiy egatlar yordamida to‘rtta: peshona, tepa, ensa, chakka
bo‘laklariga bo‘linadi.
I. Lateral egat (sulcus lateralis Silvii) yarimsharlarning tashqi yuzasida
yuqoriga va orqaga yo‘nalib chakka bo‘lagini peshona va tepa bo‘laklaridan ajratib
turadi (culcus centralis).
2. Markaziy egat yarim sharlarning yuqori va tashqi yuzasida ko‘ndalang
holda yo‘nalgan bo‘lib, Silviy egatiga ozgina yetmaydi va yarim sharlarni peshona
va tepa bo‘lagidan ajratadi.
3. Tepa-ensa egati yarim sharlarni ichki yuzasini orqa qismidan tashqi qismiga
yo‘nalib tepa bo‘lagini ensa bo‘lagidan ajratib turadi.
Peshona bo‘lagida (lobus frontalis) Roland egatiga parllel yo‘nalgan markaz
oldi egati (sulcus precentralis), markaz oldi pushtasini (gurus precentralis)
chegaralab turadi. Markaz oldi egatdan oldinga qarab yo‘nalgan 2 ta egat sulcus
frontalis superior et inferior, peshona bo‘lagini qolgan qismini 3 ta: yuqorigi, o‘rta
va pastki peshona pushtalariga (gurus frontalis superior, media et interior) bo‘ladi.
Peshona bo‘lagi asosida hidlov egati (sulcus olfactorius), uning ichki tomonida
to‘g‘ri pushta (gurus recbus), tashqi tomonida ko‘z kosasi egatlari (sulci orbitales)
joylashgan. Hidlov egatida hid bilish trakti yotadi.
38
22-rasm.
Bosh miya yarim sharlari.
1. Chap bosh miyaning peshona bo‘lagi
2. Varoliy ko‘prigi
3. Tana bo‘lagi
4. Ensa bo‘lagi
5. Miyacha
6. Uzunchoq miya
7. Pretsentral pushta
8. Hidlov piyozchasi
9. Chakka bo‘lagi
10. Roland egati
11. Postsentral puhta
23-rasm. Bosh miyaning asosi.
1. Ko‘ruv nervining kesishmasi
2. Ko‘ruv nervi (II juft)
3. Gipofiz
4. Ko‘ruv trakti
5. Kulrang do‘mboq
6. Mamilyar tana
7. Miya oyoqchasi
8. Lateral tizzasimon tana
9. Medial tizzasimon tana
10. Ko‘ruv nervining yostiqchasi
11. Yuqorigi tepalik
Tepa bo‘lagida markaziy egatga parallel
markaz orqa egati yo‘nalib, u markaz orqa pushtani chegaralab turadi. Tepa
bo‘lakning qolgan qismini tepa ichi egati (sulcus intra parietalis) ustki va pastki
bo‘lakchalarga (lobulus parietalis superior et interior) bo‘ladi. Pastki tepa bo‘lagi
ikki pushta: yon egatning uchini o‘ragan chekka usti pushtasi (gurus
supramarginalis) va ustki chakka egati uchini o‘ragan burchak pushtasiga (gurus
angularis) bo‘linadi.
Chakka bo‘lakning (lobus temporalis) yon yuzasida yon egatga paralell
joylashgan ustki va pastki chakka egatlari (sulcus temporalis superior et interior)
joylashgan. Bu egatlar chakka bo‘lagini uchta: ustki, o‘rta va pastki chakka
pushtalariga (gyrus temporalis superior, media etinferior) ajratadi.
39
Ensa bo‘lagi (lobus occipitelis) nisbatan kichik bo‘lib, uning yon yuzasi egat
va pushtalari juda o‘zgaruvchan. Boshqalarga nisbatan tepa ichi egatining davomi
bo‘lgan ensaning ko‘ndalang egati (sulcus occipitalis transversus) yaxshi bilinadi.
Ensa bo‘lagini vazifasi hozirda aniqlangan emas.
Ensa bo‘lagining ichki yuzasini tepa bo‘lakdan tepa-ensa egati (sulcus
parietooccipitalis) ajratib turadi. Bu egat o‘tkir burchak hosil qilib pix egati (sulcus
calcarinus) bilan birlashadi. Pix egatining ustida pona (cuneus), ostida esa til
pushtasi (gyrus lingualis) joylashgan.
Ensa bo‘lagining pastki yuzasida chakka bo‘lagining egatlarini davomini
ko‘rishimiz mumkin.
Bosh miya yarim sharlarining ichki yuzasida eng ko‘zga tashlanuvchi egat-
qadoqsimon tana egati (sulcus corporis callosi). Bu egatga parallel belbog‘ egati
(sulcus cinguli) joylashadi.
Bosh miya yarim sharlarining ichki yuzasida parasentral bo‘lakcha (lobulus
paracentralis) joylashgan. Bu bo‘lakcha Roland egatining yuqori uchi yordamida
bo‘linadi va oldingi, orqa markaziy pushtalarni ichki yuzasini birlashtiradi.
Belbog‘ egatini tagida halqasimon bo‘lakcha joylashgan. U belbog‘ pushtasi
va dengiz oti pushtasidan (gurus hippocampi) tashkil topgan va o‘zaro bog‘langan
bo‘ladi. Mazkur bo‘lakcha hidlov miyasi deb ataladi va hidlov analizatorini
markazi hisoblanadi.
Bosh miya po‘stlog‘ining sitoarxitektopiyasi.
Bosh miya po‘stlog‘ida 14-16 mld. nerv hujayralari bo‘lib, 6 qavatdan iborat.
Bu qavatlar o‘zaro tarkibiga kiruvchi hujayralarning shakli bilan farq qiladi.
1. Molekulyar qavat – yumshoq parda ostida joylashib, mayda glial
hujayralardan iborat.
2. Tashqi donador qavat – ko‘p sonli mayda, donachalar kabi tarqoq holda
joylashgan hujayralaridan iborat.
3. Piramidasimon hujayralar qavati. Bu qavatda kichik va o‘rta kattalikdagi
piramida hujayralari tarqoq holda joylashgan.
4. Ichki donador qavat, xuddi ikkinchi qavatga o‘xshagan, ammo ancha qalin
bo‘lib, bir necha qavatlarga bo‘lingan.
5. Ganglionar qavatda yirik Bets piramida hujayralari bo‘lib, ular markaz oldi
pushtasi va markaz yon bo‘lagida uchraydi.
6. Polimorf hujayralar qavati, turli shakldagi hujayralardan tashkil topgan.
Bosh miya po‘stlog‘i sitoarxitektonik belgilariga qarab Brodman bo‘yicha 11
soha va 52 maydonchaga bo‘linadi.
1.
Postsentral soha (regio postcentralis) 1, 2, 3, 43-maydonchalarni o‘z
ichiga oladi.
2.
Presentral soha (regio precentralis), 4 va 6 maydonchalardan tashkil
topgan.
3.
Peshona sohasi (regio frontalis). Brodmaning 8, 9, 10, 11, 12, 44, 45, 46,
47 maydonlaridan tashkil topgan.
4.
Orolcha sohasi (13,14,15,16)
5.
Tepa sohasi (5,7,39,40)
40
6.
Chakka sohasi (20,21,22,36,37,38,41,42,51)
7.
Ensa sohasi (17,18,19)
8.
Belbog‘ sohasi (23,24,25,31,32,33)
9.
Gipokamp sohasi (27,28,34,35,48)
10.
Hidlov sohasi (34)
11.
Retrospinal sohasi (26,29,30). Brodman maydonlariga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |