32
O‘rta guruh – nuclei hypothalamisa intermedia markaziy kulrang modda
o‘zaklari, III qorinchaning tubi;
Orqa guruh – nuclei hypothalamisa posterior.
Bulardan tashqari gipotalamik soha juda boy yo‘nalishlarga ega bo‘lgan
o‘tkazuvchi yo‘llar tutamlarini ham o‘z ichiga oladi.
Oraliq miya va gipotalamusning qon bilan ta’minlanishi.
Mazkur sohalar asosiy, bosh miyaning oldingi va o‘rta arteriyalarining
chuqur tarmoqlari bilan ta’minlanadi. Gipotalamus sohasi kapillyarlarga juda boy.
Ular yuqorida ko‘rsatilgan miya arteriyalarining kapillyarlaridan tashkil topadi.
Agar bosh miya po‘stlog‘ining qavatida 1mm
2
da 440 kapillyar bo‘lsa, gipotala-
musda esa ularning soni 4-5 marotaba ko‘pdir. Bundan tashqari gipotalamusning
boshqa qismlardan farqi shundaki, uning kapillyarlari hujayralarga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘tgan bo‘ladi. Ushbu holat tomir bilan hujayra oralig‘ida glioz qavatni
yo‘qligidan dalolat beradi, hujayra vakuoli ko‘pincha kapillyar devoriga yopishgan
bo‘ladi. Shu sababdan gipotalamik sohaninng zararlanish holatlari ko‘p uchraydi.
Gipotalamik sohaning fiziologiyasi
1918 yil Karls maymunlar bosh miyasining III qorincha devorini qitiqlab qon
bosimini ko‘tarilganini va qorachiqni kengayishini kuzatgan va gipotalamik
sohani
chuqur o‘rganishga asos solgan. Hozirgi davrda neyrofiziolog olimlar, nevrologlarning
kuzatishiga ko‘ra bu soha barcha ichki organlarning faoliyatini, modda almashuv
jarayonini, ichki muhit doimiyligini (gomeostaz) ta’minlashda xal qiluvchi rolni
o‘ynashi aniqlandi. Gomeostaziya – bu tana haroratining doimiyligi (36,7
0
), qon
bosimining 120/80, qandining miqdori 110-120mg%, xolesterin, letsitin, K, Na, Ca va
boshqa moddalarni sog‘lom odamda bir xil me’yorlarda bo‘lishidir.
Gipotalamusning oldingi guruh o‘zaklari tana haroratini, tomirlar tonusini,
nafas, oshqozon-ichak harakatini va boshqa sitologik jarayonlarni boshqaradi.
O‘rta guruh o‘zaklari modda almashinuvini mo‘tadil bo‘lishini (karbonsuv –
CO
2
, yog‘lar), endokrin bezlar faoliyatini va to‘qimalar trofikasini ta’minlaydi. Bu
o‘zaklarni zararlanishi adipoza – genital semirishga, infantilizm, oshqozon-ichak
tizimining buzilishiga olib keladi. Paraventrikulyar o‘zak karbonsuv almashinuvini
boshqaradi.
Orqa guruh o‘zaklar esa tana haroratini, uyquni, kayfiyatni, xotirani normal
holda saqlaydi. Ularni zararlanishi giper–gipotermiya, gipersomniyaga olib keladi.
Orqa guruh o‘zaklarning jarohatlanishi kayfiyatni oshiradi, xotirani yaxshilaydi.
Gipofiz gormonlariga ta’sir etib organizmdagi barcha jarayonlarni normaga
keltiradi.
Gipotalamus sohasini turli xil sabablar ta’sirida zararlanishi gipotalamik
sindromlarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: