29-rasm.
Dumg‘aza chigali.
1. Yuqori dumba nervi
2. Pastki dumba nervi
3. Quymich nerv
4. Katta boldir nervi
5. Kichik boldir nervi
6. Sonning orqa teri nervi.
44
30-rasm.
Dum chigali.
1. Bel chanoq poyasi
2. Tashqi olat nervi
3. Chanoq nerv
Uning uzun shoxlaridan son terisining
orqa nervi (n.cutaneus femoris posterior)
S
I
-
III
dumba, oraliq va sonning orqa medial
yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Odamdagi eng katta nerv hisoblangan
o‘tirg‘ich nervi (n.ischadicus) L
IV-V
, S
I
-
III
.
Uning harakatlantiruvchi shoxlari sonning
orqa guruh, boldir va oyoq panjasi
mushaklarini innervatsiya qilsa, sezuvchi shoxlari boldir va oyoq panjasi terisini
innervatsiya qiladi.
5. Dum chigali (plexus coccygeus) S
4-5
va dum nervlarining oldingi
shoxlarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uning shoxlari dum usti va orqa
chiqaruv teshigi sohasi terisini innervatsiya qiladi.
VEGETATIV NERV TIZIMINING TUZILISHI
VA FIZIOLOGIYASI
Vegetativ nerv tizimi tuzilishida o‘ziga xos hususiyatlari bor bo‘lib, bularga
quyidagilar kiradi: Animal nerv tizimini barcha qismlari bo‘ylab vegetativ
tuzilmalar juda keng tarqalgandir, ular a’zolar va to‘qimalarda joylashib, shoxlari
chigallar hosil qiladi va qon tomirlar bo‘ylab joylashadi. Vegetativ tolalar ichki
a’zolar, mushak to‘qimasida, bezlarda, biriktiruvchi, yog‘ va suyak to‘qimalari,
terida joylashgandir.
31-rasm.
Vegetativ nerv sistemasi
parasimpatik qismi.
1. Kiprikli tuguni
2. Qanot tanglay tuguni
3. Quloq tuguni
4. Jag‘ osti tuguni
5. Chanoq nervi
6. Quyosh tuguni
7. Yuqori qorin tuguni
8. Bel ichki a’zolar nervi (visseral)
9. Pastki qorin tuguni
10. Chanoq ichki a’zolar nervi
11. Simpatik poya
Vegetativ nerv bilan innervatsiya qilish
doimo ikkita neyron bilan sodir bo‘ladi:
45
ularning birinchisi preganglionar – mag‘izli tola bo‘lib orqa miyaning yon shoxlari
va III, VII, IX, X juft bosh miya nervlarining miya so‘g‘onida joylashgan vegetativ
o‘zaklari hujayralari aksonlaridan iborat.
Ikkinchisi postganglionar mag‘izsiz tola deyilib, bular vegetativ tugunlardagi
hujayralar aksonlari hisoblanadi va mushaklar, bezlar va qon tomirlarga borib
tugaydi.
Vegetativ nerv somatik nervlarga qaraganda ingichka. Preganglionar yani
mag‘izli tola – 1,5 mm dan 3,5 mm ga yetadi. Vegetativ tolalar past
qo‘zg‘aluvchanlikka ega, ularning xronaksiyasi kattadir, qo‘zg‘alish to‘lqinining
tarqalish tezligi vegetativ nerv bo‘yicha ancha kam, 0,6-1,2 m/sek, somatik nervda
esa 60-120 m/sek ga teng. Vegetativ nerv tizimi tolalari ayrim kimyoviy moddalar
tasiriga juda sezuvchandir. Shuning uchun kimyoviy moddalarni xossalariga qarab
va vegetativ tolalarning sezuvchanligiga qarab ular 2 ga bo‘linadi: birinchi
simpatik nerv tolalari, ular adrenalin, efedrin, kalsiylardan qo‘zg‘aladi, brom va
xloralgidratdan tormozlanadi. Parasimpatik nerv tolalari esa pilokarpin, efedrin,
atsetilxolin, kaliy, insulinlardan qo‘zg‘aladi, atropin va skopolaminlardan
tormozlanadi.
Ko‘p sonli tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha ba’zi a’zolar va to‘qimalar
doimo anteogonistik (simpatik va parasimpatik) innervatsiyaga ega bo‘lmay, faqat
1 xil tolalar bilan innervatsiya qilinar ekan. Masalan: teri piolomotorlari va ter
bezlari faqat simpatik tolalar bilan innervatsiyalanadi. Qorachiq mushaklari va
ichki azolarning mushaklari simpatik va parasimpatik tolalar bilan
innervatsiyalanib qo‘zg‘atuvchi, ham tormozlovchi ta’sirga egadir. So‘lak
bezlarida parasimpatik tolalar uning ajralishiga ta’sir ko‘rsatadi, simpatik tolalar
esa–so‘lakning qattiq qismini ajratadi.
Nerv tizimining evolyutsion rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon tushunchasi
shuni ko‘rsatdiki, nerv joyining bosh miya qismidagi nerv elementlarini joylashuvi
va konsentratsiyasiga qarab vegetativ nerv tizimini ikki bo‘lakka yani segment usti
va segmentar bo‘laklarga bo‘linadi.
1. Vegetativ nerv tizimining segment usti – markaziy qismi. Vegetativ nerv
tizimining markaziy qismiga quyidagilar kiradi: bosh miya asosi, hidlov yo‘li,
belbog‘ egati, qadoqsimon tana, gipofiz, miya so‘g‘onining to‘r formatsiyasi,
gipotalamus, talamus, bodomsimon tana, gipokamp, ixota. Bular o‘zlarining aloqa
bog‘lovchi yo‘llari bilan qo‘shilib limbiko-retikulyar kompleksini yoki bosh
miyaning o‘ziga xos bo‘lmagan tuzilmasini tashkil qiladi. Bu tuzilmalarda
segmentarlik belgilari bo‘lmaydi, yani simpatik va parasimpatik qismlarga
bo‘linmaydilar.
Ko‘rsatilganlar ichida vegetativ nerv tizimining oliy qismi bo‘lgan gipotalamus
muhim ahamiyat kasb etadi. Gipotalamusda o‘ziga xos (spetsifik) va o‘ziga xos
bo‘lmagan (nospetsifik) tuzilmalar mavjud. Gipotalamus tuzilmalarini pressor-
simpatik va depressor-parasimpatik bo‘laklarga bo‘lish o‘zini oqlamadi, chunki
gipotalamusni pressor bo‘lagini qitiqlanganda simpatik va parasimpatik nervlarga
oid bo‘lgan natijani (effektni) ko‘rish mumkin. (Veyn L.M. 1971).
46
Zamonaviy yirik vegetologlar (Gess, Gelgorn, Zeynlarning) fikricha vegetativ
nerv tizimining markaziy qismini ergotrop va trofotrop bo‘laklarga bo‘lish
maqsadga muvofiqdir.
Ergotrop tizim organizmni tashqi muhit sharoitini o‘zgarishlariga (sovuq, issiq)
moslaydi va nozik holda ruhiy faoliyatlarga jismoniy ta’sir ko‘rsatib katabolik
jarayonlarni yo‘nalishiga imkoniyat beradi.
Trofotrop tizim anabolik jarayonga ta’sir ko‘rsatadi. Nutritiv faoliyatga,
gomostatik muvozanatga ham ta’sir ko‘rsatib ruhiy holatni faollaydi, harakat
tayyorgarligi va vegetativ mobillikni (doim tayyor turishlik) ta’minlaydi. Trofotrop
tizim dam olish vaqti, ovqat hazm qilish, uyquning ayrim davrlari bilan
aloqadordir va o‘z faolligi bilan vago-simpatik apparatni doimo ishga solib turadi.
Bunga yurak ritmini sekinlashishi, sistola kuchining kamayishi, diastolaning
cho‘zilishi, arterial bosimni kamayishi, nafasni birmuncha sekinlashishi, bronxlarni
qisilishi, ichaklar peristaltikasini va ishtaxa shirasi ajralishini kuchayishi, siydik
ajralishini tezlashishi, somatik tizimning tormozlanish hollari ko‘riladi.
Gipotalamusning anatomiya va fiziologiyasiga oid mukammal tushuncha oraliq
miyani bayon etilgan qismida keltirilgan.
2.Vegetativ nerv tizimining segmentar bo‘lagi.
Vegetativ nerv tizimining segmentar bo‘lagi orqa miyaning C
8
-L
2
segmentlari
yon shoxlarida va miya so‘g‘onida (III, VII, IX, X, bosh miya nervlarining
vegetativ o‘zaklarida) joylashgandir.
Vegetativ nerv tizimining bu bo‘lagi o‘zining funksional antogonizmiga qarab,
simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi.
Vegetativ nerv tizimining simpatik qismi.
Mazkur qismning neyronlari orqa miya (sakkizinchi bo‘yin (C
8
) ko‘krak (D
1-12
)
va yuqorigi bel (L
1-2
) segmentlarining yon shoxlarida joylashgan. Ularning
aksonlari preganglionar tolalarni hosil qilib, oldingi ildiz tarkibida chiqib simpatik
poyaga boradi. Preganglionar tolalarni qo‘shuvchi oq tolalar deb ham yuritiladi,
chunki ularda postganglionar tolalardan farqli ravishda miyelin pardasi borligi va
rangini oqimtir bo‘lishidir.
Simpatik poya juft bo‘lib, umurtqa pog‘onasining yon tomonida joylashgan. U
kalla asosida boshlanib, pastga tomon yo‘naladi. Simpatik poyaning pastki uchi
bir-biriga yaqinlashib, birinchi dum umurtqasining oldingi yuzasida joylashgan toq
tugunda tugaydi. Simpatik poyani 20-25 simpatik tugunlar va ularni o‘zaro
biriktiruvchi tugunlararo tolalar hosil qiladi. Bu tugunlarni paravertebral tugunlar
deb ataladi. Simpatik poyada to‘rt: bo‘yin, ko‘krak, bel va dumg‘aza qismlari
tafovut qilinadi. Simpatik tugunlarda uch xil hujayralar joylashgan bo‘lib, ular o‘z
hajmi bilan farqlanadi: kattalarining diametri 32-35 mk, o‘rtasiniki 25-32 mk va
kichiginiki 15-22 mk ga teng.
Tugunlarga keluvchi qo‘shuvchi preganlionar tolalar qisman tugunda uziladilar,
qisman uzilmagan holda prevertebral tugunlarga boradi. Bir neyron tolasi bir
nechta tugunga (8 gacha) borishi mumkin. Tolalar simpatik poyadan o‘tgach
postganglionar yoki kulrang qo‘shuvchi tola nomini oladi.
47
Simpatik poyani bo‘yin qismida uchta: yuqorigi, doimiy bo‘lmagan o‘rta va
pastki tugun tafovut qilinadi.
1). Yuqorigi bo‘yin tuguni postganglionar tolalari 1-4 orqa miya nervlari bosh
miya yarimsharlari va boshga yo‘naladi, diafragma, yutqin-til osti, adashgan
nervlar, yutqin, xiqildoq, yurak nerv chigallari bilan bog‘liqdir.
2). O‘rta bo‘yin tuguni tolalari 5-6 orqa miya nervlari, qalqonsimon bez, yurak
chigallari bilan bog‘langan.
3). Pastki bo‘yin tuguni ko‘pincha birinchi ko‘krak tuguni bilan qo‘shilib
yulduzsimon tugunni hosil qiladi. Uning postgannglionar tolalari 7-8 orqa miya
nervlari, yurak, o‘mrov osti va umurtqa arteriyasining periarterial nerv chigallari
(Frank nervi) sut bezlari bilan bog‘liq.
4). Simpatik poyaning ko‘krak qismini 10-12 tugun tashkil qiladi. Ularning
yuqorigi 5 tasidan boshlanuvchi postganglionar tolalar aortaning yuqorigi qismiga,
yurakka, o‘pkaga yo‘nalib ularni simpatik innervatsiya qiladi. Qolgan ko‘krak va
qorin tugunchalarining postganglionar tolalari katta ichki a’zolar nervi, quyosh
chigali va kichik ichki a’zolar nervlari orqali butun ichki a’zolarni simpatik
innervatsiyasini ta’minlaydi. Chanoq tugunlarining postganglionar tolalari esa
chanoq a’zolarining simpatik innervatsiyasini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |