Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


VEGETATIV NERV TIZIMINING PARASIMPATIK QISMI



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

VEGETATIV NERV TIZIMINING PARASIMPATIK QISMI 
Vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismini spinal markazi orqa miyaning 
II-IV dumg‘aza segmentlarining yon shoxlarida joylashgan. Bu yerdagi oraliq 
medial o‘zak hujayralarining preganglionar tolalari chanoq ichki a’zolari nervlarini 
(n.n. splanchnici pelvini) hosil qilib, prevertebral chigalga keladi. Bu yerdan 
boshlangan postganglionar tolalar qon tomir devoridagi silliq mushaklar, bezlar va 
chanoq a’zolarining intramural tugunlariga boradi.
Parasimpatik nerv tizimining miya so‘g‘oni qismini III, VII, IX, X bosh miya 
nervlarining vegetativ o‘zaklari hosil qiladi.
III juft, ko‘zni harakatlantiruvchi nervning vegetativ o‘zagi hujayralari 
preganglionar tolalari nerv tarkibida ko‘z kosasiga kirib kiprikli tugunda tugaydi. 
Kiprikli tugun hujayralaridan boshlangan postganglionar tolalar katta kiprikli 
nervlar tarkibida qorachiqni toraytiruvchi mushak va ko‘z gavharini o‘zgartiruvchi 
kiprikli mushakni innervatsiya qiladi.
VII juft, yuz nervining yuqorigi so‘lak ajratuvchi parasimpatik o‘zagi 
hujayralarining preganglionar tolalarining bir qismi katta tosh nervi tarkibida 
qanot-tanglay tuguniga boradi. Tugun hujayralaridan boshlangan postganglionar 
tolalar uch shoxli nervning II shoxidan chiquvchi yonoq nervi tarkibida ko‘z yoshi 
beziga boradi. Postganglionar tolalarning boshqa bir qismi nog‘ora tori tarkibida 
kalladan chiqib, til nervi tarkibida jag‘ va til osti tugunlarida tugaydi. Bu 
tugunlardan chiqqan postganglionar tolalar jag‘ osti va til osti so‘lak bezlariga 
boradi.
IX juft, til yutqin nervining pastki so‘lak ajratuvchi parasimpatik o‘zagi 
hujayralarining preganglionar tolalari kichik tosh nervi tarkibida quloq tuguniga 
boradi. Bu tugunning hujayralaridan boshlangan postganglionar tolalar uch shoxli 
nervni uchinchi shoxidan chiquvchi quloq-chakka nervi tarkibida quloq oldi beziga 
boradi.
Rombsimon chuqurcha tubida joylashgan adashgan nervning parasimpatik 
dorsal o‘zagi hujayralarining preganglionar tolalari a’zolar yonida va devori ichida 


 49
joylashgan (intramural) vegetativ tugunlarga boradi. Bu tugunlarda joylashgan 
hujayralar aksonlari postganglionar tolalarni hosil qilib, ichki a’zolarning silliq 
mushaklari va bezlari faoliyatini innervatsiya qiladi.
Bolalarning vegetativ nerv tizimi makroskopik jihatdan deyarli kattalarnikidan 
farq qilmaydi. Simpatik tugunlar mayda va o‘rta hujayralardan iborat bo‘lib, ular 
asosiy dendritlarga egadirlar (yordamchilari esa hayot jarayonida paydo bo‘ladi).
Prevertebral va intramural tugunlarni dendritlari bo‘lmaydi. Ularni o‘sish ritmi 
tez 3-11 yoshgacha davom etadi. Makroskopik 4 oydan 4 yoshgacha bolalarda 
adashgan nerv tolalari o‘rtasida anastomozlar uchraydi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish