Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


TERI VA PROPRIORETSEPTIV (MUSHAK – BO‘G‘IM) SEZGI TIZIMI



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
TERI VA PROPRIORETSEPTIV (MUSHAK – BO‘G‘IM) SEZGI TIZIMI 
Teri analizatorining retseptorlari 3 xil bo‘ladi: 
1.
Og‘riqni qabul qiluvchi retseptorlar. 
2.
Haroratni qabul qiluvchi retseptorlar. 


 52
3.
Taktil ta’sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar. 
Proprioretseptorlarga bo‘g‘im, pay, boylam va mushaklar holatini o‘zgarishi 
natijasida paydo bo‘lgan ta’sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar kiradi: 
1. Passiv harakat sezgisi. 
2. Gavda va qo‘l oyoqlarning fazodagi vaziyatini bilish sezgisi. 
3. Vibratsiya sezgisi.
Teri va proprioretseptiv analizatorining o‘tkazuvchi yo‘llari har biri o‘ziga 
xos tuzilishga ega, ammo ularning umumiy hususiyatlari ham bor: 
1.
Bu yo‘llarning hammasi ham uchta neyrondan tashkil topgan. 
2.
Birinchi neyron hujayralari markaziy nerv tizimidan tashqarida orqa miya 
tugunida (ganglion spinale) joylashgan. 
3.
Ikkinchi neyron aksonlari qarama-qarshi tomondagi aksonlar bilan 
kesishma hosil qiladi.
YUZAKI SEZGI ANALIZATORINING (OG‘RIQ, HARORAT VA QISMAN 
TAKTIL SEZGILARNI) O‘TKAZUVCHI YO‘L 
Retseptorlar yordamida qabul qilingan tashqi ta’sirotlar (og‘riq, harorat va 
taktil sezgilar) teri dendrit analizatorlarining o‘tkazuvchi yo‘li orqali shu 
analizatorning hujayrasiga – orqa miya tuguniga yetkazib beradi.
Teri analizatorlarining o‘tkazuvchi yo‘li uchta neyrondan iborat. Birinchi 
neyron orqa miya tugunida (ganglion spinale) joylashgan soxta unipolyar 
hujayralar.
Ularning periferik o‘simtalari – orqa miya nervlari tarkibida 
ekstraretseptorlardan ta’sirotni olib keladi. Ularning markaziy o‘simtalari orqa ildiz 
tarkibida orqa miya orqa shoxining xususiy o‘zagi hujayralarida tugaydi. Ikkinchi 
neyron orqa miyaning xususiy o‘zagi hujayralari, ularning aksonlari oldingi oq 
bitishmada kesishib, qarama-qarshi tomondagi yon tizimchaga o‘tadi. So‘ngra 
miya so‘g‘onining qopqoq qismi (tegmentum) orqali ko‘tarilib ko‘ruv bo‘rtig‘ida 
tugaydi.
Bu hujayralarning o‘siqlar ikkiga: akson va dendritga bo‘linadi, periferik 
o‘siqlari (dendritlari) orqa ildiz tarkibida umurtqalararo teshigidan (foramen 
intravertebralis) tashqariga chiqadi. So‘ngra harakat ildizi bilan birlashib, periferik 
nervlarni hosil qiladi, hamda teri va shilliq pardalardek tugallanadi. 
(Ekstroretseptorlarni hosil qiladi).
Birinchi neyron hujayralarining aksonlari esa orqa ildizchani hosil qilishda 
ishtirok etib, orqa miyaning orqa shoxidagi hujayralarda tugallanadi. Ikkinchi 
neyron hujayralari orqa shoxda joylashgan. Ularning aksonlari oldingi oq 
bitishmada kesishib, orqa miyaning qarama-qarshi tomonidagi yon tizimchaga 
o‘tadi. So‘ngra miya so‘g‘onini o‘rta qismi (tegmentum) orqali ko‘tarilib ko‘ruv 
bo‘rtig‘ida tugaydi. Shuning uchun bu aksonlarga spinotalamik yo‘l (tractus spino-
thalamicus) deyiladi. Spino – talamik yo‘lning markaziy nerv tizimida topografik 
joylanishi quyidagicha: Spinotalamik yo‘l orqa miyaning pastki segmentlaridan 
yuqoriga yo‘naluvchi yo‘llari yon tizimchaning tashqi qismida yotadi. Orqa 


 53
miyaning yuqori segmentlaridan ko‘tariluvchi yo‘llar esa yon tizimchaning medial 
qismida joylashgan. Bunga uzun o‘tkazuvchi yo‘llarining ekssentrik joylashish 
(Auerbax–Flatau) qonuni deyiladi. So‘ngra spinotalamik tutam uzunchoq miyaning 
o‘rta qismidan o‘tib, ko‘prikda, medial qovuzloqning (leminiscus medialis) tashqi 
tomonda joylashadi. Miya oyoqchasida esa medial qovuzloq bilan birga qizil 
o‘zakni dorzolateral tomonidan o‘tadi.
Spinotalamik yo‘l ko‘ruv bo‘rtig‘i tashqi o‘zagining pastki qismi 
hujayralarda tugaydi. Uchinchi neyron shu o‘zak hujayralaridan iborat bo‘lib, 
ularning aksonlari ichki kapsula orqa oyoqchasining (crus posterior capsula 
interna) o‘rta qismidan o‘tib, bosh miya markaz orqa pushtasining po‘stlog‘ida 
orqa, ya’ni 1, 2, 3, 7 Brodman maydonida tugaydi. Brodman maydonida markazlar 
quyidagicha o‘rin olgan. Orqa markaziy pushtaning yuqori qismida oyoq, pastida 
esa tana, qo‘l va yuz. Tanani distal qismlari, ya’ni oyoq va qo‘l ayniqsa bosh 
barmoq markazlari proksimal qismga qaraganda ko‘p joyni egallaydi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish