Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


BOLALAR ORGANIZMINING SEZGI TIZIMI



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

BOLALAR ORGANIZMINING SEZGI TIZIMI
Bola tug‘ilgandan keyin neyronlarning bo‘linishi to‘xtashiga qaramasdan, 
ularning nerv tizimi kattalar nerv tizimidan farqli ravishda morfofunksional 
rivojlanishda, o‘tkazuvchi yo‘llari miyelin qobig‘i bilan qoplanishda davom etadi. 
Orqa miya o‘tkazuv yo‘llaridan birinchi bo‘lib og‘riq va xarorat, keyinroq chuqur 
sezgi yo‘li shakllanadi.
Bola nerv tizimini tuzilishi, bosh miya po‘stlog‘i neyrodinamikasining 
yaxshi rivojlashmaganligi, sezgi tizimini tekshirishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
SEZGI TIZIMINI TEKSHIRISH USULLARI 
Sezgi tizimini tekshirishda ayniqsa 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagi 
shartlarni bajarish kerak: 
1.
Xona harorati 25-26 iloji boricha yorug‘, shovqin-suronlardan, tikka 
quyosh nurlaridan holi joyda bo‘lmog‘i kerak.
2.
Tekshirish bola uyg‘oq holatida va ovqatlantirishdan so‘ng olib boriladi.
3.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sezgisi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu 
boisdan hato qilmaslik uchun 2-3 marta qayta tekshirish lozim. 
4.
Tekshirish gavdaning hamma qismida olib boriladi.
5.
Kattalarning sezish qobiliyatini tekshirganda ko‘zi yumuq bo‘lishi kerak. 
6.
Sezgi tananing simmetrik qismida tekshiriladi va olingan ma’lumotni 
qarama-qarshi tomon bilan doimo solishtirib ko‘riladi. Olingan ma’lumot 
qog‘ozga sxema holda tushuriladi (“odamcha”).
Sezgini tekshirish shifokor va bemordan nihoyatda diqqat va e’tiborli 
bo‘lishni talab etadi. Shuning uchun hushini yo‘qotgan bemorlarda sezgini 
tekshirish qiyin.
Sezgi tizimini tekshirish bemor shikoyatini so‘rash bilan boshlanadi. Bemor 
aksariy hollarda og‘riq yoki uvishib qolishga shikoyat qiladi.
Og‘riq haqida quyidagilarni batafsil aniqlash lozim: xarakterini, ya’ni 
doimiy yoki xuruj bilan tutishi, sanchib yoki qo‘yib og‘rishi, og‘riqni hosil bo‘lgan 
joyi va uni qayerga tarqalishi va xokazo. Markaziy va periferik nerv tizimlar 
zararlanganda quyidagi og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin: 
1.
Mahalliy og‘riq. 
2.
Proyeksion og‘riq. 
3.
Irradiatsiyalashgan og‘riq.
4.
Aks etgan og‘riq. 
5.
Krizlar (og‘riq xuruji). 


 55
Shikastlangan nerv chegarasida paydo bo‘luvchi og‘riqqa mahalliy og‘riq 
deyiladi. Masalan: bemorda patologik jarayon orqa miyaning orqa ustunida 
joylashgan bo‘lsa ham, qattiq sanchiqli og‘riq periferiyada gavdaning turli 
qismlarida paydo bo‘ladi.
Proyeksion og‘riqqa fantom og‘riqlar kiradi. Masalan, oyog‘i yoki qo‘li 
amputasiya qilingan bemorlarda kesib tashlangan yerdagi og‘riq.
Irradiatsiyalashgan og‘riq periferik nervning bir tarmog‘i zararlanganda, 
uning ikkinchi tarmog‘i sohasida paydo bo‘luvchi og‘riqqa irradiatsiyalashgan 
og‘riq deyiladi. Masalan, pastki jag‘ tishlari kasallansa, og‘riq yuqori jag‘ 
tishlarida ham aks etadi. Bunda uch shoxli nervning uchinchi shoxi ta’sirlangan 
bo‘lsa, og‘riq irradiatsiyalanib, uning ikkinchi shoxi sohasiga ham o‘tadi.
Aks ettirilgan og‘riq – ichki a’zolarning zararlanish natijasida paydo bo‘ladi. 
Terida har bir ichki a’zoga muvofiq keladigan sohalar bo‘lib, ularga Zaxarin-Ged 
sohalari deyiladi. Ichki a’zolardan birortasi zararlangan bo‘lsa, uning 
interetseptorlari ta’sirlanib, qo‘zg‘alishni orqa miya segmentining shu a’zoga 
muvofiq bo‘lgan orqa shoxiga o‘tkazib beradi. Orqa miyaning orqa shoxi 
qo‘zg‘alishi natijasida shu segmentning teri sohasida og‘riq va giperesteziya paydo 
bo‘ladi. Masalan, stenokardiyada chap qo‘lning ichki tomoni va ko‘krakda og‘riq 
paydo bo‘ladi, chunki yurak orqa miyaning T 1-2-3 segmentlari bilan bog‘langan 
bo‘lib, bu segmentlar esa qo‘lning ichki qismini va ko‘krak sohasini innervatsiya 
qiladi.
Krizlarda – ichki a’zo nervlarining zararlanishi natijasida shu a’zolarda 
(xuruj qilib) juda qattiq og‘riq (kriz) paydo bo‘lishiga olib keladi. Kriz tabies 
dorsalis ga hosdir.
Bu kasallikda, ko‘pincha, me’da-ichak krizi paydo bo‘ladi. Bu og‘riq 
vaqtida ko‘pincha qorin mushaklari taranglashadi. Lekin bunday og‘riq ma’lum bir 
vaqt davom etgandan keyin butunlay yo‘qoladi. Biroq, yana muayyan vaqt o‘tishi 
bilan qaytalashi ham mumkin. Bemor shikoyati so‘ralgandan so‘ng og‘riq nuqtalari 
bosib tekshirib ko‘riladi. Bularga Valle, ensa nervlarini chiqish joylari, Erba, Gar, 
Lazarev nuqtalari, qovurg‘alararo nervlar yo‘li bo‘ylab, umurtqalarni har ikki 
tomoni, dumbani o‘rta qismi, taqim osti chuqurchasi, chov burmasini o‘rta qismlari 
kiradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish