Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

3- rasm.
1. Orqa miyaning bo‘yin qismi C
1-8 
2. Ko‘krak bo‘limi Th
1-8
3. Bel bo‘limi L
1-5
4. Dumg‘aza bo‘limi S
1-5 
5. Dum bo‘limi Co
1-2
6. Otning dumi
7.Terminal ip 
Orqa miyaning kengligi bir xil bo‘lmay, 
bo‘yin va bel-dumg‘aza qismlarida kengaygan. 
Bo‘yin kengaymasi C
5
-D
I
segmentlari sohasida, 
bel-dumg‘aza kengaymasi L
I-V
, S
I-II 
segmentlari 
sohasiga to‘g‘ri keladi.
Orqa miyaning oldingi yuzasidagi oldingi 
o‘rta yoriq (fissura mediana anterior) va orqa 
yuzasidagi orqa o‘rta egat (sulcus medianus 
posterior) uni ikki simmetrik bo‘lakka ajratadi. 
Orqa miyaning har bir bo‘lagida oldingi yon egat
(sulcus anteroearteralis) va orqa yon egat (sulcus posterolateralis) lar bo‘lib, 
ulardan orqa miya nervlarining oldingi va orqa ildizlari chiqadi. Orqa miyaning 
ikki juft (ikkita oldingi, ikkita orqadagi) ildizlari o‘rtasidagi qismi segment deb 
ataladi. Orqa miyaning segmenti o‘z sohasidagi mushaklarni va terini innervatsiya 
qiladi.
Orqa miyada 31-32 ta: 8 ta bo‘yin (C
I-VIII
), 12 ta ko‘krak (Th
I-XII
) yoki (D
I-
XII
), 5 ta bel (L
I-V
), 5 ta dumg‘aza (S
I-V
) va 1 yoki 2 ta dum (Co
I-II
) segmentlari 
tafovut qilinadi. Orqa miyaning uzunligi umurtqa pog‘onasi uzunligidan qisqa 
bo‘lgani uchun, segmentlarni umurtqalarga nisbatan joylashuvida tafovut bor. Bu 
tafovut orqa miyaning bo‘yin qismida 1 ta, yuqori ko‘krak qismida 2 ta, pastki 
ko‘krak qismida 3 ta, bel va dumg‘aza qismlarida 4-5 umurtqani tashkil qiladi. 
Masalan, 8-bo‘yin segmenti joylashishiga qarab 7-bo‘yin umurtqasiga, to‘rtinchi 
ko‘krak segmenti ikkinchi ko‘krak umurtqasiga to‘g‘ri keladi.
Bu tafovutni bilish orqa miya kasalliklariga (o‘smalar) topik tashhis 
qo‘yishda va jarrohlik usulini qo‘llashda muhim ahamiyatga ega.
Orqa miyaning uzunligi umurtqa kanaliga nisbatan qisqa bo‘lgani uchun, 
orqa miya nervlari o‘z umurtqasi sohasidan tashqariga chiqishi uchun pastga qarab 
yo‘naladi va otni dumini (cauda equina) hosil qiladi.
Shunday qilib orqa miyaning 31-32 ta segmentlari quyidagi qismlarga bo‘linadi.
Bo‘yin qismi (C
I-8
), ko‘krak qismi (D
I-12
), bel qismi (L
I-5
), dumg‘aza qismi (S
I-5
), 
dum qismi (Co
1-2
). Bo‘yin kengaymasi (C
5-8
, D
I
), bel kengaymasi (L
I-5
, S
1-2
), orqa 
miya konusi (S
3-5
, Co
1-2
).
Orqa miyani ko‘ndalangiga kesib ko‘rganimizda u ikki xil: uning markazida 
uchayotgan kapalak yoki “H” harfiga o‘xshab joylashgan kulrang modda va uni 
o‘ragan oq moddadan iborat. Kulrang moddada keng oldingi, nisbatan ingichka 


 18
orqa va C
8
-D
1-12
, L
I-2
, segmentlari sohasida yon shoxlar tafovut qilinadi. Oldingi 
shoxda ixtiyoriy harakatning ikkinchi neyronini hosil qiluvchi yirik 
harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan. Orqa shoxda yuzaki sezgi yo‘lining 
ikkinchi (oraliq) neyronini hosil 
qiluvchi mayda hujayralar, yon 
shoxda esa simpatik nerv tizimini 
markaziy qismini hosil qiluvchi 
hujayralar joylashgan. Bu 
hujayralarning aksonlari simpatik 
nerv tizimining preganglionar 
tolalarini hosil qiladi.
4- rasm.
1. 5-bo‘yin segmenti 
2. 2-ko‘krak segmenti
3. 8-ko‘krak segmenti 
4. 1-bel segmenti 
5. 3-bel segmenti 
6. 1-dumg‘aza segmenti 
7. 3-dumg‘aza segmenti

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish