Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Neyrofibrillar 
Nerv hujayrasi Bilshovskiy va Kaxal usulida kumush nitrat eritmasiga 
shimdirilsa, neyrofibrillar qoraga bo‘yalib, yupqa iplardan tuzilgan to‘r holida 
joylashgan bo‘ladi. Har qanday aksonning o‘q silindri hujayra ichidan chiqib 
keluvchi neyrofibrillardan tuzilgan. Neyrofibrillar asosan nerv impulslarini 
o‘tkazishda ishtirok etadi.
Gistoximik tekshirishlar natijasida ayrim nerv hujayralari sekret ajratishi 
aniqlangan. Ular qatoriga supraoptik va paraventrikulyar o‘zak hujayralari kiradi. 
Paraventrikulyar o‘zak oksitotsin deb ataluvchi gormon ishlaydi. Bu gormon 
bachadon va sut beziga ta’sir etadi. Supraoptik o‘zak hujayralari vazopressin 
gormonni ishlab chiqaradi. Bu gormon qon bosimiga va siydik ajralishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Miyachaning Purkine va tishli o‘zak hujayralarida ham sekret ajralsa 
kerak degan taxmin bor.
Nerv tolasining tuzilishi 
Nerv tolalari bu neyronning o‘simtalari bo‘lib, ular pardalar bilan o‘raladilar. 
Nerv tolalari, ya’ni o‘q silindri ikkita parda bilan o‘ralgan. O‘q silindrini bevosita 
o‘rab turuvchi pardani miyelin parda deyiladi. Miyelin parda har xil lipoidlardan 
tashkil topgan. Ba’zi bir joylarda u ingichkalashib kesishmalar hosil qiladi, bunga 
Ranve kesishmalari deyiladi. Miyelin parda o‘q silindridan o‘tayotgan nerv 
impulslarini izolyatsiya qilish vazifasini bajaradi. Miyelin pardasining ustunidan 
o‘rab turuvchi pardaga Shvann pardasi deyiladi. Shvann pardasining miyelin 
pardasidan farqi shundaki, u kesmalar hosil qilmaydi va uning o‘z hujayralari 
bo‘ladi. Shvann pardasining hujayralari neyrogliya toifasidagi hujayralardandir.
Periferik nerv tizimida quyidagi 2 xil nerv tolalari uchraydi:
1.
Miyelinli nerv tolalari. 
2.
Miyelinsiz nerv tolalari. 
Miyelinli nerv tolalari deb, miyelin va Shvann pardalari bilan o‘ralgan nerv 
tolalariga aytiladi. Miyelinsiz nerv tolalari deb, faqatgina Shvann pardasi bilan 
o‘ralgan nerv tolalariga aytiladi.
Vegetativ nerv tizimining tolalari miyelin pardasiga ega emas, somatik nerv 
tolalari esa miyelinli tolalardan iborat. Miyelin pardaning vazifasi o‘q silindridan 
o‘tayotgan impulslarning atrofga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir
ya’ni u izolyator vazifasini bajaradi. Shuning uchun miyelinsiz nerv tolalarining 
o‘tkazish tezligi miyelinli tolalarga nisbatan ancha sekinroq bo‘ladi. Ayrim 
miyelinli nerv tolalarining impulslar o‘tkazish tezligi 60-120 m/sek bo‘lsa, miyelin 
pardasisiz simpatik nerv tolalarining o‘tkazish tezligi atigi 0,6-1,2 m/sek ga teng. 
Ma’lumki, periferik nervlar nerv tolalarining yig‘indisidan tashkil topgan 


 13
tutamlardan iborat. Asosiy tutamni tashqi tomondan epinevral parda qoplab turadi. 
Asosiy tutam o‘z qatorida ayrim tutamchalarga bo‘linib, ular perinevral parda bilan 
qoplanadi, ularning ichida yana alohida tolalar bo‘lib ular endonevral parda bilan 
qoplangan bo‘ladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish