Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
Nevrologiyaning tarixi
Nevropatologiya yunoncha so‘z bo‘lib (neuron – nerv, pathos – kasallik
logos – ta’limot), nerv tizimi kasalliklari haqida ta’limot, uni o‘rganish, davolash 
va oldini olish degan ma’noni anglatadi. 
Nevropatologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishida yuqorida qayd etilgan 
nevrologiyaning tarmoqlari muhim rol o‘ynaydi.
Nevropatologiyaning tibbiyotni mustaqil fani sifatida shakllanishi XIX 
asrning o‘rtalaridan, 1869-yildan boshlandi. Unga qadar nevrologik bemorlar ichki 
kasalliklar klinikalarida va psixiatrik shifoxonalarda davolanganlar. Shu vaqtning 
o‘zida nerv tizimini patologiyasi haqidagi ta’limot tibbiyotning uzoq vaqtdagi 
tarixiga borib taqaladi.
Nevropatologiyani tarixini shakllanishida uch yo‘nalish mavjud:


5
I.
Klinik tekshirishlar natijasida yig‘ilgan (faktlar) ma’lumotlarga 
asoslangan. Bunda nerv tizimini kasalliklarida ajratilgan alohida sindromlar yozib 
o‘tilgan. Lekin kasallikni etiologiyasi, patogenezini tushuntirish turlicha bo‘lib, 
ayrim hollarda, qarama-qarshi bo‘lgan va bu holat bemorlarni davolashda asossiz 
muolaja o‘tkazishga olib kelgan.
1861-yili Pol Brok (fransuz antropologi, anatom, xirurg–1824-1880), ikkita 
nutqi buzilgan bemorlarni ko‘rib, motor afaziyani klinikasini yozdi va miyani 
patalogo-anatomiyasini tekshirib, motor afaziyani chap bosh miya peshona 
bo‘lagini orqa qismi (44 Brok markazi, qisman 45 Brodman maydonchasi) ni 
zararlangani oqibati ekanligini isbotladi. Keyinchalik Vernike o‘zining klinik 
tekshirishi bilan sensor nutqni buzilishi chap yarim sharning yuqorigi chakka 
pushtasini zararlanishiga bog‘liq ekanligini isbotladi (22 Brodman ya’ni Geshle 
pushtasi).
Munk bemorlarda sodir bo‘lgan “dil ko‘rligi” simptomi ya’ni ko‘rish 
agnoziyasini yarimsharlarni ensa bo‘lagini ichki yuzasi zararlanishiga bog‘liq 
ekanligini yozib o‘tdi (Brodmanning 17, 18, 19 maydonchasi). Ingliz olimi 
Djekson kortikal tutqanoqni lokalizatsiyasini yozdi. Nerv tizimining ayrim 
kasalliklarini klinik ko‘rinishini yoritishda va davolashda o‘rta asr fanining yorqin 
yulduzlaridan biri buyuk donishmand ensiklopedist olim Abu Ali ibn Sino 
(Avitsenna 980-1037) ning avlodlarga o‘lmas meros qilib qoldirgan asarlari 
alohida o‘rin tutadi. Abu Ali ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. 
O‘z davrining olimlaridan Ibn Sino nozik izlanuvchi, aniq tashhis qo‘yish va 
kasallikni belgilarini har tomonlama keng yorituvchi va davolovchi olim sifatida 
ajralib turadi. Uning asab tizimiga oid bizgacha yetib kelgan nerv tizimining 
kasalliklari: uyqu kasalligi, nerv tizimining jarohati, miya o‘smalari, ensefalitlar, 
ishias, migren, meningitlarga oid asarlari va boshqalar “Tib qonunlari” asarida o‘z 
aksini topgan. Ibn Sinoga hozirgi zamonaviy kasallikni etiologiya, patogenezi 
ma’lum bo‘lmagan bo‘lsa-da, u o‘z fikrini, taxminini juda nozik va aniq ayta 
bilgan va ayrim nerv kasalliklarini klinikasini to‘la yoritgan va davolagan. Yirik 
ingliz olimi Kempston Ibn Sinoni asarlarini o‘rganib: “meningitni Ibn Sinodek 
hech kim yoza bilmagan, unga biror aniq yangilik qo‘shish amrimahol” deb 
hisoblangan. Ibn Sino meningitni klinik belgilariga: yuqori harorat, bosh og‘rig‘i, 
ensa sohasi og‘rig‘i, uyquning yomonlashuvi, qusish, alahsirash – goho kuchayadi; 
goho yo‘qoladi, gallyutsinatsiya, xushning yo‘qolishi, tartibsiz nafas olish, 
yorug‘likdan qo‘rqish, ixtiyorsiz siydik ajralishi, burundan qon ketishi, oyoq-
qo‘llarda ixtiyorsiz harakat, tutqanoq, tilni falaji, sezgini buzilishi kabilarni 
kiritgan.
Ibn Sino meningitni klinik belgilarini yoritish bilan birga mazkur kasallikka 
o‘xshash boshqa kasallik bilan solishtirgan va taqqoslovchi tashhis o‘tkazgan. Ibn 
Sinoni nevropatologiya asoschilaridan bolalar sog‘lig‘iga oid fan asoschilari 
qatorida hisoblash mumkin.
II.
Nevropatologiyani shakllanishida nerv tizimini ayrim tuzilmalarini 
funksional ahamiyatini eksperiment orqali o‘rganish bilan ta’riflanadi. 
Eksperimental yo‘nalishning asoschilari deb Fluorens hisoblanadi. Bu olim 


6
birinchi marta eksperiment orqali kaptarni miya po‘stlog‘ini olib tashlagan va uni 
tashqi muhitga moslasha olmasligini ko‘rsatgan. Uning hatosi bosh miyaning turli 
bo‘laklarini funksional deb hisoblashidir. Fritch va Gitsig miya po‘stlog‘ini elektr 
toki bilan qitiqlab, harakat sohasini aniqlay bilgan.
XIX asrning boshlarida (1811-1822) Charlz Bell va F.Majandi orqa 
miyaning oldingi va orqa ildizchalarini funksional ahamiyatini aniqlay bilganlar. 
Mazkur kashfiyot va yangiliklarni yaratilishi o‘z vaqtida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan va nerv tizimini ayrim strukturasining funksiyasini to‘g‘ri tushunishga 
yordam bergan.
III. 
Nerv tizimini morfologiyasini o‘rganish natijasida yetarlicha to‘plangan 
ma’lumotlar va neyrogistologiyani takomillashishi bilan bog‘liqdir.
1. Avvalgi qo‘llangan matseratsiya usuli, nerv to‘qimasini parchalashga olib 
kelgan bo‘lgani uchun, yangi muzlatib va seriyalik kesuvchi usuliga almashtirildi. 
Natijada markaziy nerv tizimining turli sohalarida kulrang va oq moddasini 
turlicha joylashganligi ma’lum bo‘ldi.
B.Shtilling o‘z tekshirishlarida orqa miyaning ayrim tutamlarini o‘ziga 
xosligi va ularni orqa miya hujayra guruhlariga bo‘lgan aloqasini aniqladi.
V.Demark – har bir nerv tolasi nerv hujayrasining o‘siqchasi ekanligini 
aniqladi. Nerv to‘qimasini hujayralarga va tolalarga bo‘lib o‘rganish usullarini 
takomillashuvi (gematoksillik – eozin, kumush impregnasiyasi usuli va boshqa). 
Valdeyerning – nevronlar nazariyasini yaratishga olib keldi.
XIX asrning 40-yillarida Broun-Sekar orqa miyada harakat va sezgi 
yo‘llarini kesishuvi turli sohalarda bo‘lishini isbotladi. V.Bets (1870-1872) Kiev 
universitetining professori miya po‘stlog‘ining beshinchi qavatidagi yirik piramida 
hujayralarini yozib o‘tdi va ular Bets hujayralari nomini oldi. O‘sha davr uchun 
ochilgan anatomiya va fiziologiyaga oid mazkur yangiliklar nevrologiya 
klinikasiga tezda kirib bordi va 1870-90 yillarda yirik klinitsist – nevropatologlar 
Dyushen, E.F.Vyulpian, J.M.Sharko, A.Ya.Kojevnikov, V.K.Rot, V.M.Bexterev, 
V.G.Erb, V.Demark, N.Fridreyx, K. Vernike,D.X.Djekson,P. Govers yetishib 
chiqdi.
Mazkur davrga qadar noma’lum, tushunarsiz nerv kasalliklari: orqa miya 
suxotkasi, spastik paraplegiya, PMD, tarqalgan skeleroz, YOAS va boshqalar 
o‘rganilib, ularga aniqlik kiritildi.
Nerv tizimining funksiyasini o‘rgangan va unga asos solgan rus 
fiziologiyasining otasi Ivan Mixaylovich Sechenev (1829-1905) hisoblanadi. U 
bosh miya reflekslari haqidagi ta’limotga asos soldi (1863), organizm faoliyatiga 
bosh miya po‘stlog‘ini tormozlovchi va qo‘zg‘atuvchi ta’sirini, nerv tizimidagi 
bioelektrik holatlarni chuqur o‘rgandi.
Jahon fiziologlarining dahosi akademik I.P.Pavlov (1849-1936) oliy nerv 
faoliyati fiziologiyasini o‘rganishga katta hizmat ko‘rsatdi va uning ta’limoti 
hozirgi zamonaviy biologiya va tibbiyotga, materialistik asos solib, o‘zining katta 
hissasini qo‘shdi.


7
1. I.P.Pavlov inson organizmini tashqi muhit bilan bir butun bog‘liq deb 
hisobladi. Organizmdagi hayot jarayoni tashqi va ichki muhitga to‘la bog‘liqligini 
isbotladi.
2. I.P.Pavlov shartli va shartsiz reflekslarni chuqur o‘rgandi. Shartsiz reflekslar 
orqa miya, miya so‘g‘oni, miyacha va po‘stloq osti o‘zaklari orqali chaqiriladi. Shartli 
reflekslar esa ancha murakkab nerv faoliyati bo‘lib kechroq rivojlanadi va unda bosh 
miya po‘stlog‘i ishtirok etadi. I.P.Pavlov va uning yaratgan maktabi miya 
po‘stlog‘idagi murakkab qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini chuqur o‘rganib 
inson asab tizimining fiziologiyasiga bebaho yangilik yaratdi. I.P.Pavlovning fikricha, 
uyqu – bu ichki tormozlanish va u bosh miya po‘stlog‘iga tarqaladi. N.E.Vvedenskiy 
(1852-1922) – I.M.Sechenevning o‘quvchisi,buyuk kashfiyot ochgan, nerv 
qo‘zg‘alishini ritmik xususiyatini o‘rgangan. N.E.Vvedenskiydan so‘ng Leningrad 
universitetining fiziologiya kafedrasiga A.A.Uxtomskiy rahbarlik qildi. U nerv-
mushak apparati – retsiprok innervatsiya va dominanti asosiga yangilik kiritdi. O‘sha 
davrda anatomiya, gistologiya, fiziologiya, klinik sindromlar va nerv tizimining 
kasalliklariga doir to‘plangan fundamental ma’lumotlar davrning yirik 
nevropatologlarini shakllanishiga olib keldi. Ular qatoriga A.Ya.Kojevnikov, 
I.P.Merjevskiy, S.S.Korsakov, R.T.Rot, G.I.Pribetkov, V.M.Bexterevlar kiradi. 
Mashhur olimlar Rossiyada nevrologiya fanining tashkil bo‘lishiga asos soldilar.
Nevrologiyaning kelib chiqish tarixi 170 yildan ortiq vaqtga to‘g‘ri keladi. 
1835-yilda Moskva universitetining meditsina fakultetida birinchi bo‘lib asab 
kasalliklari mustaqil kurs qilib ajratib olindi (bungacha u terapiyaga kirgan). 
Moskva nevropatologlari maktabini birinchi bo‘lib professor G.I.Sokolskiy 
boshqargan. Keyinchalik A.Ya.Kojevnikov kurs leksiyalarini o‘qigan, Kojevnikov 
atoqli klinitsist, mashhur olim, mutafakkir, pedagog bo‘lgan. Uning 25 ta ilmiy 
ishlari chop etilgan bo‘lib, Rossiyada birinchi bo‘lib “Asab kasalliklari va 
psixiatriya” o‘quv adabiyotini yozgan.
A.Ya.Kojevnikov tashabbusi bilan 1890-yilda Moskva universitetida 
nevropatologlar va psixiatrlar uyushmasi tashkil qilingan. A.Ya.Kojevnikov 
epilepsiyani ta’riflab, uni bosh miyaning yallig‘lanish kasalligi – ensefalit bilan 
bog‘langan, deb hisoblagan. Hozirda bu kasallik uning nomi bilan-Kojevnikov 
epilepsiyasi deb ataladi.
Moskva nevropatologlari maktabining yetakchilari mashhur olimlar 
G.I.Rossolimo, V.K.Rot, S.S.Korsakov, E.K.Sepp, N.I.Grashenkov, 
N.K.Bogolepov, E.V.Shmit kabi atoqli klinitsist, pedagoglar hisoblanadilar.
G.I.Rossolimo piramida yetishmovchiligi belgisini (oyoqdagi barmoq pay 
refleksi) ta’riflagan, keyinchalik bu belgi uning nomi bilan atalgan. G.I.Rossolimo 
birinchi bo‘lib asab kasalliklarini davolashda xirurgik uslubni qo‘llagan va 
Moskvada nerv tizimi patologiyasining diagnostikasida lyumbal punksiyani tatbiq 
etgan.
G.I.Rossolimoning fikrdoshi E.K.Sepp bo‘lgan. E.K.Seppning ilmiy ishlari 
nerv tizimini qon tomir, bosh miya travmalari, epilepsiyaga bag‘ishlangan. Uning 
boshchiligida “Asab kasalliklari” o‘quv adabiyoti chiqqan va 5 marta takror nashr 
qilingan.


8
Hozirgi kunda Moskva nevropatologlar maktabini E.I.Gusev, N.N.Yaxno va 
boshqalar boshqarmoqda.
Moskva maktabi bilan bir vaqtda Peterburg nevrologlar maktabi tashkil 
topgan. Uning asoschisi I.P.Merjeevskiy – yirik, atoqli psixiatr hisoblanadi. Bu 
maktabning eng taniqli, mashhur a’zosi V.M.Bexterevdir. V.M.Bexterev butun 
dunyoga taniqli olim bo‘lib, 700 dan ortiq ilmiy ishlar yozgan, birinchi bo‘lib 
Peterburgning Mediko-xirurgik akademiyasi qoshida 1887-yilda nevrologiya 
klinikasi ochishga muvaffaq bo‘lgan. Uning “Provodyashie puti golovnogo i 
spinnogo mozga” kitobi 1893-yil Rossiyada, 1994-yil Germaniyada chop etilgan. 
V.M.Bexterevning boshqalardan farqi o‘ta kuzatuvchanligidadir. U markaziy va 
periferik nerv tizimining zararlanishiga oid bo‘lgan 15 ta yangi reflekslarni va 10 
ta yangi belgilarni ta’riflagan. Uning nomi nerv tizimining bir qator morfologik 
strukturalari, belgilari va kasalliklari bilan abadiylashtirilgan.
Dunyo bo‘yicha birinchi neyroxirurgik bo‘lim ham 1907-yilda 
V.M.Bexterev tomonidan tashkil qilingan. Uning o‘quvchilari orasida eng taniqlisi 
M.I.Astvatsaturov bo‘lib, uning davomchilari S.K.Karsikyan, I.Ya.Razdolskiy, 
A.V.Triumfov hisoblanadi. Kafedrani 30 yil davomida akademik S.N.Davidenkov 
boshqargan. S.N.Davidenkov kuchli klinitsist bo‘lib, meditsina genetikasiga asos 
solgan. Hozirgi vaqtda Peterburg nevrologlar maktabi yetakchilari bo‘lib 
A.A.Skoromets, V.S.Vilenskiy, M.M.Odinak va boshqalar hisoblanishadi.
Moskva nevrologlar maktabining eng asosiy ilmiy izlanishlari klinik, 
morfologik yo‘nalishga qaratilgan, Peterburgniki esa biofiziologik yo‘nalishga 
asoslangan. Tarixiy nevrologiyani ko‘rinishlaridan biri o‘sha davrdagi klinitsist 
nevrologlar nafaqat nerv tizimi kasalliklarining diagnostik va davolash usullarini 
ishlab chiqishgan, balki ular ilmiy izlanishlarni anatomiya, fiziologiya, gistologiya, 
patologik anatomiya fanlari bilan bog‘liq ravishda olib borishgan. O‘sha davr 
nevrologlari nafaqat olim va vrach, ular sog‘liqni saqlash yo‘nalishi bo‘yicha 
yaxshi tashkilotchi ham bo‘lganlar. Ular nevrologik klinika ochganlar va sotsial 
kasalliklar(alkogolizm, nevroz va boshqalar)ga qarshi kurash olib borganlar. 
Rossiya olimlari erishgan ilmiy yutuqlar amaliyotga juda keng tatbiq etilgan. 
M.B.Krolning “Nevrologicheskie sindromi” kitobi shu kungacha o‘zining 
ahamiyatini yo‘qotmagan. Quyidagi rus olim nevrologlarning ilmiy ishlari dunyo 
miqiyosida tan olingan ularga: S.M.Davidenkovning nasliy kasalliklar to‘g‘risida, 
V.N.Konovalovning gepatolentikulyar degeneratsiya muammosini o‘rganish 
to‘g‘risida, N.K.Bogolepovning komatoz holatlar to‘g‘risida, E.K.Seppning 
likvordinamika to‘g‘risida, E.V.Shmitning miya qon aylanishi patologiyasi 
to‘g‘risidagi ishlari misol bo‘la oladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish