3
I BO‘LIM
UMUMIY NEVROLOGIYA
KIRIS
Н
I BOB
Nevropatologiya – asab kasalliklarini o‘rganishga, davolashga bag‘ishlangan
fan bo‘lib, u ko‘p tarmoqli nevrologiyaning bir qismidir. Nevrologiya nerv tizimini
har tomonlama o‘rganishga qaratilgan ta’limot bo‘lib, ikki: nazariy va klinik
nevrologiya qismdan iborat. Nazariy nevrologiya o‘z tarkibiga nerv tizimining
anatomiyasi, solishtirma anatomiyasi, gistologiyasi, neyrogenetikasi
kabi fanlarni
qamrab oladi.
Klinik nevrologiya tarkibiga esa kattalar va bolalar nevropatologiyasi,
psixonevrologiya, somatonevrologiya, neyroonkologiya, neyroxirurgiya, klinik
neyrogenetika fanlari kiradi.
Nazariy nevrologiyani asoslarini bilmay turib,
klinik nevrologiyani
o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun an’anaga ko‘ra nevropatologiya kursi
ikkiga: umumiy va xususiy bo‘limlarga bo‘linadi.
Umumiy nevropatologiyani o‘rganish jarayonida talabalar boshqa
kafedralarda hozirga qadar o‘tilgan fanlar: anatomiya, gistologiya, embriologiya,
normal va patologik fiziologiya, asab tizimining bioximiyasi
kabi fanlardan olgan
bilimlariga tayanishlari lozim. Shuning uchun yuqorida aytilgan fanlar bo‘yicha
bilimlarini xotirada saqlash va tiklash juda muhimdir, chunki asab kasalliklarini
topik diagnozini qo‘yish uchun faqat funksional diagnostika usulidan
foydalaniladi.
Funksional diagnostika usuli deb, o‘zgargan funksiyalarga qarab nerv
tizimining patologik jarayon joylashgan qismini aniqlab olishga aytiladi. Nerv
tizimining turli qismlari muayyan bir funksiyani bajarishga moslanganligi uchun
shu bo‘limning zararlanishi o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Agarda
vrach nerv tizimining tuzilishi va funksiyasini yaxshi bilsa, funksional diagnostika
usulidan osongina foydalana oladi va patologik jarayon asab tizimini qaysi qismida
ekanini tezda topib oladi.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra umumiy nevropatologiyaning har bir qismini
o‘rganishda asab tizimining anatomiyasi, fiziologiyasi, gistostrukturasi haqida
qisqa ma’lumot
beriladi, so‘ngra tekshirish usullari, topik diagnoz qo‘yish va asab
tizimining turli qismlarini zararlanishiga xos bo‘lgan sindromlar o‘rganiladi.
Pediatriya
fakultetlarining
o‘ziga xosligiga ko‘ra bo‘lajak bolalar
nevropatologlari bu fanni bolalarni yoshiga nisbatan solishtirma usulini qo‘llab
o‘rganishlari kerak bo‘ladi.
Bolalar asab tizimining o‘ziga xos anatomiyasi va fiziologiyasidan tashqari,
asab kasaliga chalingan bolalarning subyektiv shikoyatlarini aniqlashda va kasallik
tarixini to‘ldirishda, katta yoshdagi bolalarga nisbatan katta qiyinchiliklar
tug‘diradi. Nevrologik tekshirish jarayonida vrach savoliga
javob bera olmaslik
4
kabi holatlar, mutaxassisdan fanni kattalar nevrologiyasini o‘zlashtirishdan
boshlash kerakligini va uni solishtirib ko‘rishni taqozo etadi. Ushbu xol tibbiyot
institutlarining pediatriya fakultetlari uchun tuzilgan asab kasalliklari dasturida o‘z
aksini topgan.
Talabalar xususiy nevropatologiyani o‘rganish jarayonida asab
kasalliklarining tasnifini, etiologiyasini, patogenezini, klinikasi, diagnoz qo‘yish,
profilaktika va davolash yo‘llari hamda zamonaviy
paraklinik usullarni
o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi.
VOZ ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha nerv va psixik kasalliklarning
uchrashi birinchi o‘rinda turadi. Planetamizning har ikkinchi yashovchisi
nevrologik kasallik bilan azob chekadi. Nerv tizimining zararlanishi juda ko‘p
chaqaloqlarda uchraydi va ularning har uchinchisi turli xil nerv tizimi kasalliklari
bilan kasallangan.
Nerv tizimi kasalliklari juda ko‘p uchraydi va yuqori darajada vaqtinchalik
ish qobiliyatini yo‘qotish, og‘ir nogironlik va yuqori o‘lim holatini beradi.
Rossiyada 30 million nevrologik bemorlar, 5 milliondan ziyod nerv kasalliklari
nogironlari qayd etilgan. Miya insultlari (o‘tkir qon tomir kasalliklari) tufayli o‘lim
holatini yuz berishi uchinchi o‘rinni egallaydi
va bir muncha miokard infarkti,
xavfli o‘smalardan keyin turadi.
Bolalar va o‘smirlarda ichki a’zolarning zararlanishi nerv tizimi va
psixikaning o‘zgarishiga olib keladi. Ko‘pincha, nerv tizimining patologiyasi yurak
kasalliklarida (kardioskleroz, YIK, tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari, miokard
infarkti), buyrak (nefrit, buyrak yetishmovchiligi) me’da osti bezi, o‘pka
kasalliklarida, qandli diabetda (ensefalopatiya, polinevropatiya, mononevropatiya),
allergik va infeksion kasalliklarda uchraydi.
Yuqorida qayd etilganlar nevrologiyani turli xil
boshqa mutaxassis vrachlar
uchun ham zarur ahamiyatini yana bir bor isbotlaydi.
Nevrologiyani bilish vrachga o‘zining klinik fikrlashini kerakligicha
kengaytirish imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, turli xil kasalliklarning
kelib chiqish va rivojlanish sabablarini aniqlashda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: