Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Pay yoki mitonik reflekslar



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Pay yoki mitonik reflekslar

Ikki boshli mushak (Biceps VR) refleksi – nevrologik bolg‘acha yordamida 
ikki boshli mushak payiga urib ko‘rilganda, tirsak bo‘g‘imida bukilish bo‘ladi. Bu 
refleksni hosil bo‘lishida teri mushak nervi ishtirok etib, uni yoyi orqa miyaning 
C
5-6 
segmentlarida birikadi. Mazkur refleksni tekshirish vaqtida tekshiriluvchining 
qo‘li tirsak bo‘g‘imida bukilgan holatda bo‘lib, vrach chap qo‘li bilan bemorni 
bilagidan ushlab turadi va uning bosh barmog‘i ikki boshli mushak payi ustida 
bo‘ladi va bolg‘acha orqali zarbni o‘ng qo‘l bilan o‘z barmog‘iga beradi- rasm 64. 
Uch boshli mushak refleksi (Triceps TR). Bolg‘acha yordamida uch boshli 
mushak payiga urib ko‘riladi, bunda uning qisqarishi natijasida tirsak bo‘g‘imida 
bilak biroz yoziladi va yana bukiladi, uni hosil bo‘lishida bilak nervi ishtirok etadi 
va bu refleks yoyi orqa miyaning C
6-7
segmentlarida birikadi.
Mazkur refleksni tekshirayotganda bemorni qo‘lini tirsagi yuqorisidan 
ushlab, vertikal holatida ko‘tariladi. Bunda bemorning bilagi erkin holda osilib 
turishi kerak.
Tizza refleksi (PR). Bolg‘a bilan tizza qopqog‘ini payiga (ya’ni 1-2 sm 
pastroqqa) urib ko‘riladi, sonning to‘rt boshli mushagi qisqargani uchun boldir 
ko‘tarilib, yana pastga tushadi. PR ning reflektor yoyida son nervi ishtirok etib, 
orqa miyaning L
2-4
segmentlari orqali o‘tadi. Tizza refleksi bemorni o‘tirgan 
holatida tekshirilganda uning oyoqlari erkin holda osilib polga bosilmagan holda 
tegib turishi kerak. 
Bemor yotgan holida tekshirish uchun tekshiruvchi chap qo‘lini bemorni 
ozgina bukilgan tizzasi tagiga qo‘yadi va ko‘tarilib turadi, bunda oyoq panjalari 
o‘rindiqda erkin holda bo‘lishi kerak. 
Bolg‘acha bilan ikki oyoqni to‘rt boshli mushagini payiga urib ko‘rib, 
yuqorida aytilgan javob reaksiyasini ko‘ramiz. Bu holatda ikkala oyoqdagi 


 77
chaqirilayotgan reflekslarni solishtirib ko‘riladi. Yana bemor oyog‘ini chalishtirib 
tekshirsa ham bo‘ladi. 
Axill refleksi (AR), bolg‘acha bilan Axill payiga urib ko‘riladi, bunda 
boldirning uch boshli mushagi qisqaradi va oyoq panjasi bukiladi- reflektor yoyi 
katta boldir nervi orqali orqa miyaning S
1-2
segmentlarida tutashadi. Bu refleksni 
chaqirishda bemor stulga tizzasi bilan chiqib turadi va nevrologik bolg‘acha bilan 
Axill payiga urilganda, oyoq panjalari bukiladi. Bu refleksni bemorni chalqancha 
yotgan holatda ham tekshirish mumkin. Buning uchun uning oyog‘ini tizzasidan 
bukiladi va oyoq panjasining uchidan ushlab bir oz yuqoriga ko‘tariladi. Ana shu 
holatda axill payiga bolg‘acha bilan urilsa, oyoq panjasi bukiladi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish