79
qattiq siqish, yoki bemorga sanash, savollarga javob berish kabi vazifalar
topshiriladi.
2- reflekslarni qo‘l, oyoq va tanada chaqirish
doimo simmetrik holda olib
borilishi kerak va ularni holatiga baho berish bir-biriga ya’ni qarama-qarshi
tomonga solishtirish va taqqoslash yo‘li bilan olib boriladi.
3- reflekslarni tekshirishda ularning chaqirilayotgani yoki yo‘qligini aniqlay
bilish kerak.
4- reflekslar chaqirilganda, ularni chaqirilish darajasini qandayligini
solishtirib ko‘rib (barobar yoki turlicha ekanligiga) baho beriladi.
5. Nerv tizimining ayrim zararlanishida bemorda
patologik reflekslar paydo
bo‘lishi mumkin, ularni turg‘unligi yoki turg‘un emasligini bilish muhim
ahamiyatga egadir.
Reflekslarni o‘zgarishi.
Nerv tizimining kasalliklari shartsiz reflekslarni ham o‘zgarishiga olib
keladi. Bu o‘zgarishlar turli ko‘rinishga egadir. Reflekslarni kamayishi –
giporefleksiya, yo‘qolishi – arefleksiya, oshib ketishini esa – giperrefleksiya
deyiladi.
Pay reflekslarini ikki oyoqda oshib ketishiga paragiperrefleksiya,
tananing
biror yarmida, qo‘lda, oyoqda oshishiga gemigiperrefleksiya: ikki qo‘l va ikki
oyoqlarda oshib ketsa tetragiperrefleksiya deyiladi. Odatda pay giperrefleksiyasi
markaziy harakat neyronining turli qismlari zararlanishi natijasida kuzatiladi.
Pay reflekslarining oshuvi doimo piramida yo‘lining zararlanish belgisi
hisoblanavermaydi- reflektor yoyining qo‘zg‘alishi oshib ketishi, nerv tizimining
turli funksional kasalliklarida ham paydo bo‘lishi mumkin,
bu esa miya
po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanishning kuchsizligi natijasida markaziy
nerv tizimining pastida joylashgan bo‘laklari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatini
buzilishiga olib keladi.
Pay reflekslarining kamayishi yoki yo‘qolishi mazkur refleksning reflektor
yoyi sohasi zararlanganda va chuqur tarqalgan tormozlanish holati vujudga
kelganda (shok, kollaps, komatoz holat) bo‘lishi mumkin.
Periferik neyronning
(harakatlantiruvchi, sezuvchi, ildiz yoki segmentar apparat) zararlanishi patologik
jarayon joylashgan yerda pay refleksining pasayishi yoki yo‘qolishiga olib keladi.
Faqat bu umumiy holatdan qorin va oyoq kafti reflekslari mustasnodir. Ularning
yo‘qolishi va kamayishi faqat o‘z reflektor yoylarining zararlanishidagina bo‘lib
qolmasdan, balki ular piramida yo‘lini zararlanish hollarida ham yo‘qoladi yoki
kamayadi. Teri reflekslari murakkab shartsiz reflekslar hisoblanib, bolada asta-
sekin harakat analizatorining ishga tushishi va ixtiyoriy harakatni paydo bo‘lishi
(yurish) bilan joriy bo‘la boshlaydi. Shuning uchun orqa
miya segmentar apparati
bilan miya po‘stlog‘ining aloqasi buzilganda bu refleks yo‘qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: