Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Kapsula gemiplegiyasi.
Ma’lumki, piramida yo‘llari ichki kapsula orqa 
oyoqchasining oldingi uchdan ikki qismi orqali o‘tadi. Ichki kapsulaning bu qismi 
zararlanganda qarama-qarshi tomonda yuz va til osti nervlarining markaziy falaji 


 74
va gemiplegiya vujudga keladi. Kapsula gemiplegiyasida yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan Vernika-Mann holati vujudga keladi.
Nursimon toj shikastlangan vaqtda patologik o‘chog‘dan qarama-qarshi 
tomonda barobarsiz markaziy gemiplegiya ko‘riladi, chunki bu yerdan o‘tuvchi 
harakat tolalari tarqoq holida o‘tib, u yoki bu qismi zararlanishi mumkin.
Markaz oldi pushta
va uning atrofi zararlanishi natijasida po‘stloq 
gemiplegiyasi sodir bo‘ladi.
Markaz oldi pushtaning zararlanishi aksari hollarda gemiplegiyaga emas, 
balki qarama-qarshi tomondagi qo‘l yoki oyoqning monoplegiyasiga olib keladi, 
chunki patologik jarayon ko‘pincha markaz oldi pushtaning hamma qismini emas, 
balki uning ma’lum bir qismini shikastlaydi. Masalan, agar markaz oldi
pushtaning yuqori qismi zararlansa, asosan oyoqning markaziy po‘stloq 
monoplegiyasi vujudga keladi.
Po‘stloq monoplegiyasi quyidagi o‘ziga hos hususiyatlarga ega: 
1)
falaj qo‘l va oyoqlarning distal qismlarida kuchliroq bo‘ladi; 
2)
falajlangan qo‘lning distal qismlaridagi mushaklar biroz atrofiyaga 
uchraydi. Bunga po‘stloq atrofiyasi deyiladi. Po‘stloq atrofiyasida degenerativ 
atrofiyalardan farqli mushaklarning elektrik qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgarmaydi.
Patologik jarayon markaz oldi pushtani yoki piramida yo‘lini har ikki 
tomondan zararlantirsa, markaziy tetraparez yoki tetraplegiya yuz beradi. Bundan 
tashqari, kortiko-nuklear yo‘llarning ham ikki tomonlama zararlanishi 
psevdobulbar falajga olib keladi. Bunday holda yutish qiyinlashadi, dizatriya va 
ixtiyorsiz yig‘lash va kulish yuz beradi.
Biror patologik jarayon (o‘sma, leptomeningit, sistoserk va hokazo) ta’sirida 
markaz oldi pushta va uning atrofi ta’sirlansa, Djekson epilepsiyasi sodir bo‘ladi.
Bunday epilepsiya tananing bir tomonida huruj bilan yuz beruvchi tonik va 
klonik mushak tortishishlari bilan harakaterlidir. Patologik jarayon markaz oldi 
pushtaning qaysi qismida joylashganiga qarab, tonik va klonik tortishishlari oyoq, 
qo‘l yoki yuz mushaklaridan boshlanib, asta-sekin atrofdagi mushaklarga tarqala 
boshlaydi. Bunga Djekson epilepsiyasi deyiladi. Bu tortishishlar tananing hamma 
mushaklariga tarqalishi yoki qo‘l, oyoq mushaklari bilan chegaralanib qolishi ham 
mumkin.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish