J: Maykl Djekson



Download 33,8 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi33,8 Kb.
#542308
Bog'liq
mualliflik savollari


1-tur

  1. Amerikalik haykaltarosh Terens Kox uzoqqa bormaydigan mahsulotlardan haykallar yaratadi va ko’pincha dastlabki holatini o’zgartirgan ishlarini qayta tiklaydi yoki yangisiga almashtiradi. Lekin Kox shokoladdan qilingan bir haykalchani to’g’rilab o’tirmadi. Bu haykalcha qaysi mashhur insonnikiligini ayting?

J: Maykl Djekson
I: Ochiq havoda shokolad oqaradi. Kox fikricha, Djekson haykalchasi bilan sodir bo’lgan o’zgarish butunlay mantiqli.



  1. Artyom Kolesov Chaplin, Uayler, Fellini kabi klassik rejissorlar hamda Spilberg, Soderberg va Bertoluchchi kabi zamonaviy rejissorlar yutuqlarining sirlaridan birini topganligini aytadi. Fikrini davom ettirar ekan, u italyan rejissori Pazolinining yutug’i qolganlaridan 1,5 barobar ko’proqligini aytadi. Xo’sh, uning fikricha, ularning yutug’ining sababi nima?

J: Ularning ism va familiyalari bir harf bilan boshlanadi.
I: Charli Chaplin, Uilyam Uayler, Federiko Fellini, Stiven Spilberg, Stiven Soderberg, Bernardo Bertoluchchi. Pyer Paolo Pazolinining ikkitalik ismi bo’lib, bir xil harf bilan boshlanadi.



  1. Stiven King ikkinchi haqida, u jirkanch narsani muhabbatga aylantirishga qodir degan fikrni aytadi. Shaxsan Kingning o’zi birinchidan foydalangan. Siz menga birinchi va ikkinchini o’z ichiga olgan krossvord turi o’z nomini qaysi davlat nomidan olganligini ayting.

J: Kanada
I: birinchi – ingliz tili, ikkinchi – fransuz tili (romantika va muhabbat tili). Ularning dunyo tillari sifatida yuqoridagicha tartiblanadi. Kanada krossvordida gorizontal bo’yicha inglizcha so’zlar, vertikal bo’yicha esa fransuzcha so’zlar yoziladi.



  1. “Glem Staff” kompaniyasi Xni “Svarovski”ning 1350 sun’iy qimmatbaho toshlari bilan bezaydi. Bunda har bir alohida elementga 25 tadan tosh to’g’ri keldi. Siz menga Xning nomini ayting.

J: Kubik Rubik
I: 1350:25=54. Kubik Rubikda huddi shuncha bo’lagi mavjud.



  1. Bu joy 1960-yillarda Vashingtonga daryo orqali yetib kelgan delegatsiyalarning rasmiy uchrashuvi uchun mo’ljallangan edi. Aynan shu joyni 70-yillarda mashhur qilgan siyosatchining ism-sharifini aytib bering.

J: Richard Nikson
I: Watergate – “Suvli darvoza”. Uotergeyt mojarosi 1974-yil avgustda AQSh prezidenti Richard Niksonning iste’foga chiqishiga sabab bo’ladi.)



  1. 1999-yilning eng yaxshi reklama roligi: Tomoshabin vertikal tarzda joylashgan doirachalar mavjud blankni ko’radi. Kadr ortidagi ovoz har bir kompaniya o’z mahsulotining mustahkamligi, havfsizligi kabi jihatlarini tekshirayotganini tushuntiradi. Bir vaqtning o’zida qo’l navbat bo’yicha aytilgan xarakteristika to’grisidagi har bir doirachaga belgi qo’yadi. Rolik quyidagi jumla bilan tugaydi: “Faqatgina bir kompaniya buni ikki marta qiladi”. Siz bu kompaniyani ayting.

J: “Folksvagen” (Volkswagen)
I: Belgi – galochka, huddi shu qo’l doirachaga ikkitadan galochka qo’yadi va ular “Folksvagen” belgisiga aylanadi.



  1. Ko’pincha aeroportlar mashhur insonlar sharafiga nomlanadi. Shunday insonlar bo’ladiki bir necha aeroportlarga o’z nomini beradi. Misol uchun, bir buyuk inson sharafiga Gretsiyaning Kavala shahridagi xalqaro aeroport nomlangan. Siz menga bu inson sharafiga yana qaysi davlatdagi xalqaro aeroporti nomlanganini ayting.

J: Makedoniya (Makedoniya Sobiq Yugoslav Respublikasi, FYROM)
I: Ikkala xalqaro aeroport ham Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharafiga nomlangan. Kavala shahri yonida qadimgi Filippini (Makedoniya) shahri harobalari joylashgan.



  1. Antigravitatsiyaviy sistemaga bag’ishlangan plakatda Uri kantoni va Linkolnshir grafligidan bo’lgan ikki inson tasvirlangan. Ularning ikkalasini ham ayting.

J: Vilgelm Tell, Isaak Nyuton
I: Tell tushayotgan olmaga o’q uzadi va olma Nyuton boshiga tushishga ulgurmaydi.



  1. 1846-yili 23-sentabrda astronom Galle Jan Jozef Leverye hisob-kitoblariga asoslanib, Neptun sayyorasini ochadi. “Katta kosmos haqida kichik hikoyalar” kitobida aytilishicha, 2011 yil yozda bu munosabat bilan ahamiyatli kunni nishonlash mumkin bo’lar ekan. Qanday kunni? Maksimal aniq javob bering.

J: 1 Neptun yili
I: Neptunda bir yil 164,8 Yer yiliga teng.



  1. “Betmen” multserialida Djokerni sevib qolgan va o’z sevgilisiga har jihatdan taqlid qiladigan qiz obrazi mavjud. Uning ismi – Xarli. Siz menga uning familiyasini ayting.

J: Kvinn (Quinn, Kuinn, Kuin, Kvin, Kinn, Kin kabilar ham olinsin)
I: Djoker – Masxaraboz. Mashhur masxaraboz obrazi arlekindir. Harli Kvin – arlekin.



  1. Chernogoriyalik Dragoslav Yevrich va bosniyalik Ognen Koraman, xorvat Ivan Ergich va serb Matyea Kejman, indoneziyalik Djovanni Van Bronkxorst va marokashlik Xalid Bulaxruz, surinamlik Rayan Babel va golland Aryen Robben. Bu insonlarning barchasi 2006-yil 11-iyunda bo’lib o’tgan Niderlandiya – Serbiya va Chernogoriya uchrashuvida ishtirok etishdi. Uchrashuv qaysi shaharda bo’lib o’tdi.

J: Leypsig.
I: Uchrashuvni “Xalqlar jangi” deb nomlash mumkin. 1813-yil Leypsigda bo’lgan Napoleon qo’shinlariga qarshi jang tarixga “Xalqlar jangi” deb kiradi.



  1. Blits-savollar. ISO 4217 kodi orqali pul birliklari belgilanadi. U 3 ta harf orqali aniqlanadi, dastlabki ikkitasi davlat nomini qisqartirilganligi bo’lsa, 3-si o’sha davlat pul birligi. M-n: O’zbekiston so’mi – UZS. Quyidagi shartli kodlar qaysi pul birliklariniki (davlati ham bo’lishi kerak)?

  1. SOS? 2. CHF? 3. DZD?

J: 1. Somali shillingi
2. Shveytsariya franki (Confederatia Helvetica franc – lot.)
3. Jazoir dinori (Algerian dinar / Djazaïr dinar – ar.)

2-tur

  1. Ketma-ketlikka e’tibor bering. 1. (Tushirib qoldirilgan). 2. Sariq 3. To’q sariq 4. Yashil 5. Ko’k. 6 va 7 tushirib qoldirilgan. Siz menga 1-, 6-, 7-ranglarni to’g’ri ketma-ketlikda ayting.

J: 1. Oq, 6. Jigarrang; 7. Qora (dzyudo va ko’pchilik sharq yakka kurashlari ranglari, rangli belbog’lar rangi)
I: Kamalak ranglari emas. Kamalakda ikkinchi rang sariq emas, balki to’q sariq.



  1. Rossiyada monarxlar 1918-yilgacha hukmronlik qilishgan. Lekin manbalarga ko’ra, 1945-1946 yilgacha Rossiyaning g’arbiy qismida nemis qiroli hukmron bo’lgan. Faqatgina 1946-yilda uning o’rnini 1875-yilda Tverda tavallud topgan sovet davlat arbobi egallaydi. Siz menga oxirgi inson familiyasini ayting.

J: Kalinin (Mixail Ivanovich)
I: So’z o’yini: nemischasiga qirol - Koenig, Kenigsberg shahri 1945-yil Potsdam konferensiyasi qaroriga ko’ra, Rossiya tarkibiga qo’shiladi va 1946-yili o’z nomini Kaliningradga o’zgartiradi.



  1. Chang’i krossi bo’yicha musobaqalarda eng kuchsiz poygachilar oxirgi bo’lib start olishadi. Vankuver Olimpiyadasida oxirgi start oluvchi sportchini tanishtira turib, Yevrosport sharhlovchisi bugun sportchi odatdagidan farqli ravishda butun qorli yo’lni yolg’iz bosib o’tishi kerakligini aytib o’tadi. Bu sportchi qaysi mamlakat vakili edi.

J: Nepal
I: Nepallik chang’ichi sherp edi. Odatda ular Everestga alpenistlarga yo’l boshlab borishardi.



  1. Bu hududni 1702-yilda Pyotr I shvedlar tortib oladi va uni besh yil o’tib Aleksandr Menshikovga taqdim etadi. 1710-yili esa bu joy Yekaterina I boshqaruviga o’tadi. Bu joy hozirda Sankt Peterburg yonida joylashgan bo’lib, 100 mingga yaqin aholisi bor shahar hisoblanadi. Siz menga bu shaharning zamonaviy nomini ayting.

J: Pushkin shahri
I: Bilmasang Pushkin degin. Bu joy Sarskoye Selo edi. 1937-yildan Pushkin.



  1. Hozirda internet tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Internet orqali interfaol suhbat dasturlari soni ham sanoqsiz. Shunday dasturlardan biri 1996-yilda Tel-Avivda Mirabilis firmasi tomonidan ishlab chiqildi. Bu dastur nomi “men seni izlayapman” jumlasidan kelib chiqqan. Siz menga bu dastur nomini ayting.

J: ICQ
I: Men seni izlayapman: I seek you=ICQ



  1. Ko’pgina saytlarda parollar mavjud. Ko’plar o’zlarining hayoti bilan bog’liq sonlarni yoki nomlarni parol sifatida qo’yishadi. Lekin hisob-kitoblarga ko’ra, eng ko’p ishlatiladigan parol: 12345 sonlari ekan. 2-o’rindagisi esa qwerty simvollaridan iborat paroldir. Yana shunday parol borki uni savol davomida birnecha bor ishlatdik. Menga bu paroldagi ikki simvolni almashtirilgan va eng ko’p qo’llaniladigan variantda yozib bering.

J: p@r0l
I: eng ko’p qo’llanadigan parol so’zini konsperasiyalangan varianti.



  1. Bir ingliz filmida kichik mayxona haqida gap boradi. Uning taomlari assortimentida go’shtli mahsulotlar ustunlik qiladi. Bu joy nomi “Bar” so’zi va yana ikki harfdan tashkil topgan. Qaysi harflar?

J: B, Q
I: Bar B Q – Bar-bi-kyu. Axir go’shtli taomlar.



  1. Dostoyevskiyning “Telba” (Idiot) romanida ternyov nomli it zoti haqida aytib o’tiladi. Bu it zoti hozir qanday ataladi?

J: Nyufaundlend
I: terreneuve – fransuz tilidan “yangi yer” deb tarjima qilinadi. Agar buni ingliz tiliga tarjima qilsak, “Nyulend” hosil bo’ladi. Agar bunga “topilgan” – found sifatdoshini qo’shadigan bo’lsak, “Nyufaundlend” hosil bo’ladi. Bundan tashqari Terreneuve – Nyufaundlend orolining (Kanada) fransuzcha nomi.



  1. Quyidagi ro’yxatni yozib oling: Fransuz odekoloni, g’arbparast oriyentatsiya, “Sovet shampani”, Frank quli. Bu ro’yxatga shuningdek, 2011-yilda bo’lib o’tgan 83-Oskar taqdimotida “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g’olib bo’lgan filmining o’zbekcha nomi ham bu ro’yhatga mos tushadi. Siz bularni umulashtirgan grekcha so’z bilan ayting.

J: Oksimoron (qarama-qarshi so’zlarning birgalikda ishlatilishi)
I: Odekolon – “Kyoln suvi”, oriyentatsiya – oriyent (sharq) soo’zidan, Shampan – Shampan (Fransiya), franklar – “ozodlar”. Film esa- “Qora oq qush” (Black swan, Chyorniy lebed).



  1. Bu kompaniya 1992-yil 20-oktabrda tashkil etildi. Uning ta’sischilari: Sergey Mavrodi, uning ukasi Vyacheslav Mavrodi va Olga Melnikova. Bu kompaniya Rossiya tarixidagi eng yirik moliyaviy piramidani qurishga erishdi. Siz kompaniya nomini topgan bo’lsangiz, u haqida ishlangan va 2011-yilda 7-apreldan kinoprokatga chiqqan filmning nomini maksimal aniqlikda yozib bering.

J: PiraMMMida (Piramida olinmasin)
I: Bu kompaniya – MMM. Ta’sischilarining familiyalari bir harf M bilan boshlanadi. Film nomida kompaniya nomi ham, olib borgan faoliyatlari ham aks etgan.



  1. 1664-yilda ingliz qiroli Karl II o’z ukasi, Qirol Karl I Styuardning ikkinchi o’g’li Yakovga okean ortidagi bir shaharni sovg’a qiladi. Hozir bu shahar qanday ataladi?

J: Nyu-York
I: Qoidaga ko’ra, monarxning 1-o’g’li Uels shahzodi bo’lsa, ikkinchi o’g’li – York gersogi titulini olib yurishi lozim. Aynan shu voqeadan keyin Nyu-Amsterdam hozirgi nomini qo’lga kiritadi.



  1. Blits-savollar.

  1. Bu davlatning rasmiy tillari soni 11 ta. Bayrog’idagi ranglar soni 6 ta. Poytaxtlari 3ta. Shiori ham “Unity in diversity” – “Turli xillikda birlik”. Siz menga davlat nomini ayting.

  2. Uning bir turi qayd etilishi uchun quyidagi holat sodir bo’lish kerak: 1. Vrachning aralashuvi/jarohat. 2. Yordamchisining aralashuvi. 3. Zarbalar sababli. Odatda raqib 15 ochkoga oshib ketgan bo’lsa ham. Siz menga uni ayting.

  3. Bu soliq turi g’oyasini 1918-yilda nemis sanoatchisi Vilgelm fon Simens taklif qiladi, lekin 1954-yil 10-aprelda fransuz Moris Lore’birinchi marta kiritadi. YeIda uning eng past ko’rsatkichi Kanar orollarida 5%, eng ko’pi Daniya, Vengriya va Shvetsiyada 25% dan. Siz bu soliq turi nomini ayting.

J: 1. Janubiy Afrika Respublikasi. Poytaxtlari: Pretoria (ma’muriy), Keyp-Taun (Parlament), Blemfonteyn (Sud tizimi)

  1. Nokaut (turi – Texnik nokaut)

  2. Qo’shimcha Qiymat Solig’i (QQS - NDS).

I: Bu Blits savollari bekorga tanlanmagan. JARning internet domeni .za, Nokaut=KO, QQSning inglizcha abbreviaturasi VAT (value added tax). Bularni qo’shsak, zakovat so’zi hosil bo’ladi.
Download 33,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish