Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


SEREBRAL TURDAGI FALAJLAR



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
3. SEREBRAL TURDAGI FALAJLAR 
Patolgik jarayon bosh miyadan o‘tuvchi piramida yo‘llarini bir tomonlama 
zararlantirsa, qarama-qarshi tomonda gemiplegiya sodir bo‘ladi.
Bosh miyaning qaysi qismi zararlanganiga qarab, asosan uch xil turdagi 
serebral gemiplegiya vujudga keladi: 
1.
Alternirlashgan gemiplegiya;
2.
Kapsula gemiplegiyasi; 
3.
Po‘stloq gemiplegiya; 
ALTERNIRLASHGAN GEMIPLEGIYALAR 
Bu xildagi gemiplegiyalar miya so‘g‘onining bir tomonlama zararlanishi 
natijasida yuz beradi. Alternirlashgan gemiplegiyada miya so‘g‘onining 
zararlangan tomonida bosh miya harakatlantiruvchi nervlarining periferik falaji, 
qarama-qarshi tomonda esa gemiplegiya hosil bo‘ladi. Miya so‘g‘onining qaysi 
qismi shikastlanganiga qarab, turli xildagi alternirlashgan gemiplegiyalar sodir 


 73
bo‘ladi. Masalan, uzunchoq miya bir tomonlama zararlansa, bu yerdan o‘tuvchi 
piramida yo‘li va IX-X-XI-XII bosh miya nervlardan biri falajlanadi.
A) Patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomonidagi piramida yo‘lini va 
til osti nervining (XII) o‘zagini yoki uning ildizchasini zararlantirsa, Djekson 
sindromi sodir bo‘ladi: shikastlangan tomonda til osti nervining periferik falaji, 
qarama-qarshi tomonda esa gemiplegiya yuz beradi.
B) Patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomondagi piramida yo‘lini va 
til-yutqin, sayyor (IX-X) nervlarning harakatlantiruvchi o‘zagini yoki uning 
ildizchasini zararlantirsa, Avelis sindromi hosil bo‘ladi. Zararlangan tomonda 
yumshoq tanglay bilan ovoz boylamlarining periferik falaji, qarama-qarshi 
tomonda esa gemiplegiya yuz beradi.
V) Patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomonidagi piramida yo‘lini, til-
yutqin, sayyor (XI-IX) va qo‘shimcha nervning (XI) o‘zagini zararlantirsa, Shmidt 
sindromi hosil bo‘ladi. Bunda jarohatlangan tomonda bulbar falaj va bo‘yin 
mushaklarining (m. sternocleidomastoideus, m. trapezsius) periferik falaji, qarama-
qarshi tomonda esa gemiplegiya sodir bo‘ladi.
G) Agar patologik jarayon uzunchoq miyaning bir tomonidagi piramidasini, 
spinotalamik yo‘lni va til-yutqin, sayyor nervlarni harakatlantiruvchi o‘zagini, uch 
shoxli nervning sezuvchi o‘zagini zararlantirsa, Zaxarchenko-Vallenberg sindromi 
hosil bo‘ladi: zararlangan tomondagi yuz terisida og‘riq va harorat aneosteziyasi, 
bulbar falaji, qarama-qarshi tomonda esa gemiparez va gemianesteziya yuz beradi.
Agar ko‘prik bir tomonlama zararlansa, bu yerdan o‘tuvchi piramida yo‘li 
bilan beshinchi, oltinchi va yettinchi bosh miya nervlardan biri falajlanadi.
A) Patologik jarayon ko‘prikning bir tomondagi piramida yo‘lini va yuz 
nervining o‘zagini zararlantirsa, Milyar-Gubler sindromi hosil bo‘ladi. Buning 
natijasida zararlangan tomonda yuz nervining periferik falaji, qarama-qarshi 
tomonda esa gemiplegiya vujudga keladi.
B) Patologik jarayon ko‘prikning bir tomondagi piramida yo‘lini va 
uzoqlashtiruvchi nerv (VI) ildizi bilan yuz nervni o‘zagini zararlantirsa, Fovil 
sindromi hosil bo‘ladi. Shikastlangan tomonda uzoqlashtiruvchi va yuz 
nervlarining periferik falaji, qarama-qarshi tomonda esa gemiplegiya paydo 
bo‘ladi.
Ko‘prikdan o‘tuvchi piramida yo‘llari orqasida til osti nervining o‘zagiga 
keluvchi kortikonuklear neyronlar ham zararlanishi mumkin, shu sababli qarama-
qarshi tomonda gemiplegiya bilan bir qatorda til osti nervining markaziy 
falajlanishi ham sodir bo‘lishi mumkin.
Bosh miya oyoqchasining asosidagi piramida yo‘li va 3-juft nerv o‘zagi yoki 
ildizchasi bir tomonlama zararlansa, Veber sindromi hosil bo‘ladi: zararlangan 
tomonda ko‘zni harakatlantiruvchi nerv falajlanadi, qarama-qarshi tomonda esa 
yuz va til osti nervlarining markaziy falaji hamda gemiplegiya yuz beradi. 
(alternirlanuvchi sindromlar). 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish