Œзбекистон республикаси олий ва



Download 234 Kb.
bet1/5
Sana30.05.2022
Hajmi234 Kb.
#621077
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5357541315972175067


6 – АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ

Jismlarning yorug‘lik va issiqlik xossalari.(4 соат)

1 Nazariy qism
Tajribadan ma'lumki, jismlarning sirtiga tushgan yorug‘lik jism sirtidan qisman qaytadi, qisman yutiladi va qisman jism orqali o‘tib ketadi. Jismlarning yorug‘likni qaytarish, yutish va o‘tkazish xususiyati yorug‘likni qaytarish, yutish va o‘tkazish koffisiyentlari bilan tavsiflanadi.
Jismlarning yorug‘likni qaytarish koeffitsiyenti - jism sirtidan qaytgan yorug‘lik oqimining unga tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbati bilan aniqlanib,
(2.1)
shaklida ifodalanadi.
Jismlarning yorug‘likni yutish koeffitsiyenti - jismga yutilgan yorug‘lik oqimining unga tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbati bilan aniqlanib,
(2.2)
shaklida ifodalanadi.
Jismlarning yorug‘likni o‘tkazish koeffitsiyenti - jism orqali o‘tgan yorug‘lik oqimining unga tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbati bilan aniqlanib,
(2.3)
shaklida ifodalanadi.
Energiyaning saqlanish qonuniga asosan (2.1), (2.2), (2.3) tenglamalardan quyidagi tenglikni keltirib chiqarishimiz mumkin:
(2.4).
Jismlarning yorug‘likni qaytarish, yutish va o‘tkazish koeffisiyentlarining qiymatlari har bir modda uchun ma'lumotlar jadvallaridan olinadi.
Jismlarning sirt yuzalarini aksariyati yorug‘lik oqimini to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda tanlab qaytaradi. Jismlarning bu xususiyatini tavsiflash uchun spektral qaytarish koeffitsiyenti tushunchasi kiritiladi. Jismlarning yorug‘likni spektral qaytarish koeffitsiyenti jismdan qaytgan monoxromatik yorug‘lik oqimining unga tushayotgan monoxromatik yorug‘lik oqimiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu holda har xil to‘lqin uzunliklari uchun sirtning qaytarish qobiliyati funksiyasi bilan ifodalanadi. Ba'zi sirtlar (ko‘k, sariq, qizil) spektrning tegishli rangida eng katta spektral qaytarish koeffitsiyentiga ega bo‘ladi. Shu sababli yorug‘lik oqimining tarkibi bunday sirtlardan qaytishi natijasida o‘zgaradi.
Nurlanuvchi jism, yorug‘lik oqimini qaytara turib, qisman uni yutadi. Bunday jismlar yorug‘lik oqimini tanlab o‘tkazadi. Shu sababli nurlanuvchi jismlarning spektral xarakteristikasi sifatida yorug‘lik o‘tkazishning spektral koeffitsiyenti tushunchasi kiritiladi. Bu kattalik jism orqali o‘tgan monoxromatik yorug‘lik oqimining jismga tushayotgan monoxromatik yorug‘lik oqimiga nisbati bilan aniqlanadi:
(2.5).
Bu holda nurlanuvchi sirtlarning har xil to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik oqimini o‘tkazish qobilyati ham funksiyasi bilan ifodalanadi. Yorug‘likni tanlab o‘tkazuvchi sirtlar uchun yorug‘lik o‘tkazishning integral koeffitsiyenti tushunchasi kiritiladi:
(2.6).
Tajribadan ma'lumki, yorug‘lik oqimi tarqaladigan oraliqda, moddiy burchak 270 ga teng bo‘lib, barcha yo‘nalishlarda sirt ravshanligi bir xil:
(2.7),
bu yerda,
(2.8)
– yorug‘likning taqsimlanish xarakteristikasi; - S1 sirt normasi bo‘yicha yorug‘lik kuchi. Demak, hamma yo‘nalishda bir xil ravshanlikka ega bo‘lgan tekis sirt atrof-muhitda kosinus qonuni bo‘yicha nur tarqatadi. Bunday sirtning fotometrik jismi shar shaklida bo‘lib, unda yorug‘lik oqimi quyidagiga teng bo‘ladi:
(2.9).
Tenglamaning har ikki tomonini S1 ga bo‘lib, quyidagi tenglikni hosil qilamiz:
(2.10),
bu yerda
(2.11).

Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish