Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash



Download 396,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi396,04 Kb.
#744057
  1   2
Bog'liq
maruf 2 mustaqil



Mavzu: Mashinasozlikda aniqlik 
Mazu rejasi: 
1. Aniqlik tushunchasi; 
2. Aniqlikka erishish usullari: 
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli 
(sinov qirindisi olish va o’lchash); 
B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli; 
3. Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy faktorlar. 


1.
 
Aniqlik tushunchasi 
Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy 
o’lchamlarini ishchi chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi 
o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi. 
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan 
turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, 
bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda 
ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi 
bo’yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl 
xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha ovalsimon hamda 
ko’pqirralik shakl xatoliklari bo’ladi. 
 
2. Aniqlikka erishish usullari 
Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud: 
A. «Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash» yoki 
(«Sinov qirindisi olish va o’lchash») usuli.
B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli. 
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" 
usuli 
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda 
o’rnatilgan tanavor ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin 
keltiriladi va boshlanish uchastkasidan qisqa masofada sinov 
qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo’yiladi, so’ngra esa 
dastgoh to’xtatiladi. Ishlangan sirt o’lchagich asbob bilan o’lchab 
ko’riladi, chizmadagi o’lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, 
keskich asbobning holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh
limbi bo’yicha hisoblanib, amalga oshiriladi. Кeyin esa yana, 
tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov qirindisi olinadi 
va o’lchanadi va bu aniq o’lchamga erishguncha davom ettiriladi. 
Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo’yicha ishlov beriladi." 
Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usulida 
keskichni tanavorga nisbatan to’g’ri holati o’rnatiladi va talab 
etilgan o’lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi tanavorga 
ishlov berishda bu uslubni qo’llash yana takrorlanadi. 


«Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о’lchash» usuli 
quyidagi afzalliklarga еga:
-noaniq dastgohlarda aniq ishlov berishga еrishiladi
tanavorga noaniq dasgohda ishlov berilganda, yuqori malakali 
ishchi bu usul yordamida tanavor xatoligini aniqlashi va 
yо’qotishi mumkin; 
-mayda tanavorlar partiyasiga ishlov berganda, 
ushlanuvchi 
о’lchamlarning 
aniqligiga 
keskich 
asbob 
eyilishining ta’sirini yо’qotadi; bu usul bilan asbob holatini 
aniqlab, asbob eyilishiga bog’liq bо’lgan talab asosida kerakli 
tuzatishlar kiritiladi; 
-noaniq tanavorlarda qо’yimlarni tо’g’ri taqsimlashga 
еrishiladi va ishga yaroqsizlik poydo bо’lishining oldi olinadi; 
-kichik о’lchamga еga bо’lgan tanavordan bichish 
(razmetkalash) natijasida ishga yaroqli bо’lgan detal olish 
mumkin; 
-ishchini, murakkab va qimmat baho moslama ishlatish 
(konduktor-moslamalarga о’xshash) aylanuvchi va bо’luvchi 
moslamalar va boshqalardan ozod qilinadi; 
Teshik markazlari va ishlanuvchi yuzalarning о’zaro 
joylashuvi bichish asosida aniqlanadi. 
Shuning bilan bir qatorda bu usul quyidagi jiddiy 
kamchiliklarga еga: 
-ishlov berishda erishilgan aniqlik, kesib tushiriluvchi 
qirindining minimal qalinligiga bog’liqdir;
-etkazib charxlangan keskich bilan tokarlik ishlovi berishda 
qirindi qalinligi 0,005 mm dan kam emas, oddiy charxlangan 
keskich bilan ishlov berilganda bu miqdor 0,02 mm ni tashkil 
еtadi (keskich bir-oz о’tmaslashganda еsa bu miqdor hatto 0,05 
mm gacha etadi); 
-aniqki, bu usul bilan ishlanganda, ishchi tanavor 
о’lchamiga qirindi qalinligidan kamroq miqdorda о’zgartish 
kirita olmaydi, shuningdenk bu qalinlikdan kichikroq bо’lgan 
о’lcham xatoligi olish kafolatini bera olmaydi; 


-ishchining aybi bilan ishga yaroqsiz detal paydo bо’lishi, 
ishlov berishda еrishiluvchi aniqlik ma’lum darajada ishchining 
diqqat-е’tiboriga ham bog’liq bо’ladi; 
-mehnat unumdorligining past bо’lishi, ya’ni bu usul
qо’llanganda kо’p vaqt sarflanadi; 
-bu usulda ishlanganda detallarning tannarxi yuqori 
еkanligi; bu еsa о’z navbatida yuqori malakali ishchilar ishlab, 
yuqori ish haqqi tо’lanishini talab qiluvchi omillarga bog’liqligi 
natijasidir. 
Yuqorida kо’rsatilgan kamchiliklarga kо’ra bu usul, 
kо’proq buyumlarni yakka va mayda seriyalab ishlab 
chiqarishlarda keng qо’llaniladi, shuningdek, tajribali ishlab 
chiqarishda hamda ta’mirlash va asbobsozlik sexlarida ham 
qо’llaniladi. 
Asosan bu usul og’ir mashinasozlikda kengroq qо’llaniladi. 

Download 396,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish